1. Angioblast davri yoki embriondan tashkaridagi davri 2-3 xafta davom etadi. Birinchi kon ishlab chikaruvchi nuktalar, embrionni kon ishlovchi orolchalarida paydo bulib, bular tuxumdon kopchigini devorlariga joylashgan buladi va mezenxema tukimasini yigindisidan iborat buladi. Bu kon orolchalarini periferik xujayralari yassilanib, keyinchalik kon tomirlarni endoteliya tukimasiga aylanadi.
Embrion tarakkiyotini 4-5 xaftasidan boshlab rivojlanishni 2 boskichi ekstramedulyar, ya’ni jigar kon ishlab chikarish davri boshlanadi. Bu davrni boshlanishida kon xamma joyda, kon tomirlaridan tashkarida ishlab chikarila boshlaydi, lekin tez orada kon ishlab chikarish asosan jigarda takomillashadi.
Jigarda kon ishlab chikarishni jadalligi xomilalikni 5 oyligigacha davom etib, keyin sekin asta kamayib bolani tugilish vaktiga kelib butunlay tuxtaydi.
Xomilalikni 3 oyligidan boshlab embrionda jigar bilan bir katorda talok xam kon ishlab chikara boshlaydi, lekin bunda asosan limfotsitlar ishlab chikariladi. Bu davrda xomilada eritropoez yaxshi rivojlangan bulib, leyko va trombopoez u kadar yaxshi rivojlanmagan buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |