20
Avtomatik va yarim avtomatik yo’l blokirovkasi
80.
Peregonlar, odatda, yo’l blokirovkasi bilan, ayrim uchastkalarda esa aloqa va
signalizatsiyaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi
bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Bunda poezdlarning peregon bo’ylab ikki yo’nalishda
harakatlanishi lokomotiv svetoforlarining signallari bo’yicha amalga oshiriladi.
81.
Avtomatik va yarim avomatik blokirovka qurilmalari ular ajratayotgan blok-uchastka
(stansiyalararo yoki postlararo peregon) ning harakat tarkibidan bo’shamaguniga qadar chiqish
va o’tish svetoforining ochilishiga, shuningdek, asosiy elektr ta’minotdan zahiraviysiga yoki
aksincha o’zgarishlar natijasida svetoforning o’z-o’zidan yopilishiga yo’l qo’ymasligi kerak.
82.
Avtomat va yarim avtomat blokirovka bilan jihozlangan bir yo’lli peregonlarda,
stansiyada chiqish svetofori ochilgandan keyin, ushbu peregonga qarama-qarshi tarafdan poezd
jo’natish uchun qo’shni stansiyaning chiqish va o’tish svetoforlarini ochish imkoniyati istisno
qilinishi kerak.
Xuddi shunday signallarning o’zaro bog’liqligi har bir yo’lda ikki taraflama harakatlanish
uchun avtomat va yarim avtomat blokirovka bilan jihozlangan ikki yo’lli va ko’p yo’lli
peregonlarda ham bo’lishi kerak.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’lli qo’ymali bir yo’lli uchastkalarda,
shuningdek, avtoblokirovka ko’rsatkichiga binoan harakat bir yo’nalishda amalga oshiriladigan
yuk hajmi katta liniyalarning ikki yo’lli va ko’p yo’lli peregonlarida (noto’g’ri yo’l bo’ylab)
qarama-qarshi yo’nalishda lokomotiv svetofor signallari bo’yicha harakatlanishni ta’minlovchi
qurilmalar ko’zda tutilishi mumkin. Bu qurilmalar qo’llaniladigan texnik qarorlarga ko’ra doimo
ishlaydi yoki ta’mirlash, qurilish va tiklash ishlari davrida yoqiladi.
83.
Avtomat blokirovkada barcha svetoforlar ular ajratgan blok-uchastkaga poezdning
kirib kelganida, shuningdek, ushbu uchastkalarning rels zanjirlari butligi buzilganda avtomat
ravishda man etish ko’rsatkichini ko’rsatishlari kerak.
84.
Yo’l blokirovkasi bilan jihozlangan uchatskalarda joylashgan stansiyalarda bu
qurilmalar xo’jalik poezdlari uchun kalit-jezllarga, poezdlarni surish yana orqasiga qaytib
keluvchi suruvchi lokomotivlar bilan amalga oshiriladigan yarim avtomat blokirovkali
uchastkalarning stansiyalarida esa – ular uchun ham kalit-jezllarga ega bo’lishi kerak.
Avtomat blokirovkali bir yo’lli liniyalarda, shuningdek, har bir yo’lda ikki taraflama
avtoblokirovkali ikki yo’lli peregonlarda, manyovr tarkibning stansiya chegaralaridan tashqariga
chiqishi mumkin bo’lgan manyovr ishlari amalga oshiriladigan stansiyalarda avtomatik
blokirovka qurilmalari ularga bog’liq manyovr svetoforlari bilan to’ldiriladi.
85.
Avtomatik va yarim avtomatik blokirovka bilan jihozlangan liniyalarda joylashgan
stansiyalarda quyidagi qurilmalar bo’lishi kerak:
band yo’l uchun belgilangan marshrutda kirish svetoforining ochilishiga yo’l
qo’ymaydigan qurilma;
boshqarish apparatida yo’l va strelkalarning bandligini nazoratini ta’minlovchi
qurilmalar.
Yarim avtomatik blokirovkada, stansiyalarda quyidagi qurilmalar bo’lishi mumkin:
jo’natish marshrutidagi ajratilgan strelka uchastkalarining bo’shlik nazoratini, ularning
nosozligi tufayli o’chirishga imkon beruvchi;
yopilib qolgan svetoforning qayta ochilishini ta’minlovchi, agar poezd amalda undan
o’tib ketmagan bo’lsa;
poezdning to’liq tarkibda kelishini avtomat tarzdagi nazoratini ta’minlovchi.
86.
Avtomatik blokirovka avtomatik lokomotiv signalizatsiya va dispetcherlik nazorati
qurilmalari bilan, yarim avtomatik blokirovka esa yaqinlashish uchastkalarida avtomatik
lokomotiv signalizatsiya bilan to’ldirilishi kerak.
87.
Poezdlar harakatining dispetcherlik nazorati qurilmalari avtoblokirovka bilan
jihozlangan uchastkalarda (bir yo’lli peregonlarda) belgilangan harakat yo’nalishi, blok-
21
uchastkalarning, oraliq stansiyalarda asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llarining bandligi, kirish
va chiqish svetoforlari ko’rsatkichlarining nazoratini ta’minlashi kerak.
Ushbu bandda sanab o’tilgan talablardan tashqari, yangidan tatbiq etilayotgan
dispetcherlik nazorati tizimlari SSB qurilmalari texnik holatini nazoratini ta’minlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: