O’zbekiston respublikasi tashqi siyosati asosiy tamoyillari


Quyidagilar O’zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi faoliyatining asosiy yo”nalishlari hisoblanadi



Download 21,56 Kb.
bet2/2
Sana13.07.2022
Hajmi21,56 Kb.
#786720
1   2
Bog'liq
A Tursunaliyev

Quyidagilar O’zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi faoliyatining asosiy yo”nalishlari hisoblanadi.
--Xorij mamlakatlari bilan xamkorlikning Respublika uchun ustuvor yo’nalishlarini belgilash tashqi savdoni rag’batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish asosida davlat tashqi iqtisodiy siyosatini yo’naltirish va o’tkazish;
--tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishi ular ushbu faoliyatni amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya qilishlarini ko’zlab O’zbekiston xududida faoliyat ko’rsatayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining operatsiyalarini nazorat qilish;
--O’zbekistonda va undan tashqarida respublikaning tashqi iqtisodiy manfatlarini ximoya qilish;
--tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun tashkiliy xuquqiy iqtisodiy shart sharoitlarini yaratish;
--O’zbekistoni umumjaxon xo’jalik aloqalariga faol qo’shish yo’li bilan Respublika xalq xo’jaligi va axolisining chet el mamlakatlari maxsulotiga bo’lgan extiyojlarini qanoatlantirish;
--tashqi iqtisodiy aloqalar infratuzilmasini rivojlantirish shu jumladan axborot tuzilmalarini barpo etish transportekspeditorlik xizmati ko’rsatilishini ta’minlash, eksport va import tovarlarini sertifikatlash;
--respublikaning eksprt saloxiyatini kengaytirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
--chet el investitsiyalarini respublika iqtisodiyotiga jalb etish va ulardan samarali foydalanish, respublika sarmoyalarini chet elda oqilona joylashtirish;
--O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyati ishtirokchilarining manfatlarini respublikada xam xorijda xam ximoya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalar masalalarida MDXga azo davlatlar bilan shuningdek, boshqa chet el mamlakatlari bilan xamkorlikni taminlash. TIAV tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish ularning samaradorligini oshirish bunday aloqalar mexanizmini takomillashtirish va ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini shakllantirish xamda rivojlantirishda vazirliklar idoralar, tashqi iqtisodiy tashkilotlar, birlashmalar va korxonalar, konsernlar, uyushmalar, tashkilotlar, shu jumladan jismoniy shaxslarga (“tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga”) yordam ko’rsatishning umumdavlat, savdo siyosiy, iqtisodiy, rejali, valyuta-kredit, moliyaviy va taxliliy masalalarni xal etadi.
3.Tashqi siyosat - davlatning va jamiyatdagi boshqa siyosiy institutlarning xalqaro darajada o’zining manfaatlari va ehtiyojlarini hamda o’zaro manfaatlar uyg’unligini amalga oshirish bo’yicha faoliyatidir. U davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o’rnatish, xalqaro tashkilotlar qoshida vakolatxonalarini ochish yoki unga a‘zo bo’lish, turli darajalarda o’zaro aloqalar o’rnatish shakllarida amalga oshirib boriladi.
Tashqi siyosatning zarurligini har bir davlatning ehtiyojlari taqazo etadi. Ehtiyojlar, avvalo, har bir mamlakatning milliy manfaatlaridan kelib chiqadi. Har bir davlat o’zining tashqi siyosatida boshqa davlatning manfaatlarini ustun qo’ymaydi va bunga intilmaydi.
Tashqi siyosat-davlatlar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni xalqaro miqyosda jahon maydonida tartibga solib boshqarib turishini anglatadi.
Ichki siyosat kabi tashqi siyosat ham o’zgaruvchan xususiyatga egadir. Shunga ko’ra barcha davlatlar uchun bir xildagi siyosatni ishlab chiqish va olib borish mumkin emas. Tashqi siyosatning zarurligini har bir davlatning ehtiyojlari taqozo etadi. Ehtiyojlar, avvalo har bir mamlakatning milliy mafkuralaridan kelib chiqadi. Qadimgi quldorlik va feodal davlatlari bag’ridayoq tashqi siyosiy munosabatlar muammolari bilan shug’ullangan mutafakkirlar hamda siyosiy va davlat arboblari ko’p bo’lganlar. Masalan, qadimiy Misr, Vaviloniya, Assiriya, Midiya davlatlarida – kohinlar, Yunonistonda – arxond, demagog, strateg, notiq, faylasuflar, Rumda senatorlar, tribunlar, imperatorlar, O’rta Osiyo hududidagi davlatlarda – vazirlar, muftiylar, munajjimlar kabi amaldorlar, kasb egalari tashqi siyosatning yo’nalishlarini ishlab chiqqanlar hamda amaliy tavsiyalar taklif etganlar. Tashqi siyosat - davlatning va jamiyatdagi boshqa siyosiy institutlarning xalqaro darajada o’zining manfaatlari va ehtiyojlarini hamda o’zaro manfaatlar uyg’unligini amalga oshirish bo’yicha faoliyatidir. U davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o’rnatish, xalqaro tashkilotlar qoshida vakolatxonalarini ochish yoki unga a‘zo bo’lish, turli darajalarda o’zaro aloqalar o’rnatish shakllarida amalga oshirib boriladi.
Tashqi siyosatning zarurligini har bir davlatning ehtiyojlari taqazo etadi. Ehtiyojlar, avvalo, har bir mamlakatning milliy manfaatlaridan kelib chiqadi. Har bir davlat o’zining tashqi siyosatida boshqa davlatning manfaatlarini ustun qo’ymaydi va bunga intilmaydi.
Tashqi siyosat-davlatlar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni xalqaro miqyosda jahon maydonida tartibga solib boshqarib turishini anglatadi.
Ichki siyosat kabi tashqi siyosat ham o’zgaruvchan xususiyatga egadir. Shunga ko’ra barcha davlatlar uchun bir xildagi siyosatni ishlab chiqish va olib borish mumkin emas. Tashqi siyosatning zarurligini har bir davlatning ehtiyojlari taqozo etadi. Ehtiyojlar, avvalo har bir mamlakatning milliy mafkuralaridan kelib chiqadi. Qadimgi quldorlik va feodal davlatlari bag’ridayoq tashqi siyosiy munosabatlar muammolari bilan shug’ullangan mutafakkirlar hamda siyosiy va davlat arboblari ko’p bo’lganlar. Masalan, qadimiy Misr, Vaviloniya, Assiriya, Midiya davlatlarida – kohinlar, Yunonistonda – arxond, demagog, strateg, notiq, faylasuflar, Rumda senatorlar, tribunlar, imperatorlar, O’rta Osiyo hududidagi davlatlarda – vazirlar, muftiylar, munajjimlar kabi amaldorlar, kasb egalari tashqi siyosatning yo’nalishlarini ishlab chiqqanlar hamda amaliy tavsiyalar taklif etganla Tashqi siyosat yuritishning quyidagi turlari mavjud: bosqinchilik, zo’ravonlik siyosati va tinch hamkorlik, yaxshi qo’shnichilik siyosati.
Tashqi siyosatga xos bo’lgan umumiy aloqadorlikning mohiyati quyidagilar bilan belgilanadi:
Birinchidan, siyosatning qanday kuchlar tomonidan ishlab chiqilishi barcha davlatlarga xos xususiyatdir.
Ikkinchidan, davlatlar tomonidan olib boriladigan tashqi siyosat ma‘lum bir maqsadga qaratilgan bo’ladi.
Uchinchidan, tashqi siyosatni ishlab chiqishda umumiy qoidalarga amal qilish kerak. Bular, turli sinflar, guruhlar, millatlarning manfaatlarini hisobga olish, davlatning bir butunligini himoya qilish, osoyishtalik.
4.O’zbekiston respublikasi tashqi siyosiy faoliyatning asosiy prinsiplari to’g’risida O’zbekiston Respublikasining qonuni.
O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la xuquqli subektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi nizolarni tinch yo’l bilan xal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro xuquqning umum etirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Respublika davlatning xalqning oily manfatlar, farovonligi va xavfsizligini taminlash maqsadida ittifoqlar tuzishi xamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va 2012 yil sentabrda qonun asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi” xalqaro hamjamiyatda katta aks-sado berdi. Davlatimiz rahbari ushbu hujjatning o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 21 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigida alohida ta’kidlab o‘tdi.
Darhaqiqat, mintaqamizda murakkab vaziyat vujudga kelayotgan sharoitda, uzoq va yaqin atrofimizda turli qarama-qarshiliklar tobora kuchayib borayotgan bir paytda mamlakatimiz tinchligi va farovonligini saqlash, yon-atrofimizdagi da vlatlar va xalqlar bilan o‘zaro bir-birini tushunish va hamjihatlikda yashash uchun shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosat xalqimizning asl orzu-umid va intilishlariga mos keladi. “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi” zamirida aynan shunday qarash va yondashuvlar mujassam.
Konsepsiya O‘zbekistonning istiqlol davridagi 20 yillik taraqqiyoti va o‘zbek davlatchiligining boy tarixiy tajribasini inobatga olgan holda tayyorlandi.
Tashqi siyosat sohasida konseptual hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish borasida rivojlangan davlatlar tajribasi diqqat bilan tahlil etildi va o‘rganildi.
Tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi mamlakatimiz qonunlari va boshqa huquqiy hujjatlar, davlatimiz tomonidan qabul qilingan xalqaro shartnomalar mukammal ravishda inventarizatsiya qilindi.
Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi milliy xavfsizligimizni yanada mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishning yuqori ko‘rsatkichlarini saqlab qolish, yurtimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga hamda fuqarolik jamiyatiga asoslangan ochiq demokratik davlat qurish vazifalarini amalga oshirishni davom ettirish uchun imkon qadar qulay tashqi sharoitlarni yaratish talablariga javob beradi.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi – davlatimiz tashqi siyosatining fundamental prinsiplari va strategik ustuvor yo‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, o‘rta va uzoq istiqbolda O‘zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimi.
Konsepsiya “Umumiy qoidalar” va to‘rtta bo‘limdan iborat:
I. “Hozirgi zamon xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlarni O‘zbekiston manfaatlari nuqtai nazaridan baholash”;
II. “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy maqsadi, prinsiplari va vazifalari”;
III. “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari”;
IV. “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini shakllantirish va amalga oshirish mexanizmlari”.
Konsepsiyaning ikkinchi bo‘limida O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinsiplari bayon etilgan. Jumladan, quyidagilar belgilab qo‘yilgan:
– dunyoda tinchlik va xavfsizlikni saqlashga hamda umume’tirof etilgan xalqaro norma va prinsiplarga rioya etishga sodiqlik;
– mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar hamkorlik uchun ochiqlik;
– teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi, chegaralar daxlsizligi, ichki ishlarga aralashmaslik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid solmaslik.
O‘zbekiston pragmatik, oqilona va maqsadga muvofiq siyosat yuritish tarafdori bo‘lib, tashqi siyosat maqsad va vazifalari davlatning uzoq muddatli manfaatlariga, uning resurslari va salohiyatiga mos kelishi prinsiplariga sodiq qoladi.
Konsepsiyada prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi qoida ham muhrlab qo‘yilgan:
– O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlari, uning farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadidan kelib chiqib, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga rioya qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek, ulardan ajralib chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
– O‘zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
– O‘zbekiston Respublikasi qo‘shni davlatlardagi qurolli mojarolarga va keskinlik o‘choqlariga tortilishning oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko‘radi, shuningdek, o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va obyektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi;
– Konstitutsiyaga, “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunga va Harbiy doktrinaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faqat davlat suvereniteti va mamlakat hududining yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish maqsadida tuziladi hamda xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi.
Hujjatning mazkur bo‘limida O‘zbekistonning tashqi siyosat sohasidagi vazifalari ham aniq va ravshan belgilab berilgan. Bunda, jumladan, quyidagilar alohida ahamiyat kasb etadi:
– milliy manfaatlarni qat’iy himoya qilishga va ilgari surishga yo‘naltirilgan izchil va faol tashqi siyosat strategiyasi olib borish;
– Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish. Markaziy Osiyoda munozara va nizolarni, konfliktli vaziyatlarni, keskinlik va tanglik holatlari eskalatsiyasining oldini olish maqsadida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etishda kerakli o‘rinlarda preventiv diplomatiya usullarini qo‘llash;
– O‘zbekistonning dunyodagi yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan strategik sherikchilik munosabatlarining muvozanatli va ko‘p qirrali tizimini shakllantirish; mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlash; tashqi siyosiy, iqtisodiy, savdo-sotiq, transport va boshqa sohalardagi aloqalarni keng diversifikatsiya qilish, yuqori texnologiyalarni jalb etish;
– milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishning samaradorligini oshirish uchun ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlarini ishga solish;
– mintaqaning ochiq dengizlardan yiroqda joylashganligi, uning geografik yopiq holati bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan istiqbolli transport-kommunikatsiya loyihalarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, mamlakatimizda xalqaro miqyosda faoliyat yurita oladigan multimodal transport-logistika markazlarini shakllantirish jarayoniga amaliy ko‘mak berish va uni jadallashtirish;
– O‘zbekistonning mintaqada va xalqaro maydonda tinchlik hamda barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro tashabbuslarini izchillik bilan ilgari surish, mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi imijini, obro‘-e’tiborini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish;
– xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining qonuniy huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish.
Xulosa. Prezidentimiz o’zining asarlaridan birida “Xalq davlat xokimiyatining manbaidir. Uning xoxish irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning farovonligini O’zbekiston barcha fuqarolarining munosib turmushini taminlashga qaratilgan bo’lishi kerak” deb takidlaydi. Bu esa siyosiy va davlat tuzilishi insonga”….uning siyosiy iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak”ligini anglatadi.
Download 21,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish