2. Mustaqil ishiarni bajarish muddati jihatidan xohlagancha davom etishi mumkin emasligi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, 17—25 yosh darajasida mehnatni ratsional tashkil etganda bir sutkada 9 soat unumli ishlash mumkin ekan. Haddan tashqari uzoq o’tiradigan bo’lsa, mehnat unumi pasayadi, odam charchaydi, keyingi kunlari charchog’i yozilishi qiyin bo’lgani sababli, avvalgiday ishlay olmaydi.
Shuning uchun mustaqil ishni rejalashtirganda auditoryada o’tkazgan vaqtini hisobga olishi kerak. Agar, auditoriyada dars soatlari 6 soat bo’ladigan bo’lsa, mustaqil ishlash 3 soat, auditoriyada dars undan kam bo’lsa 3 soatdan ko’proq, agarda ko'p.bo'lsa, kamroq tarzda rejalashtirish kerak.
Oliy o’quv yurtlarida haftalik mustaqil ish bajarish vaqti 22—24 soat atrofida bo’ladi.
Albatta, bu vaqt talabani normal tarzda diqqat-e'tibor, g’ayrat qilib ishlashini mo’ljallagan holda belgilanadi. Lekin real hayotda sobir talaba o’zini zo’rlab dars tayyorlasa, ikkinchisi qiziqib, predmetni o’rganishga ilhom bilan kirishib ketadi. Uchin-chisi esa, umuman dars tayyorlagisi kelmaydi. Bunga qator obyektiv va subyektiv sabablarni keltirish mumkin.
3. Mustaqil ishni tashkil qilishda ish tartibini belgilash katta ahamiyatga ega ekanligi. Mustaqil ishlarni bajarish uchun vaqtni semestr davomida kunlar bo’yicha taqsimlash, uni ratsional tashkil qilishning muhim prinsipi, qoidasi hisoblanadi. Goh umuman dars tayyorlamay, goh haddan tashqari shoshib, shiddat bilan, ayniqsa, semestr yakuniga, oraliq nazorat yakuniga yaqin qolganda, bajarmagan ishlarni tezda bajarishga harakat qilish ijobiy natija berishi qiyin. Bu talabaning mehnati samaradorligini, qilgan ishidan qoniqish hissini pasaytiradi. Odatda, talabaning kun tartibini dars jadvali belgilaydi. Lekin ko’p narsa talabaning o’ziga ham bog’liq. Masalan doklad, referat, nazorat ishi, seminar darsiga tayyorlanishga har haftada ma'lum vaqt ajratilib, muntazam ravishda olib borilmasa, kutilgan natija bermaydi.
Mustaqil ishlash va izlanishning asosiy shakllari
Mustaqil ishlash quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Dars o’tilgandan so’ng bajariladigan ishlar, uy vazifalarini
bajarishda darslik, o’quv qo’llanmalari bilan ishlash, konspekt tay-
yorlash.
Tipik topshiriqlarni yechish. Bunda talaba avvalgi bilimlarini
xotirasida qayta tiklaydi va qisman qayta o’zgartirib, aniq top-
shiriqlarda qo’llaydi. Masalan: masala, mashq yechish;
O’rganilgan bilimlarni tipik bo’lmagan sharoitda qo’llash.
Talaba o’rgangan bilimlaridan yangi sharoitda foydalanadi. Sharoit-
larda ma'lum umumiylik bo’lishi mumkin.
Ijodiy faoliyatga asos yaratish. Bunda talaba o’rganilayotgan
sohaning mohiyatiga tushunadi, uning yangi munosabat,
bog’lanishlarini aniqlaydi, g’oyalar va tushunchalarni yangi shar-
oitga bog’laydi.
Barcha mustaqil ishlar talabalarda ijodiy ishlash ko’nikmasini hosil qilishga qaratilgan. Talaba ijodiy ishlashga o’rgatilmasa, u ma'lum mavzuga oid materiallarni turli manbalardan ko’chirib kelish bilan kifoyalanib qolishi hamda o’zi mustaqil fikr bildirishga qiynalishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |