234
Ochiq
Yopiq
Og‘zaki
shaklning
ochiq turi
deganda, talabaning so‘ralgan material
yuzasidagi ma'lumotlar bilan bir qatorda erkin va ijodiy yondoshish asosida javob
berishi nazarda tutiladi.
Yopiq turda
esa talaba faqat berilgan material doirasida
javob berish bilan
cheklanib qoladi.
Og`zaki topshiriqlarni bajarish jarayonida talabalarning bilimlari bilan birga
o‘zini tutishi, rеaktsiyasi va muloqot qilish qobiliyati inobatga olinadi.
Ularni quyidagilarga ajratish mumkin:
- kasbiy holatlarga simulyatsiya (taqlid) qilish;
- yechish yo‘llarini topish bilan bog`liq muammoli holatlarni muhokama
qilish;
- talabaning muammoli holatlarga bo‘lgan shaxsiy munosabati.
Psixik omil (tanglik, erkin emaslik, qo‘rquv kabilar) katta rol o‘ynashi tufayli
ko‘pincha haqiqiy natijalar berish qobiliyati ko‘rinmay, yuzaga chiqmay qolishi
mumkin. Ta'lim beruvchi savol bergan paytda
talaba yaxshi javob beradi, deb
kutmaslik kerak. Shu sababdan, ta'lim beruvchining savol berish tarzi muhim rol
o‘ynaydi. U savolni tushunarli va aniq berishi kerak :
-javob berish uchun yetarli vaqt berish kerak;
-ikki xil ma'noni anglatadigan savollar bermaslik kerak;
-talaba savollarga javob
berishda qiynalishni boshlasa, savollar qamrovini
mos ravishda qisqartirish kerak.
Ta'lim beruvchi og`zaki topshiriq bo‘yicha savollar tuzayotganda quyidagi
xususiyatlarni inobatga olishlari lozim:
Gaplar mos so‘roq so‘zlardan tuzilgan bo‘lishi kerak (nima, qanday, nima
uchun).
Savol aniq va tushunarli tuzilgan bo‘lishi lozim.
Savol to‘g`ridan - to‘g`ri muammoga qaratilgan bo‘lishi kеrak.
«ha» yoki «yo‘q» javobini talab etuvchi savollar bo‘lmasligi kеrak.
235
Savol faqatgina bitta gapdan tuzilishi lozim.
Savol faqat bir talabaga emas, balki barchaga taalluqli bo‘lishi kеrak.
Javob bеrishga vaqt ajratilgan bo‘lishi lozim.
Yozma baholash topshiriqlari ta'lim beruvchi tomonidan talabaga yozma
ravishda
savollar berilib, ulardan yozma tarzda javoblar olishga mo‘ljallangan
topshiriq shakllari qisoblanadi.
Bugungi kunda test topshiriqlarining bir qator turlaridan ta'lim jarayonida
talabalarning nazariy bilimi va aqliy layohatini baholashda foydalanilmoqda.
Agar xorij ta'lim tajribalariga tayanib mulohazalar yuritsak,
test deganda,
barcha baholash topshiriqlari nazarda tutiladi. Ammo bizning sharoitimizda esa
testlar (psixologik testlar bundan mustasno) topshiriq va bir yoki bir necha
javobdan iborat tuzilma sifatida tushuniladi.
Testlarni tuzishda bir qator qoidalarga rioya qilish zarur:
Tеstning barcha chalg`ituvchi javoblari haqiqatga yaqin bo‘lishi kеrak.
Javoblarni ifodalovchi jumlalar uzunligi dеyarli bir xil bo‘lishi kеrak.
Javoblar asos bilan uyg`unlashgan holda grammatik jihatdan to‘g`ri tuzilgan
bo‘lishi kеrak.
Asos qismining jumlasi talabaning tushunishi uchun mos bo‘lishi kеrak.
Javoblarning hеch biri sinonim (ma'nodosh) bo‘lmasligi kеrak.
Asosda ham, javoblarda ham ikki fikrlilik bo‘lmasligi kеrak.
Asos imkon qadar kеng mazmunli bo‘lmog`i kеrak.
Asosda nomuvofiq jumlalardan imkon qadar foydalanmaslik kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: