POWER POINT dasturi multimedia tayyorlashda juda katta imkoniyatlarga ega. Ulardan foydalanib, turli mavzularda multemidia tayyorlash va dars jarayonida qo’llash keng yoyilib bormoqda. Natijada keyingi paytda alohida videometod sifatida pedagoglar tomonidan ajratib ko’rsatilmoqda.
POWER POINT dasturida mavzuni o’rganish yoki taqdimot materiallarini tayyorlash quyidagi kurslarni o’z ichiga oladi:
maqsad qo’yiladi, undan-kelib chiqib g’oya shakllanadi;
g’oyani asoslash uchun ma'lumotlar yig’iladi va saralanadi;
yig’ilgan ma'lumotlarni ifodalash uchun reja tuziladi;
bildirmoqchi bo’lgan fikr matnda ifodalanadi;
mavzu, o’rganilayotgan mavzu, muammoga mos, axborotni
xotirada saqlanib qolishiga yordam beradigan dizayn tanlash;
muvofiq ravishda animatsiya tanlash.
Multimediadan o’quv jarayonida foydtlanishning rivojlanishi turli-tuman multimedia mahsulotlarini, oxir-oqibatda elektron darsliklar paydo bo’lishiga olib keldi. Ikkinchi tomondan, axborot texnologiyalarini rivojlanishi internet tarmoqlaridan keng foydalanishga yo'l ochdi. Shu bilan birga, multimedia vositalaridan keng foydalanishda ayrim obyektiv muammolar ham mavjud. Ulardan eng asosiysi, zarur kompyuter dasturlarining yetishmasligidir.
Qator mavzularni qamrab olgan, real hayotga yaqinlashtirilgan RUSE (AQSh ), MEKOM (Rossiya) va boshqa dasturlar mavjud. Ulardan foydalanib, kompyuterlarda ishlash, talabalar o’rtasida konkurslar o’tkazish mumkin. Lekin hali bizda ana shu dasturlarga o’xshash farmasevtikani o’rganadigan, qo’llangan chora-tadbirlarning natijasini qanday bo’lishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradigan dasturlar yaratilgani yo’q.
Undan tashqari, hozircha bizda farmasevtika fanlardan dars o’tishda qo’llash mumkin bo’lgan o’quv videofimlari juda kam. Lekin ularni talabalar bilan birgalikda yaratish mumkin. Keyingi paytda masofadan o’qitishning borgan sari yoyilib borishi, darslik, qo’llanmalarning elektron versiyalarini yaratilishi, o’qitish jarayonida kompyuterlardan yanada kengroq foydalanishga olib keladi.
Axborot texnologiyalarining, telekommunikatsiyalarni rivojlanishi o’quv jarayonida telekonferensiyalarni kuzatish yoki bevosita muloqot qilish imkoniyatini ham vujudga keltiradi. Telekonferensiyalarni o’tkazish uchun quyidagi apparaturalar: terminallar, televezion kameralar, grafik displeylar, katta namoyish ekranlaridan foydalaniladi. Shuningdek, telekonferensiyalar orqali dolzarb ma-salalar muhokamasini tezkorlik bilan tashkil etish, muhokama uchun istalgan rasmli materiallardan foydalanish, dolzarb masalalarni muhokama qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini kengaytirish, xalqaro ma'lumotlar banklaridagi istalgan axborotdan foydalanish kabi imkoniyatlar yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |