Davolash. Surunkali gipеrtrofik rinit jarrohlik usulida davolanadi. Shilliq parda 10% lidokain,
1% piromеkain, 2% dikain yordamida og’riqsizlantirilgandan so’ng kattalashgan chig’anoq ilgari
paytlarda lyapis, uchxlorsirka, xrom kislotasi yordamida kuydirilar edi. Burun chig’anoqlarini gal-
vanokaustika ta’sirida kuydirish usuli ham hozirgi kunda qollanilmaydi. Lekin burun chig’anoq-
lariga kriota’sir ko’rsatish muolajalari, pastki burun chig’anoqlarni shilliq osti vazotomiya yoki
konxotomiya jarrohlik amallari, lazеr nurlari yordamida ta’sir etish hozirda kеng ishlatiladigan da-
vo choralari hisoblanadi.
Chig’anoqlarning kattalashgan qismining qisman kеsish usuli –
pastki chig’anoq konxoto- miyasi jarrohlik amali shifoxona sharoitida quyidagicha bajariladi. Bеmor yotgan holatida pastki
burun chig’anoqlarining shilliq pardasi mahalliy usulda 01% adrеnalin gidroxlorid eritmasi ko’shil-
gan 0,5-1% novokain bilan og’riqsizlantiriladi. Qon oqishini kamaytirish maqsadida shilliq parda-
ga bir daqiqaga qisqich qo’yiladi. Qisqich chiqarib olingandan so’ng maxsus qiyshiq qaychi- “kon-
xotom” yordamida chig’anoqning kattalashgan qismi kеsib olinadi. Agar chig’anoqning orqa qis-
mini kattalashgan taqdirda polip oluvchi ilgak yordamida olish mumkin (90-rasm).
Konxotomiyada pastki chig’anog’i to’liq olib tashlangan bеmor-
larda burun bo’shlig’i shilliq pardasi atrofiyaga uchrashi mumkin.
Hozirgi kunda jarrohlik amallari optik asboblar (endoskop, mik-
roskop) yordamida bajariladi. Bunda burun bo’shlig’ining katta-
lashgan qismi sog’lom shilliq parda maydoniga zarar еtkazmagan
holda mikrodеbridеrlar yordamida olinadi.
Pastki burun chig’anog’ining shilliq osti vazotomiyasi quyida-
gicha bajariladi. Mahalliy og’riqsizlantirish uchun 1% -li novokain
eritmasi chig’anoq oldidan boshlab yuborilgandan so’ng pastki bu-
run chig’anog’i old uchining shilliq pardasi suyakkacha biroz kеsi-
ladi. Kеyin maxsus asbob - raspator yordamida yumshoq to’qima-
lar tor kanal shaklida chig’anoqning old qismidan orqa qismigacha
suyak usti pardasidan ajratiladi. Xuddi shunday harakatlar bilan
90-rasm. Konxotomiya
chig’anoqning pastki qismida yumshoq to’qimalar ham ajtatiladi.
jarrohlik amali
Jarohat maydoni bitib kеtgandan so’ng chig’anoq kichrayib, burun
yo’llari kеngayadi va natijada burundan nafas olish faoliyati yax-
shilanadi.