O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2019 yil "25"areldagi "107" sonli buyrug’ining2-ilovasi bilan fan dasturi ro’yxati tasdiqlangan


Boshqa fanlar bilan vertikal va gorizontal integratsiyasi



Download 4,37 Mb.
bet143/285
Sana02.01.2022
Hajmi4,37 Mb.
#307925
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   285
Bog'liq
Мажмуа 3-курс даволаш 230921110843

3.Boshqa fanlar bilan vertikal va gorizontal integratsiyasi.

-anatomiya,-normal va patologik fiziologiya,-sotsiologiya, psixologiya,-farmokologiya,-dietologiya,-mikrobiologiya va immunologiya,-bolalar yuqumli kasalliklari,-bolalar jarroxligi,-terapiya,-akusherstvo va ginekologiya



4.Mashg’ulotlar mazmuni

4.1.Nazariy qism.

Bolalar ovqat xazm qilish a’zolarining anatomo-fiziologik xususiyatlarini bayon etishdan oldin, xazm qilish organlari embriogenezi va ular ishining buzilishi bilan tanishamiz.

Embrion rivojlana borgan sari birlamchi ichak naychasidan ichakning bosh va dum qismi shakllanadi. Dastlab ichak ikkala uchi berk to’g’ri naychaga uxshagan bo’ladi. Embrion rivojlanishining birinchi oyi oxirida, miya naychasida egiklik xosil bo’lishi bilan bir vaqtda yuz qismida 5 ta usik: peshona, juft yuqorigi va pastki jag usiklari shakllanadi. Usiklar orasida og’iz bo’shlig’i bo’lib, uning asosini yutish pardasi tashqil etadi; vaqt utishi bilan bu parda yirtiladi va oldingi ichak bilan og’iz bo’shlig’i bir-biriga boglanadi.

Birlamchi og’iz bo’shlig’ini tanglay usimtalari xakikiy og’iz bo’shlig’i bilan burun bo’shlig’iga bo’lib turadi. Bu bushliklar xoanalar yordamida o’zaro munosabatda bo’ladi. Agar yuqorigi jag va tanglay usimtalarining rivojlanishi izdan chiksa, ikkita bushlikning oldingi va o’rta bo’limlarining munosabati (boglikligi) kamayadi va lab bilan tanglayning orasida yorik xosil bo’ladi. Bu tirtik lab deb ataladi.

4 xaftalik embrionning ovqat xazm qilish naychasida (uning oldingi bo’limida) og’iz bo’shlig’i, xalqum va qizilo’ngachni farq qilish mumkin; o’rta bo’limida bevosita diafragma ostida kichikrok kengaygan joy oshkozon (me’da) bo’ladi, u ovqat xazm qilish naychasining kaudal bo’limiga – ichakka tutashadi. Uning boshlangich bo’limi 12-barmoqli ichak bo’lib, uning devorida ektodermadan rivojlanadigan jigar va oshkozon osti bezining boshlangich bo’ladi. Jigar boshlangichi o’z navbatida ikki kismga bo’linadi: birinchisidan xakikiy jigar, ikkinchisidan ut pufagi xosil bo’ladi.

Un ikki barmoq ichakning orqasida kindik chilvirining yuqoriga ko’tariluvchi va pastga tushuvchi qismi joylashgan bo’lib, ulardan ingichka va chambar ichak shakllanadi. Oxirgi bo’limi to’g’ri ichak xar xil embrion boshlangichlaridan shakllanadi. 5-xaftada analь chukurchasi xosil bo’lib, u yanada chukurlashib embrional ichakning pastki uchiga tomon o’sib boradi. 8-xaftada analь membrana yirtilib, analь kanali bilan to’g’ri ichak o’zaro tutashadi. SHunday qilib, analь teshigining paydo bo’lishi analь kanalining shakllanishiga va analь membranasining yirtilishiga boglik. Bu jarayon bo’zilsa, analь teshigi atreziyasi sodir bo’ladi.

Ichak naychasining o’sish tezligi o’zgarsa va tusik yoki burilishlar xosil bo’lsa, yangi tug’ilgan bola (chaqaloq)ning qizilo’ngachi, oshkozoni, ichagi torayishi va atreziya kabi kamchiliklar paydo bo’ladi va divertiqo’la xosil bo’ladi.

Ona qornidagi xayotning 3-4 oyida xazm qilish sistemasining asosiy elementlari shakllangan bo’lib, bu sistema ishlay boshlaydi. Bu esa xomilaning oshkozon-ichak yuliga amniotik suyuklik tutishiga boglik. Uning tarkibidagi moddalarni xomila xazm qilishi va ular surilishi mumkin.

Xomilani urab turgan suyuklik tarkibida oqsil, tuzlar, suv va shakar bo’ladi. Garchi xomila yuldosh orqali unga qondan o’tadigan moddalar bilan oziklansada, uni urab turgan suyuklik tarkibidagi oqsillar shakli o’zgarmagan xolda suriladi, ularning bir qismi fermentlar ta’sirida gidrolizlangandan keyin suriladi, degan fikrlar xam bor. Yuldosh orqali parenteral oziklanishga xomilaning gemotrof oziklanishi deyiladi. Ozik moddalarning xomilani urab olgan suyuklik bilan birga uning ichiga enteral kirishi amniotrof oziklanish deyiladi. Onaning kasallanishi, xomilaning bachadon shillik kavatining zararlanishi va boshqalar xomilaning bunday oziklanishi bo’zilishiga sabab bo’ladi. Gemotrof va amniotrof oziklanish yuli bo’zilsa, nimjon va tug’ma gipotrofiyali bola tug’iladi.

Bola tug’ilishi vaqtiga kelib, xazm qilish sistemasi shakllanishda davom etadi va katta odamnikidan farq qiladigan bir kancha xususiyatlarga ega bo’ladi.




Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish