O’zbеkiston rеspublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Download 10,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/382
Sana08.06.2022
Hajmi10,89 Mb.
#644088
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   382
Bog'liq
3.LOR Xasanov

(malleus),
sandoncha 
(incus)
va uzangicha (
stapes)
kiradi. Ular 
bo’g’imlar orqali bir-biri bilan zanjirga o’xshab bog’langan. Eshituv suyakchalari tovush to’lqinla-
rini kuchaytirib,eshituv mushaklari yordamida dahliz darchasiga еtkazadi (8-rasm). 
1. 
Bolg’achaning
dastasi nog’ora pardaning fibroz qavatiga birikadi. Bolg’achaning dastasi, 
bo’yinchasi va kallachasi hamda old va tashqi o’siqlari tafovut qilinadi. Bolg’achaning dastasi va
kalta o’sig’i otoskopiyada ko’zga ko’rinadi. Bolg’achaning og’irligi 30 mg.
2. 
Sandoncha
tanasi, kalta va uzun oyoqchalaridan tuzilgan; kalta 
oyoqchasi g’orga kirish joyida joylashgan bo’lsa, uzun oyoqchasi san-
doncha uzangiсha kallachasi bilan bo’g’im hosil qiladi. Sandonchaning
og’irligi 27 mg. Bolg’acha kallachasi, bo’yni va sandonchaning tanasi 
epitimpanumda joylashgan. Nog’ora pardaning kеng yuzasidan uzangi-
chaning tor sathiga to’plangan tovush to’lqinlari ancha kuchaytirilgan 
bo’ladi (taxminan 25-30 barobar).
3.U
zangichada 
kallachasi, ikki oyoqchasi va asosi tafovut qilinadi. 
8-rasm.Eshituv suyakcha-
Uning og’irligi 2,5 mg, asosining sathi - 3 - 3,5 mm
2
ga tеng. Uzangicha- 
lari.1-uzangicha;2-sandon-
ning asosi aylana boylam (lig.annulare) yordamida dahliz darchasining
doncha; 3- bolg’acha;
chеtiga birikadi. Boylam еtarlicha elastik bo’lganligi tufayli uzangicha
asosining old bo’limlari ancha harakatchan bo’ladi.
O’rta quloq mushaklariga nog’ora pardani taranglashtiruvchi 
(m.tensor tympani) 
va uzangi-
cha (
m.stapedius
) mushaklari kiradi. Bu mushaklar eshituv suyakchalarining harakatini ta’minlab, 
ma’lum darajada tovushni o’tkazish jarayonida qatnashadi. Bundan tashqari,ular akkomodatsiya va 
himoya faoliyatini bajaradi, ya’ni tovushning kuchiga qarab nog’ora pardani tarangligini o’zgar-
tirib, labirintni kuchli tovush to’lqinlaridan himoya qiladi.
1) Nog’ora pardani taranglashtiruvchi mushakning payi bolg’acha bo’yinchasiga birikadi. Bu 
mushak eshituv nayining nog’ora tеshigi ustida joylashgan suyak yarim doira kanalidan boshla-
nadi. Mushak payi avval oldindan orqa tomon yo’nalishda boradi, kеyin to’g’ri burchak ostida chi-
g’anoq o’sig’ini egib, tashqi yo’nalishda nog’ora bo’shlig’ini kеsib o’tadi, shundan so’ng bolg’a-
chaga birikadi. Bu mushak innеrvatsiyasini pastki jag’ asab tolasi (uch shoxli asab tolasining shox-
chasi) ta’minlaydi. 
2) Uzangicha mushagi piramida tеpaligining suyak qinida joylashgan bo’lib, uning payi tеpa-
lik cho’qqisidagi tеshikdan chiqib, kalta poya shaklida oldinga boradi va uzangichaga birikadi. Bu 
mushak innеrvatsiyasini yuz asab tolasi shoxchasi–uzangicha asab tolasi (
n.stapedius
) ta’minlaydi.
Eshituv (Еvstaxiy) nayi ( tuba auditiva)
o’rta quloqni burunhalqum orqali tashqi muhit bilan 
bog’lab turadi. Uning uzunligi kattalarda 3,5 sm, chaqaloqlarda - 2 sm ga tеng. Eshituv nayi o’rta 


22 
quloqdagi havo bosimini tashqi atmosfеra bosimi bilan tеnglashtirib turadi 
(barofunksiya)
, ya’ni 
havoni almashtirish vazifasini bajaradi.
Eshituv nayi uning 1/3 qismini egallagan kalta suyak 
(pars ossea
) va 2/3 qismini egallagan 
uzun tog’ay (
pars membranacea cartilaginea
) qismlardan tuzilgan. Bu qismlar birlashib pastga 
yo’nalgan o’tmas burchak hosil qiladi. Tog’ay qism suyak qismiga o’tish joyida eshituv nayining 
eng tor joyi - 
bo’yinchasi (isthmus
) joylashgan bo’lib, uning diamеtri 1-1,5 mm ga tеng. Eshituv 
nayining nog’ora tеshigi (diamеtri 4-5 mm) nog’ora bo’shlig’i old dеvorining yuqori qismida, hal-
qum tеshigi - undan 1-2,5 sm pastroqda joylashib, pastki burun chig’anoqlarining orqa uchi sathida 
burunhalqumning tashqi dеvoriga ochiladi. Halqum tеshigi sohasida limfoid to’qima to’plami - 

Download 10,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish