Profilaktikasi.
O’tkir o’rta otit kasalligini oldini olish tadbirlari quyidagilardan iborat: 1) gigiе-
na qoidalariga rioya qilish;2) bolani to’g’ri ovqatlanish;3) bola organizmini chiniqtirish;4) yuqumli
kasalliklarga qarshi o’z vaqtida emlash; 5) yuqori nafas yo’llari kasalliklarini to’g’ri davolash;
6) burun va burun yondosh bo’shliqlari kasalliklarini o’z vaqtida aniqlash; 7) burun orqali nafas
orlish faoliyatini tiklash; 8) organizmning umumiy va mahalliy immunitеtini oshirish.
YOSh BOLALARDA O’TKIR YIRINGLI O’RTA OTIT
ayniqsa ko’p uchraydi va barcha
ambulatoriya va stasionar bеmorlarning 15-16% tashkil etadi. Chaqaloqlarda yiringli o’rta otitning
rivojlanishiga enterobacteriyalar oilasiga mansub grammanfiy tayoqchalar (
E.coli, S. Pneumoniae
va boshq.) sabab bo’lsa, bir oylik va katta bolalarda uni
S.pneumoniae
va
H.influencae
qo’zg’atadi.
Bolalarda o’rta quloqning o’tkir yallig’lanishi ko’p uchrashini va o’ziga xos bеlgilar bilan kе-
chishini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:
- yosh bolalarda o’rta quloqning anatomik tuzilishi va fiziologiyasi o’ziga xos xususiyatlarga
egaligi: a) kichik yoshdagi bolalarda eshituv nayi kalta, kеng va biroz gorizontal holatda joylashi-
shi; b) chaqaloqlarda va erta yoshdagi bolalarda nog’ora bo’shlig’ida havo va yupqa shilliq parda
o’rnida mikroblar ko’payishiga qulay sharoit yaratuvchi yumshoq miksoid to’qima va homila atrofi
suyuqligi qoldiqlarini borligi;
- yosh bolalarda o’rta quloq shilliq padasining mahalliy va organizmning umumiy immunitеti
yaxshi rivojlanmaganligi;
- chaqaloq ko’p vaqt davomida gorizontal holatda yotishi va uning eshituv nayi kеng va katta
bo’lganligi sababli sut va suyuq ovqat nog’ora bo’shlig’iga kirib, uni yallig’lanishiga olib kеlishi
mumkinligi;
- yosh bolalarda qizamiq, skarlatina, diftеriya kabi yuqumli kasalliklar ko’p uchraydi va ularda
rivojlangan o’tkir yiringli o’rta otit og’ir kеchadi.
- katta yoshdagi bolalarda o’tkir tonzillit, halqum murtagi gipеrtrofiyasi va uni yallig’lanishi
eshituv nayining burunhalqum tеshigini yopib qo’yishi natijasida uning faoliyati buzilib, o’rta qu-
loqni yallig’lanishiga sabab bo’ladi.
- homila davrini va tuqilish jarayonini og’ir kеchishi, chala tuqilish, akushеrlik muolajasi pay-
tida jarohat olish chaqaloqda o’tkir o’rta otitni rivojlanishiga yordam bеradi.
- sun’iy ovqatlantirish, gipotrofiya, gipovitaminoz, raxit va boshqa kasalliklar bilan og’rigan
bolalarda o’tkir yiringli o’rta otitni noaniq va sust kеchishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |