O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


    Avtomatik va yarim avtomatik yo’l blokirovkasi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/119
Sana02.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#311727
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   119
Bog'liq
PTE uz

 


20 

 

Avtomatik va yarim avtomatik yo’l blokirovkasi 



 

80.

  Peregonlar,  odatda,  yo’l  blokirovkasi  bilan,  ayrim  uchastkalarda  esa  aloqa  va 

signalizatsiyaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi 

bilan  jihozlangan  bo’lishi  kerak.  Bunda  poezdlarning  peregon  bo’ylab  ikki  yo’nalishda 

harakatlanishi lokomotiv svetoforlarining signallari bo’yicha amalga oshiriladi. 

81.

 Avtomatik va yarim avomatik blokirovka qurilmalari ular ajratayotgan blok-uchastka 

(stansiyalararo  yoki  postlararo  peregon)  ning  harakat  tarkibidan  bo’shamaguniga  qadar  chiqish 

va  o’tish  svetoforining  ochilishiga,  shuningdek,  asosiy  elektr  ta’minotdan  zahiraviysiga  yoki 

aksincha o’zgarishlar natijasida svetoforning o’z-o’zidan yopilishiga yo’l qo’ymasligi kerak. 

82.

  Avtomat  va  yarim  avtomat  blokirovka  bilan  jihozlangan  bir  yo’lli  peregonlarda, 

stansiyada chiqish  svetofori ochilgandan keyin,  ushbu  peregonga qarama-qarshi tarafdan poezd 

jo’natish  uchun  qo’shni  stansiyaning  chiqish  va  o’tish  svetoforlarini  ochish  imkoniyati  istisno 

qilinishi kerak. 

Xuddi shunday signallarning o’zaro bog’liqligi har bir yo’lda ikki taraflama harakatlanish 

uchun  avtomat  va  yarim  avtomat  blokirovka  bilan  jihozlangan  ikki  yo’lli  va  ko’p  yo’lli 

peregonlarda ham bo’lishi kerak. 

Avtoblokirovka  bilan  jihozlangan  ikki  yo’lli  qo’ymali  bir  yo’lli  uchastkalarda, 

shuningdek, avtoblokirovka ko’rsatkichiga binoan harakat bir  yo’nalishda amalga oshiriladigan 

yuk  hajmi  katta  liniyalarning  ikki  yo’lli  va  ko’p  yo’lli  peregonlarida  (noto’g’ri  yo’l  bo’ylab) 

qarama-qarshi  yo’nalishda  lokomotiv  svetofor  signallari  bo’yicha  harakatlanishni  ta’minlovchi 

qurilmalar ko’zda tutilishi mumkin. Bu qurilmalar qo’llaniladigan texnik qarorlarga ko’ra doimo 

ishlaydi yoki ta’mirlash, qurilish va tiklash ishlari davrida yoqiladi. 



83.

  Avtomat  blokirovkada  barcha  svetoforlar  ular  ajratgan  blok-uchastkaga  poezdning 

kirib  kelganida,  shuningdek,  ushbu  uchastkalarning  rels  zanjirlari  butligi  buzilganda  avtomat 

ravishda man etish ko’rsatkichini ko’rsatishlari kerak. 



84.

  Yo’l  blokirovkasi  bilan  jihozlangan  uchatskalarda  joylashgan  stansiyalarda  bu 

qurilmalar  xo’jalik  poezdlari  uchun  kalit-jezllarga,  poezdlarni  surish  yana  orqasiga  qaytib 

keluvchi  suruvchi  lokomotivlar  bilan  amalga  oshiriladigan  yarim  avtomat  blokirovkali 

uchastkalarning stansiyalarida esa – ular uchun ham kalit-jezllarga ega bo’lishi kerak. 

Avtomat  blokirovkali  bir  yo’lli  liniyalarda,  shuningdek,  har  bir  yo’lda  ikki  taraflama 

avtoblokirovkali ikki yo’lli peregonlarda, manyovr tarkibning stansiya chegaralaridan tashqariga 

chiqishi  mumkin  bo’lgan  manyovr  ishlari  amalga  oshiriladigan  stansiyalarda  avtomatik 

blokirovka qurilmalari ularga bog’liq manyovr svetoforlari bilan to’ldiriladi. 

85.

  Avtomatik  va  yarim  avtomatik  blokirovka  bilan  jihozlangan  liniyalarda  joylashgan 

stansiyalarda quyidagi qurilmalar bo’lishi kerak: 

band  yo’l  uchun  belgilangan  marshrutda  kirish  svetoforining  ochilishiga  yo’l 

qo’ymaydigan qurilma; 

boshqarish  apparatida  yo’l  va  strelkalarning  bandligini  nazoratini  ta’minlovchi 

qurilmalar. 

Yarim avtomatik blokirovkada, stansiyalarda quyidagi qurilmalar bo’lishi mumkin: 

jo’natish  marshrutidagi  ajratilgan  strelka  uchastkalarining  bo’shlik  nazoratini,  ularning 

nosozligi tufayli o’chirishga imkon beruvchi; 

yopilib  qolgan  svetoforning  qayta  ochilishini  ta’minlovchi,  agar  poezd  amalda  undan 

o’tib ketmagan bo’lsa; 

poezdning to’liq tarkibda kelishini avtomat tarzdagi nazoratini ta’minlovchi. 

86.

  Avtomatik  blokirovka  avtomatik  lokomotiv  signalizatsiya  va  dispetcherlik  nazorati 

qurilmalari  bilan,  yarim  avtomatik  blokirovka  esa  yaqinlashish  uchastkalarida  avtomatik 

lokomotiv signalizatsiya bilan to’ldirilishi kerak. 



87.

  Poezdlar  harakatining  dispetcherlik  nazorati  qurilmalari  avtoblokirovka  bilan 

jihozlangan  uchastkalarda  (bir  yo’lli  peregonlarda)  belgilangan  harakat  yo’nalishi,  blok-



21 

 

uchastkalarning, oraliq stansiyalarda asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llarining bandligi, kirish 



va chiqish svetoforlari ko’rsatkichlarining nazoratini ta’minlashi kerak. 

Ushbu  bandda  sanab  o’tilgan  talablardan  tashqari,  yangidan  tatbiq  etilayotgan 

dispetcherlik nazorati tizimlari SSB qurilmalari texnik holatini nazoratini ta’minlashi kerak. 

 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish