O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


mm – baland platformalar uchun rels kallaklari tepasi sathidan



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/119
Sana02.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#311727
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119
Bog'liq
PTE uz

1100 mm – baland platformalar uchun rels kallaklari tepasi sathidan; 

200 mm – past platformalar uchun rels kallaklari tepasi sathidan; 

1920 mm – baland platformalar uchun yo’l o’qidan; 

1745 mm – past platformalar uchun yo’l o’qidan. 

Yo’lning  egri  uchastkalarida  bu  masofalar  Qurilishlarning  yaqinlashish  gabaritlarini 

qo’llash bo’yicha yo’riqnomada belgilangan me’yorlar bo’yicha aniqlanadi. 

Foydalanish  jarayonida  o’lchamlarning  quyidagi  chegaralarda  o’zgartirilishiga  ruxsat 

etiladi:  balandlik  bo’yicha  200  mm  gacha  ortishi  va  50  mm  gacha  kamayishi;  yo’l  o’qigacha 

bo’lgan masofada 30 mm gacha ortishi yoki 25 mm gacha kamayishi. 

Yo’lovchi va yuk platformalari balandligining belgilangan o’lchamlardan oshib ketishi va 

yo’l  o’qigacha  bo’lgan  masofaning  belgilangan  miqdordan  kamayishiga  ular  joylashgan 

yo’llarning  vazifasi,  harakatlanayotgan  tarkibning  turi  va  harakat  tezligiga  bog’liq  ravishda 

Qurilmalar yaqinlashuvi o’lchamlarini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma bilan ruxsat etiladi. 

Stansiya  va  peregonlardagi  yangi  va  qayta  qurilayotgan  baland  platformalar,  yo’lni 

mashinalashtirilgan  ta’mir  etish  va  platformani  mexanizatsiyalashtirilgan  tartibda  tozalash, 

stansiyalarda  esa,  bundan  tashqari,  vagon  va  lokomotivlar  harakat  qismlarini  ikki  tomonlama 

ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash imkonini beruvchi konstruksiyaga ega bo’lishi kerak. 

Yo’l  va  platformalarni  ta’mirlash  paytida  relsning  tepa  sathidan  yo’lovchi  va  yuk 

platformalarining  tepa  qismigacha  bo’lgan  hamda  yo’l  o’qidan  platforma  chetigacha  bo’lgan 

masofalarni o’zgartirish taqiqlanadi. 

57.

 Strelka va signallar bevosita boshqarilishi amalga oshiriladigan stansiya postlari, ular 

boshqaradigan tegishli strelka va yo’llar yaxshi ko’rinadigan qilib joylashtirilishi lozim. 

Bunda  stansiyalardagi  mahalliy  sharoitlarga  bog’liq  ravishda  elektr  markazlashtirish 

postlari (tepacha postlaridan tashqari) uchun istisnolarga yo’l qo’yilishi mumkin. 

58.

  Stansiyalarning  markazlashtirish  postlari  va  strelka  postlarining  xonalari  DATK 

boshqaruvi  raisi  tomonidan  o‘rnatilgan  me’yorlar  bo’yicha  zarur  signalizatsiya  asboblari, 

jihozlar  va  boshqa  asbob-uskuna  va  ashyolarga  ega  bo’lishi  lozim.  Strelkali  postlar,  bundan 

tashqari, telefon aloqasining tashqi chaqiruv qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 

59.

  Saralash  tepachalari,  tepacha  lokomotivlarining  mashinistlariga,  tarkib  tuzadigan 

brigadalar va boshqa xodimlarga zarur ko’rsatmalarni berish uchun signalizatsiya, radio aloqa va 

ikki tomonlama aloqa qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 

Ish  hajmiga  bog’liq  ravishda  saralash  tepachalari  vagonlarni  tarqatishning 

mexanizatsiyalash  va  avtomatlashtirish  qurilmalari,  tepacha  strelkalarini  avtomatlashtirish, 

tepacha  lokomotiv  signalizatsiyalarini  avtomatlashtirish  hamda  zarur  hujjatlarni  uzatish  va 

yuborish  qurilmalari  bilan  jihozlanadi.  Tepacha  markazlashtirilishiga  qo’shilgan  barcha 

strelkalar, mexanizatsiyalashtirilgan tozalash va qorni eritish uskunalari bilan jihozlanadi. 

Avtomatlashtirilgan  va  mexanizatsiyalashgan  tepachalari  mavjud  stansiyalarda  tepacha 

uskunalariga 

texnikaviy 

xizmat 

ko’rsatish 

va 

ta’mirlash 



ustaxonalari 

hamda 


mexanizatsiyalashgan maydonchalarning bo’lishi shart. 

60.

 Barcha saralash stansiyalari, shuningdek,  yo’lovchi, uchastka va  yuk stansiyalari ish 

hajmiga bog’liq ravishda, manyovr harakatlari to’g’risida ko’rsatmalarni uzatish hamda manyovr 

dispetcherlari,  stansiya  navbatchilari,  poezd  tuzuvchilar,  lokomotiv  mashinistlari,  stansiya 

texnologik  markazlari,  texnikaviy  xizmat  ko’rsatish  punktlari,  tijorat  ko’rigi  punktlari,  yuk 

xududlari  va  konteyner  maydonchalari  xodimlari,  yo’l  va  qor  tozalash  mashinalariga  xizmat 

ko’rsatuvchi  xodimlarning  manyovr  ishlarini  tashkil  etish,  texnikaviy  xizmat  ko’rsatish  va 

poezddagi  vagonlarni  ta’mirlash  masalalari  bo’yicha  o’zaro  gaplashishlari  uchun  stansiya 




16 

 

ichidagi dispetcherlik aloqasi, stansiya radio aloqasining manyovr va boshqa turlari hamda ikki 



tomonlama park aloqasi qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi lozim. 

Saralash,  uchastka  va  yuk  stansiyalari  ish  hajmiga  bog’liq  ravishda,  bundan  tashqari, 

avtomatlashtirilgan  boshqarish  tizimlari,  DATK  axborot  hisoblash  tarmog’i  bilan  aloqa 

qurilmalari,  tashish  hujjatlarini  qabul  qilish  va  eltish  hamda  ko’rikdan  o’tkazilayotgan  va 

ta’mirlanayotgan tarkiblarni markazlashtirilgan to’sish qurilmalari, stansiyalardagi vokzallar esa 

yo’lovchilarga ma’lumot berish uchun aloqa qurilmalari bilan jihozlanadi. 



61.

 Stansiyalarda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish inshootlari, poezdlarni qabul qilish va 

jo’natish,  yuk  ortish-tushirish  va  manyovr  ishlarini  bajarish,  anjomlash,  harakat  tarkibiga 

texnikaviy  xizmat  ko’rsatish  va  ta’mirlash  yo’llari  va  parklari,  yuk  hududlari,  konteyner 

maydonchalari,  saralash  maydonchalari,  saralash  platformalari,  vagon  tarozilari,  shuningdek, 

xodimlar  poezdlarni  kutib  oladigan  joylarda  strelka  bo’g’izlari,  omborlar,  kesishmalar,  zarur 

hollarda esa boshqa yo’l va punktlar yoritilishi shart. 

Yoritish  DATK  boshqaruvi  raisi  tomonidan  belgilangan  me’yor  talablariga  javob  berib, 

poezdlar  harakati  va  manyovr  harakatlarining  xavfsizligini,  vagonlarga  chiqarish  va  tushirish 

paytida  yo’lovchilarning  xavfsizligini,  xizmat  ko’rsatuvchi  xodimlarning  uzluksiz  va  xavfsiz 

faoliyatini va yuklarni muhofaza qilinishini ta’minlashi lozim. 

Ish  hajmi  kam  bo’lgan  oraliq  stansiyalarda  yuk  va  manyovr  ishlari  olib  borilmayotgan 

paytda  stansiyaning  yuk  ortish-tushirish  va  boshqa  yo’llaridagi  tashqi  yoritishni  seksiyali 

o’chirish qurilmalari mavjud bo’lishi kerak. 

Yo’lovchi  to’xtash  punktlarida  yo’lovchilarni  vagonlarga  chiqarish  va  vagonlardan 

tushirish hamda yo’lovchilar uchun ajratilgan xonalar yoritilishi lozim. 

Tashqi yoritish signal chiroqlarining aniq-ravshan ko’rinishiga ta’sir etmasligi lozim. 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish