O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi



Download 271,28 Kb.
bet1/3
Sana02.07.2022
Hajmi271,28 Kb.
#732704
  1   2   3
Bog'liq
Mamatqulova Farida

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi

Tayyorladi: Mamatqulova Farida

Qabul qildi: ___________________

REJA:

1.Mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi islohatlar.

2.Ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

3. O‘zbekistonda ta’lim sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar


Ta’lim sohasida ilk islohatlar
Yurtimiz azal-azaldan ilm o‘chog‘i, jahon sivilizatsiyasi markazlaridan beri deb e’tirof etib kelingan. O‘rta asrlardan, xalqimiz ta’lim sohasida yuksak marralarga erishgan bo‘lib, jahon sivilizatsiyasi hamda fan sohasiga ulkan hissa qo‘shishgan. Misol tariqasida, IX-XII asrlarda Movarounnahrda ko‘plab o‘quv maskanlari bo‘lib, ulardan chinakam olimlar, ulamolar yetishib chiqqan. Xusasan, Xorazm Ma’mun akademiyasi ham shu davrdagi yirik tadqiqot markazlaridan biri hisoblangan. Algebra fani bobakalonimiz Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan atalganligi, bu azal-azaldan bizning qonimizda yaratuvchanlik, o‘qishga bo‘lgan qiziqishdan dalolatdir. Bundan tashqari, yana bir buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino o‘sha olis XI asrda tibbiy jarrohlik operatsiyasiyalarini amalga oshirgani bilan dunyoga mashhur.
Uning “Tib qonunlari” asari Yevropada “Injil” kitobidan keyin eng ko‘p nashr etilgan kitoblardan biri bo‘lib, 500 yil davomida dunyoning ko‘plab nufuzli oliy o‘quv yurtlarida barcha talabalar uchun darslik sifatida o‘rganib kelingan
Buyuk mutafakkir Al-Farg‘oniy astronomiya fanida birinchi bo‘lib, geliosetrik nazariyani asoschisi bo‘lgan ya’ni Yerni Quyosh atrofida aylanishini aniq hisob — kitoblar bilan isbotlab bergan. XV asrdayoq Samarqandda Mirzo Ulug‘bek observatoriya barpo etib, yulduzlar xaritasini tuzgan. U yulduzlar joylashuvini shu qadar aniq hisoblanganki, hozirgi fan-texnika bu ma’lumotlarni atiga bir necha daqiqalarga farq qilishini isbotlagan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bizning ota-bobolarimiz jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan.
Sobiq sho‘rolar davridagi ta’lim tizimiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u darvlarda hatto O‘zbekistonning o‘zining milliy ta’lim tizimi joriy etilmagani ayanchli holatdir. Asosan ta’lim tizimi sobiq markazning hukmron mafkura manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. Aytaylik, aksariyat fanlar o‘quv dasturiga kiritilmagan. Birgina O‘zbekiston tarixi fanini oladigan bo‘lsak, ushbu fan xolis o‘rganilmas, o‘quv dasturida bu fanga ajratilgan soatlarning katta qismi sobiq ittifoq tarixini o‘rganishga bag‘ishlanar edi. O‘quvchilar ongi Vatanimiz tarixining noto‘g‘ri talqin qilingan hodisalari bilan to‘ldirilar edi. Milliy qadriyat va ma’naviyat toptalar, asl o‘zbek olimlarini va buyuk davlat arboblari, sarkardalari hayot va ijod yo‘llari qoralangan. Bunga misol Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bahouddin Naqshband, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon va hokazolarni keltirish mumkin.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirila boshladi. Ayniqsa ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratildi. Ta’lim-tarbiya tizimi takomillashgani sayin odamlarning ma’naviyati, ongi, tafakkur doirasi shakllanib, yuksalib bordi. Ta’lim tizimini har tamonlama, shaklan va mazmunan isloh qilish, yangilash lozim edi. Zero, jamiyat yangi shaxsni tarbiyalashni talab etayotgan bir paytda odamlarning ongi, dunyo qarashi, bilim saviyasini o‘zgartirmay, uni zamonaviylashtirmay turib yangi jamiyatni barpo etib bo‘lmasdi. (Manba: m.mfa.uz)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil, 11-martdagi “Respublika oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilishni takomillashitirish to‘g‘risida”gi PF-361-sonli farmoniga asosan, mamlakatimizda mavjud oliy o‘quv yurtlariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olish tizmiga katta o‘zgarishlar kiritildi. Dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan bo‘lib, oradan bir yil o‘tib, bu ko‘rsatkich 19 taga yetkazildi. 1994-yil 14-maydagi 258-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abituriyentlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirildi. Davlat test markazi (DTM) asosiy vazifasi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi N464-i qonuni, ta’lim sohasidaga barcha savollarga aniq oydinlik kiritdi. 34 ta moddadan iborat ushbu qaror, ta’lim jarayonining barcha jabhalarini qamrab olgan bo‘lib, o‘z o‘rnida barcha masalalar aniq va ravshan holda yoritilib berilgan. Jumladan 4-moddada yozilishicha: “Jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi” deyilgan bo‘lib, bu ta’lim sohasidagi me’yorlarni qanchalik tartibga solinganligidan dalolat beradi.

Download 271,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish