Davolash tamoyillari.
1. Temir yetishmovchiligi asosida yotuvchi sabablarni korrektsiya qilish.
2. Qonda va to’qimalarda yetishmovchilik o’rnini to’ldirish.
3. Dietoterapiya (lekin, u yetarli emas).
4. Faqat temir preparatlarini qo’llash (vitamin V12, V6, V2 larni qo’llash ko’zda tutilmaydi).
5. Temir preparatlarini ichishga buyurish (davolashning I etapi).
6. Parenteral yuborishni absolyut ko’rsatmalari bilan chegaralanish.
7. Hayotiy ko’rsatmalarsiz gemotransfuziya qilmaslik.
8. Uzoq muddatga yetarli dozalarni yuborish. Preparat va sutkalik dozalarni tanlaganda, preparatlardagi elementlar miqdori va bemordagi yetishmovchilik darajasidan kelib chiqish. Nafaqat anemiyani balki temir yetishmovchiligini ham yo’qotish. Temir zahiralarini to’ldirish (to’yintirish terapiyasi).
9. Retsidivga qarshi terapiya olib borish.
10. Kerak bo’lganda temir preparatlari bilan profilaktik davolash ishlarini olib borish.
a. Rejim – aktiv rejim. Toza havoda ko’proq bo’lish. Yosh bolalarga massaj va gimnastika, nisbatan kattalarga ozroq sport bilan shug’ullanish buyuriladi.
b. Parhez
Davolash kompleks olib boriladi. Avvalo etiologik omillar yo’qotiladi (ovqatlanishni, rejimni to’g’ri tashkil qilish).
Parxez tanlash anemiyaning og’irlik darajasiga bog’liq. qoniqarli ishtahada: har xil, bolaning yoshiga mos keluvchi oziqlantirish va ratsionga qo’shimcha temir, oqsil, vitaminlar, mikroelementlar saqlovchi mevalar berish loxim. Organizm uchun zarur bo’lgan temir zahiralarini to’ldirish uchun, so’rilish buzilmaganda go’sht va sabzavotlar bilan organizmga kerakli miqdorda temir kirib turadi.
Oziq-ovqatdan oshqozon ichak tizimi orqali so’rilishi mumkin bo’lgan temirning maksimal miqdori 2 g/sut.
Oziq temiri gemli va gemsizga bo’linadi. Mol, qo’y, cho’chqa va quyon go’shtidan 15 dan toki 30 % gacha gemli temir o’zlashtiriladi. Tuxumdan faqat 3-5% temir o’zlashtiriladi. O’simlik maxsulotlaridan temir o’zlashtirilishi go’shtli maxsulotlarga nisbatan kamroq, shuningdek, ularda faqat gemsiz temir mavjud. SHunday qilib, guruch, ismaloq, makkadan 1%, non – 3-4%, meva va sabzavotlardan – 5% temir o’zlashtiriladi. Temir nisbatan ko’proq dukkaklilardan va sharbatdan so’riladi – 7-8%.
Bulardan tashqari, temir manbai bo’lib: qora smorodina, krыjovnik (krijovnik), tsitruslilar, shaftoli, finik (xurmo), qulupnay, qora olxo’ri, nok, o’rik, olcha, uzum, petrushka, ukrop, shpinat, sabzi, tomatlar hisoblanadi. Yana grechka, don ham temirga boy.
Temir yetishmovchilik anemiyasi bilan kasallangan bemor parxezi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 130 g oqsil, 90 g yog’, 35 g uglevod, 40 mg temir, 5 mg mis, 7 mg marganets, 30 mg rux, 5 mg kobalьt, 2 g metionin, 4 g xolin, V va S vitaminlari. Og’ir anemiyalarda asta-sekin ko’krak suti va aralashmalar miqdorini oshirib ovqatga tolerantlik bo’sag’asini topib olinadi. Boshoqli mahsulotlar va sigir sutini chegaralanadi, chunki ular qabul qilinganda temirning erimaydigan nitratlari va fosfatlari hosil bo’ladi.
Anemiyasiz yashirin temir yetishmovchiligini davolash uchun va anemiyaning ushlab turuvchi terapiya etapida quyidagilar ishlatilishi mumkin: fito to’plamlar, temir saqlagan mineral suvlar (1 stakandan 1 kunda 3 mahal).
Do'stlaringiz bilan baham: |