O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2019 yil "25"areldagi "107" sonli buyrug’ining2-ilovasi bilan fan dasturi ro’yxati tasdiqlangan



Download 4,37 Mb.
bet119/285
Sana02.01.2022
Hajmi4,37 Mb.
#307925
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   285
Bog'liq
Мажмуа 3-курс даволаш 230921110843

9-Mavzu: Tankislik anemiyalari.

Kamqonlik yoki anemiya – eritrotsitlar sonining 3.5 x 1012 /l dan pasayishi yoki gemoglobin miqdorining qon hajmi birligida yosh bolalarda 110 g/l dan, maktab yoshidagi va katta yoshdagi odamlarda 120 g/l dan kamayishi bilan xarakterlanadigan holatdir.

Anemiya bolalarda va ayollarning reproduktiv yoshida butun dunyoda keng tarqalgan xastalikdir. Umumjahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, anemiya 3 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasida -40%, pubertat yoshida –30% boshqa yoshdagi bolalarda esa nisbatan kamroq uchraydi. Bu bolaning 1 yoshgacha bo’lgan hayoti davrida shiddatli rivojlanishi, shu bilan birga qon hajmi va shakli elementlar miqdorining proportsional o’sishi, shuningdek eritropoezning yuqori aktivligida namoyon bo’lishi bilan bog’liq.

Kamqonlik og’ir kasallik bo’lmasada, lekin havfli xastalikdir. U bolaning o’sishini kechiktiradi, boshqa o’tkir kasalliklarning kechishini og’irlashtiradi.

Kamqonlik (anemiya) – eritrotsitlar va gemoglobin miqdorining qon tarkibida kamayish holatidir.

E.N.Mosyaginaning ta’riflashicha – kamqonlik – eritrotsitlarning ma’yordan ortiq parchalangani holda, hosil bo’lishining esa kamayishidir, ya’ni gemolizning kuchayishi va eritropoezning pasayishidir.

Kamqonlikning 90%i alimentar – infektsion tabiatdagi aralash etiologiyali kamqonlikdir. Bunday kamqonlik asosan 6 oylikdan – 2 yoshgacha oraliqda uchraydi. CHunki bu davrda qon ishlab chiqaruv apparati turg’un bo’lmaydi, labildir. Bolada platsentar qon aylanishning, o’pka qon aylanishiga o’tishi natijasida qonning bioximik va funktsional o’zgarishi sodir bo’ladi.

Qon yaratish jarayonida bolaning butun suyak ko’migi qatnashadi. Organizm o’sishi uchun doimo katta miqdorda temir, to’la qimmatli oqsil, mikroelementlar, vitaminlar talab qilinadi. SHuning uchun ovqatlantirishning buzilishi, infektsion ta’sirlar, dori moddalari qabul qilinganda suyak ko’migi funktsiyasi pasayadi, bu esa bolalarda ayniqsa hayotining birinchi yarim yilligida kamqonlikka oson beriluvchan bo’ladi. Uzoq saqlangan sideropeniya, gipoksiya va xujayra metabolizmining buzilishi organ va to’qimalarning chuqur o’zgarishlariga olib keladi. anemiyaning rivojlanishi natijasida bolaning o’sishi sekinlashadi, gormonal rivojlanish buziladi, interkurent kasalliklar ko’proq uchraydi, surunkali infektsiya o’choqlari shakllanadi, boshqa patologik jarayonlar kechishi og’irlashadi, katta yoshdagi bolalarda va kattalarda ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.

Umumiy qabul qilingan tasnifga asoslanib anemiyalar uchta katta guruhga bo’linadi: postgemorragik, qon aylanishining buzilishi va qonning yuqori darajada parchalanishi natijasida kelib chiqadigan anemiyalar. Bolalik davrida anemiyaning hamma varantlari kelib chiqishi mumkin, lekin normal qon yaratilishiga zarur bo’lgan moddalar yetishmovchiligi bilan, ayniqsa birinchi o’rinda temir yetishmovchiligi bilan bog’liq bo’lgan anemiya 90% ni tashkil qiladi.

Bundan tashqari anemiyalarni xarakterlashda eritrotsitlarning bo’yalishi va rang ko’rsatkichlarning darajalariga qarab normo - gipo – yoki giperxrom anemiyalarga ajratiladi. SHuningdek periferik qondagi retikulotsitlar va boshqa yosh shakllarning soniga qarab suyak ko’migining regenerativ xususiyatiga tavsif beriladi. Gemoglobin darajasining pasayishiga qarab yengil (Nv 90-100 g/l), o’rta og’irlikdagi (Nv 70-90 g/l), og’ir (Nv 70 g/l dan past) darajadagi anemiyalar farqlanadi. Kichik manzara faqat o’rta og’irlikdagi va og’ir anemiyalarda namoyon bo’ladi.




Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish