Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillari:
—barcha talabalarni jalb etish;
—dastur materiallarini to‘la qamrab olish;
—talabalarga oshkora yondashish;
—talabalar bilimini adolatli baholash;
—muntazam
tarzda
nazorat
va
baholashni
amalga
oshirishga
rioya qilish, ularni o‘z ustida tinimsiz ishlash, o‘qish, o‘rganishga
undaydi.
Oliy ta'limda joriy nazoratda fanning har bir mavzusi bo‘yicha talabaning
o‘zlashtirishi aniqlanib, baholab boriladi. U odatda, seminar darslari, amaliy
mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari jarayonida amalga oshiriladi. Joriy baholash
bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan har bir mavzu bo‘yicha talabaning
adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil ijodiy fikr-mulohazalari, dars
o‘tish metodlari bo‘yicha berilgan topshiriqlarai bajarishi, mustaqil ishi natijalari va
amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u amaliy
mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi, semestr davomida 2 davrada o‘tkaziladi.
—Oraliq nazorat semestr, o‘quv yili davomida fanning bir necha mavzusi, qismi,
bo‘limi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng o‘tkaziladi. Unda
muayyan savol, muammo, test, masala-mashq va boshqalar yordamida talabaning
mavzuni o‘zlashtirish darajasi, qobiliyati, mahorati aniqlabadi va baholanadi.
—Oraliq baholash ham semestr davomida 2 davrada o‘tkaziladi. Talabalarning
bilimi birinchi va ikkinchi davrada fanning texnologik xaritasida ko‘rsatilgan
mavzularini qamrab olgan hold baholanadi. Oraliq baholashda talabalarning
o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ma'ruzalar, unda talabaning faolligi, o‘tilgan mavzular
bo‘yicha og‘zaki, yozma ish, test va talabaning mustaqil ishi nazarda tutilgan holda
baholanadi.
114
—Mustaqil ishlash uchun berilgan topshiriqlar reyting jadvaliga muvofiq joriy va
oraliq baholashga qo‘shiladi.
—Yakuniy nazoratga, fanning semestr yoki o‘quv yili davomida o‘tilgan hajmi
doirasida talabaning fanni o‘zlashtirish darajasi baholanadi. Yakuniy baho turiga
ajratilgan ballar miqdori, o‘quv rejasida fanga semestr yoki o‘quv yili uchun
ajratilgan soatning 30 foizi miqdorida belgilanadi. Yakuniy baholash semestrp
yakunida o‘tkazilib, yakuniy baholashda talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari
ishchi o‘quv dasturidan kelib chiqqan holda, fanning umumiy mazmuni doirasida
baholanadi. Yakuniy baholash o‘g‘zaki so‘rash, amaliy topshiriqlarni mustaqil
bajarish, suhbat, yozma ish, masala-mashq yechish yoki test otkazish usulida amalga
oshiriladi.
—Talabalar bilimini reyting tizimi bo‘yicha baholashning yozma ish usuli
talabalarda mustaqil, ijodiy fikrlash, o‘z fikrini yozma ifodalash ko‘nikmalrini
rivojlantiradi. Yozma ish oraliq baholash, yakuniy baholash, yakuniy Davlat
attesttsiyasi kurslarida amalga oshirilishi mumkin.
—Yozma ish yakuniy baholash shaklida o‘tkaziladigan bo‘lsa, savollar kafedra
tomonidan ishlab chiqilib, o‘quv yili boshlanishida kafedra majlislarida muhokama
etiladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Yozma ish hajmi talabaning fan
bo‘yicha tasawuri, bilimi va amaliy ko‘nikmasini baholash uchun yetarli bo‘lishi
zarur. Uning hajmi kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet kengashida
tasdiqlanadi. Yozma ishlarni baholash mezonlari kafedralar tomonidan ishlab
chiqiladi.
Fan bo‘yicha JB va OB turlarida talaba to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal
reyting ballning miqdori, o‘quv rejasida fanga semestr yoki o‘quv yili uchun
ajratilgan soatning 85 foizi miqdorida belgilanadi: JB - ball, OB - 42 ball. Talaba
o‘rganayotgan fani bo‘yicha har bir nazorat bo‘yicha maksimal ballning kamida 56
foizini to‘plagan bo‘lishi kerak. Undan kam ball to‘plagan talabaning fanni
o‘zlashtirishi qoniqarsiz deb hisoblanadi.
115
Yakuniy nazorat yozma ish shaklida tayanch tushuncha va iboralar mazmunini
yoritib berish darajasi yoki talabaning fanni o‘zlashtirganligi darajasiga qarab
baholash asosida amalga oshiriladi va unga maksiraum 15 ball ajratiladi.
Semestr davomida fanlar bo‘yicha to‘plagan ballar maksimal ballning:
86 — 100 foizini tashkil etsa, «a'lo»;
71 — 85 foizini tashkil etsa, «yaxshi»;
56 — 70 foizini tashkil etsa, «qoniqarli»;
55 foiz va undan kam bo‘lsa, «qoniqarsiz» baholanadi. Bilimini sinash va
baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi.
56-70
Qoniqarli
Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish;
Tasavvurga ega bo‘lish.
0-55
Qoniqarsiz
Aniq tasavvuiga ega emaslik; Bilmaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |