O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2019 yil "25"areldagi "107" sonli buyrug’ining2-ilovasi bilan fan dasturi ro’yxati tasdiqlangan



Download 4,37 Mb.
bet146/285
Sana02.01.2022
Hajmi4,37 Mb.
#307925
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   285
Bog'liq
Мажмуа 3-курс даволаш 230921110843

Oshkozon. Yangi tug’ilgan bolalarda uning vazni 6-7 gr, bir yoshda 3 marta kattalashadi. 4-5 yoshda 6 marta, 20 yoshda 24 marta ortadi, ya’ni tana vazniga nisbatan tezrok ortadi. Odatda tana vazni 20 yoshda 20 marta ortadi.

Yosh kattalashishi bilan oshkozonning sigimliklari ortib boradi. Oshkozon ulchamida fiziologik va anatomik sigimlilik bo’ladi. Fiziologik sigimlilikni aniqlashda bolani ovqat yeyishdan avval va so’ng tortiladi. Anatomik sigimlilik oshkozon operatsiyasi yuli bilan olib tashlanganda yoki murdani ochganda aniqlash mumkin.

Oshkozon shakli o’zgaruvchan bo’lib, ovqat qonsistentsiyasiga boglik bo’ladi. Sut bilan ovqatlanganda u dumalok, kuyukrok ovqat bilan ovqatlanganda «etikcha» yoki «ilgak» shakliga kirishi mumkin.

Jigarning tugulguncha yaxshi rivojlanishi tufayli, yangi tug’ilgan chaqaloqlarda, ayniksa birinchi xaftasida oshkozon kiya joylashgan bo’ladi. SHuning uchun bola yotganda oshkozonning tubi pilerik, old qismidan past joylashgan bo’ladi. Natijada bolani birinchi oyida ovqatlantirgach bosh tomoni birmuncha ko’tarilgan xolda ushlash maslaxat beriladi. Kardinal sfinkterning yetishmovchiligida, ovqatning tiqilib kolmasligi uchun bosh tomonni 60 gradus ko’tarish tavsiya kilinadi.

Oshkozonni asosiy va koplovchi xujayralari xomilaning ona qornida rivojlanish vaqtida paydo bo’lsa xam, tug’ilish vaqtida u morfologik xam funktsional xam xali yetuk bo’lmaydi. Bir kg vazniga taxminan 150000-200000 bez to’g’ri keladi, bu taxminan kattalarnikidan 2,5 marta kamdir. Bola ovqatlanishni boshlagach bu bezlar soni tez ko’paya boshlaydi. Ikki oylik vaqtiga 3,5-4 marta ortadi. Ikki yoshli bola 8 mln, 6 yoshda 10 mln, 15 yoshda 18 mln, kattalarda 24 mln oshkozon bezi bo’ladi.

Oshkozonning sharbat ishlab chikaruvchi apparati bola tug’ilgan vaqtida ishga tayyor bo’ladi, ammo bez naylari murakkablashmagan bo’lib, 2,5 yoshgacha xlorid kislotasini xosil kilmaydi. Faqat xloridlarni ajratadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda esa va bolalarning birinchi yoshida oshkozon sharbatining proteolitik aktivligi 1/3 marta kamdir, umumiy ko’rsatkichlari kattalarga nisbatan 2,5-3 marta pastdir. Bu xol bolalarning sut bilan ovqatlantirish davrida ozuka moddasini oldindan tayyorlash aytarlik axamiyatga ega emasligi bilan boglik deb xisoblanadi. CHukurrok parchalanish asosan devor oldi ovqat xazm qilishi xisobiga bo’ladi. Ovqat miqdori yoki turi o’zgarganda oshkozonning shira ajratib chikazish kobiliyati oshadi.

Oshkozon sharbati proteolitik fermentlar: pepsik, gastreksin, shirdon suvli, ximozin yoki lab ferment, katersin va boshqa fermentlar bo’lib, shular xisobiga oqsilning boshlangich parchalanishi, xamda lipaza bo’lib emulьsiyalangan yogning glitserin va yog kislotalarga parchalaydi. Oqsil parchalovchi fermentlar ta’siri optimal ko’rsatkichlari bilan farqlanadi: pepsip uchun rN 2,2-1,8 oraligida gastreksinga 3,5-3,2 oraligida, ximozinga 65, katepsinga 5-6 teng.

Bir yoshgacha bo’lgan bolalar oshkozon sharbatidagi pepsik aktivligi 2-16-32 shartli birlikda, katta yoshdagi bolalarda 16-32 shartli birlikda teng bo’ladi. Bir oygacha bo’lgan bolalarda ximezin aktivligi 16-32 shartli birlikka, bir yoshda va undan kattalarda 256-512 shartli birlikka teng bo’ladi.

Pepsin asosan oshkozon tubidagi fermentlardan ishlanib chikib, noaktiv pepsinogen shaklida ajraladi va xlorid kislota ta’sirida aktivlashadi. Pepsinning ta’sir optimumi 2,2 dan 1,8 gacha, ya’ni aniq kislotali muxitda faoliyat ko’rsatadi. U barcha noaktiv oqsillarni va ko’pchilik alьbuminoidlarni alьbumin va peptonlargacha parchalaydi. Lekin emadigan bolalar oshkozonining moddalari bunday larajada bo’lmasada, ularda xam sut oqsillarining ma’lum qismi peptonlar ta’sirida parchalanadi.

Barcha yoshdagi bolalar oshkozonida lipaza (steapsin) xam bo’ladi. Bu ferment yoglarni parchalaydi. Oshkozon lipazasi oshkozon osti bezi lipazasida farq qilib, xlorid kislota ta’sirida aktivlashadi. Oshkozon lipazasi faqat emulьsiyalangan yoglarni, parchalaydi, ayniksa sut va yogi oson gidrolizlanadi. Emadigan bolalarda lipaza miqdori 4-50 shakrtli birlik orasida o’zgarib turadi. Yosh kattalashishi bilan lipazaning aktivligi birmuncha ortadi.

Xlorid kislota tevarak atrofdagi xujayralardan ajraladi va oshkozon shirasining mukim tarkibiy qismi xisoblanadi. U oshkozondagi oqsil va yoglarning fermentlar ta’sirida parchalanishini ta’sinlaydi va ovqat xazm bo’lishida muxim rolь uynaydi. Xuddi kattalardagi singari bolalar oshkozonida xam erkin va boglangan xlorid kislota bo’ladi; bolaning yoshi kattalashgan sari, uning miqdori xam ko’payadi.

Emadigan bolalarda oshkozon moddasining rN 5,8-3,8 orasida o’zgarib turadi, yoshi kattalashgan sari kislotalilik xam ortadi va maktab yoshida 1,5-2 ga, ya’ni kattalardagiga teng bo’lib koladi.

Oshkozonning sekretsiya evakuatsiya funktsiyasini tekshirishda fraktsion metoddan foydalaniladi, bu usul bolalarda oshkozonning to’liq sekretsiya xususiyatini ko’rsatadi. 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda Beas (bir vaqtda) usulida tekshirish maksadga muvofikdir, chunki kichik bolalar bu usulni yengilrok o’tkazadi.

Ichak rivojlanishining urganish uning o’ziga xos xususiyatlari birligini ko’rsatadi. Oshkozon bilan sarik kopcha oraligida ichak oldingi tirsak. Kleakagacha uning davomini oldingi tirsak deyiladi. Oldingi tirsakda 12-barmoqli ichakning pastki qismi ingichka ichak va kisman yon bosh ichak rivojlanadi, orqa tirsakdan yonbosh ichakning kelgan qismi va barcha yugon ichak rivojlanadi.

Yangi tug’ilgan bolalarda 12-barmoqli ichak 1-bel umurtkasi to’g’risida joylashgan bo’lib, takasimon bo’ladi va yuqori qismi 12-ko’krak umurtkasiga to’g’ri keladi, keyinchalik sekin asta pastga tushadi. Bolalarda 12-barmoqli ichak xarakatchan bo’ladi.

Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda ichak uzunligi bo’y uzunligiga nisbatan katta yoshdagi bolalarga yoki kattalarga solishtirilganda uzunrokdir. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda ingichka ichak 1,2-2,8 m, ya’ni kattalarnikidan taxminan 2 marta kaltadir. Ammo chaqaloqning vazniga nisbatan solishtirilganda, 1 kg vazniga taxminan 1 m ichak to’g’ri keladi, kattalarda 10 sm.

Bola xayotining birinchi oylarida, shuningdek, 1-3 yoshida va 13-16 yoshida ingichka ichak, ayniksa jadal o’sadi. Katta odamda uning diametri 3-5sm, bir yoshda 1,6 sm, 2 yoshda 2,3 sm va 3 yoshda 2,5 sm bo’ladi. CHaqaloqlarda charvi deyarli sezilmaydi, shuning uchun ingichka ichak chambaraklari asosan korinning oldingi devoriga yondoshgan bo’ladi. 3 yoshda jigar nisbatan kichrayadi, charvi ingichka ichakning yarmini urab oladi. Birinchi yoshdagi bolalar ingichka ichagining ichak tutkichi ingichka, oson cho’ziladigan, 6 sm uzunliuda bo’ladi; 6 yoshda u 2 marta o’zayadi.

Emadigan bola ingichka ichagining shilimshik pardasi yupka, mayin, qon va limfa tomirlarga boy, muskul kavati va elastik tolalari sust rivojlangan, tukchalari va burmalari yaxshi rivojlangan, o’tkazuvchan bo’ladi. SHilimshik osti ifodalanmagan, aylana burmalari yassi bo’lib, faqat ingichka ichakning boshlangich qismida bo’ladi. Yosh kattalashgan sari aylana burmalar soni ko’payib, jinsiy jixatdan voyaga yetish davriga kelib, maksimumga yetadi.

Muskul epiteliysining taksimlanishi, instrumental nerv chigallanishining shakllanishi chaqaloqlarda xali tugamagan bo’lib, u 3-5 yoshgacha davom etadi. Brunner va Liberkyun bezlari va Peer blyashkalari soni asta sekin ortib boradi.

CHaqaloq sutli ovqat bilan ovqatlanganligi uchun, ovqat moddalarini va xazm bo’lishi ichak devori oldida bo’ladi.

Ingichka ichakning uzunligi va joylashishi ovqatning turi bilan to’g’ridan to’g’ri boglikdir, shu bilan tekshirayotgan vaqtdagi funktsional holati bilan xam boglikdir. Yugon va ingichka ichaklar uzunligining o’zaro nisbati bola usgan sari kichiklashadi. Yugon ichakning ingichka ichakka bo’lgan o’zaro nisbati tug’ilgandan 1 yoshgacha 1:5,6 ga, 1:5,0, 3-7 yoshda 1:4,5 ga tengdir.

Yugon ichak ingichka ichakni davom ettiradi, ya’ni ingichka ichakdan keyin yugon ichak boshlanadi. U orqa chikaruv teshigigacha davom etadi. Yugon ichak dastlab appendiksi bo’lgan kur ichakni, yuqoriga ko’tariluvchi chambar ichak (colon asscudeus) ni, pastga tushuvchi chambar ichak (colon desseudeus) ni, kundalang chambar ichak (colon franscudeus) ni, sigmasimon chambar ichak (colon sigruoideus) ni va to’g’ri ichak (rectum) ni xosil qiladi. Yangi tug’ilgan bola yugon ichagining o’rtacha uzunligi 35-66 smgacha yetadi.

Bolalarda xar kanday yoshda u tananing uzunligiga teng bo’ladi. Ilk yoshdagi bolalarning kurichagi qonussimon, 5 yoshdan kattalarda xaltasimon bo’lib, kattalardagiga qaraganda yuqorirokda joylashgan, xarakatchan, kalta bo’ladi.

2 yoshgacha bo’lgan bolalarda appendiks enli (yugon), voronkasimon bo’lib, burmalari rivojlanmaganligi xarakterlidir. Bu xolda kurichakdagi massa appendiksga bemalol tushib, yana kaytib chikishi uchun sharoit tug’iladi. SHuning uchun ilk yoshdagi bolalarda appenditsit kasalligi deyarli uchramaydi.

Barcha yoshlarda yugon ichakning distal qismi proksimon va o’rta qismi yigindisidan uzun bo’ladi.

Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda to’g’ri ichak atrofida yog to’qimalari bo’lmaydi. SHuning uchun bu ichak boshqa atrofdagi a’zolarga tegmaydi, faqat to’la bo’lgan vaqtda tegishi mumkin.

Uning atrofida yog to’qimasining bo’lmasligi, bu ichakni xarakatchan qiladi va ichak tushishiga sharoit yaratadi.

To’g’ri ichakning normal joylanishi ichak xalqasining burilishidan so’ng (ingichka va yugon ichakning boshlangich qismi), ya’ni avvalo o’rta tekislikda sagital joylashgan ichak soat strelkasiga karshi 180 gradus buriladi.

Ichak burilishining anomaliyasi ichakning yuqori yoki pastki qismidan ovqat utmay kelishining klinik belgilarini, ya’ni ko’sish, ko’prok ut aralash, tusaddan paydo bo’ladigan, doimiy emas korin ogrigi va korinning ung tomonida yoki epigastral qismida ko’zga ko’rinadigan peristalьtika kabi belgilar aniqlanadi.

Ichakka ichak qismiga kiruvchi, 12 barmoqli ichak boshlanishida, ayniksa reaktsiyasi nordon bo’lib, kichik bolalarda xam, pastga tushgan sari u ishkoriy bo’la boshlaydi.

Yugon ichakda, ayniksa ko’krak bilan boqiladigan bolalarda kuchli achitik protsessi bo’lgani uchun reaktsiyasi nordon bo’ladi. Ichak sharbatining reaktsiyasi asosan ishkoriy bo’ladi, rN 7,3-7,6 atrofida bo’lib shillik ko’p bo’ladi, 0,2 % atrofida karbonat va 0,6 % atrofida xlorid bo’ladi. Eng yosh davrda xam ichak sharbatida quyidagi fermentlar borligi isbot kilingan: eripsin, lipaza, amilaza, malьtaza, saxaroza, sekretin. Amalaza bolalarda eng yosh davrlarda xam aniqlanadi, ammo faqat ona suti oladigan yoki sigir suti oladigan amilaza bo’lmasligi mumkin.

Erepsin – alьbumoza, peptonlarni va boshqa ko’p polipeptidlarni aminokislotalargacha parchalaydigan peptidazalar aralashmasi. U nativ oqsillardan kazeinga rN=8 da eng yaxshi ta’sir etadi.

Lipaza. Ichaklar shirasining lipazasi uncha aktiv emas, bekaror ut suyukligi ta’sirida aktivlashmasligi bilan pankreatik farq qiladi. u yoglarni parchalaydi.

Disaxaridlarni, masalan, malьtozani dekstrozalargacha parchalaydigan malьtaza fermenti pankreatik shira va sulak fermentlarining ta’sirini ancha kuchaytiradi. Saxarozani glyukoza va fruktozagacha parchalayotgan sazaroza yoki invertaza (invertin), laktozani glyukoza va galaktozagacha parchalaydigan laktoza xam muxim axamiyatga ega.




Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish