Uchinchi bosqich-2000-2016-yillar. Mazkur bosqichda xususiy tadbirkorlikni keng ko‘lamda rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va uni kafolatlashga qaratilgan qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2000-yilda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun bilan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmi soddalashtirildi, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar taqdim etildi, tadbirkorlarning imtiyozli kredit olish uchun huquqlari mustahkamlandi. 2008-yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan kichik biznes subyektlarining tijorat banklari kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi yanada pasaytirildi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining «2011–2015-yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish choralari to‘g‘risida»gi va «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» davlat dasturi to‘g‘risida»gi qarorlariga muvofiq, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va modernizatsiyalash hamda mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.
To’rtinchi bosqich 2016- yildan boshlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, tadbirkorlikni yanada jadal rivojlantirishga e’tibor kuchaytirildi. 2018-yil tasdiqlangan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili – davlat dasturi»da tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy (to‘xtab turish) e’lon qilindi.
3.2. O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyotdagi o’rni
Kichik biznеs shunday raqobatchilik muhitini shakllantiradiki, busiz bozor iqtisodiyoti rivojlanishini tasavvur ham etib bo’lmaydi. Mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning so‘zlari bilan aytganda, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz5. Rеspublikamizda kichik biznеsni qo`llab-quvvatlash hamda tadbirkorlarning yutuq va manfaatlarini himoyalash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida bu tarmoq tobora mustahkamlanib, uning rеspublikamiz iqtisodiyotidagi o’rni, ish bilan ta'minlash va mahsulot ishlab chiqarishdagi salmog’i yildan-yilga oshib bormoqda. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni yengillashtirish va ragʻbatlantirish maqsadida sohaga oid qator tartibotlar tanqidiy qayta koʻrib chiqilib, eskirgan, zamon talabiga javob bermaydigan byurokratik toʻsiq va gʻovlar bekor qilindi. Koʻrilgan choralar natijasida respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi, tadbirkorlik subyektlari va xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi va yaratilib kelinmoqda. Hozirgi kunda tadbirkorlar, o‘rta va kichik biznes iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Rivojlangan davlatlarda tadbirkorlik subyektlari umumiy korxonalar sonining 90 foizdan ziyodini tashkil etadi va mehnatga layoqatli aholining 50 foizdan ortig‘ini ish bilan ta’minlaydi. 2018-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda mehnat bilan band aholining 76,3 foizi shu sohada ishlaydi. Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlari taraqqiy etgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti tarkibida ham salmoqli o‘ringa ega. O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida mazkur soha ulushi 56,5 foizdir6. Yurtimiz iqtisodiyotining so’nggi 20 yilini tahlil qiladigan bo’lsak, statistik ma’lumotlardan shu narsa ma’lum bo’ladiki, mamlakatimiz mustaqiilikka erishgandan so’ng, tadbirkorlik sohasi ancha rivoj topdi, uning YIM dagi ulushi yildan yilga oshib bordi (3-jadvalga qarang).
3-jadval7
Do'stlaringiz bilan baham: |