170
kiritish mumkin. Ba’zan yuqori jag’ bo’shlig’i o’rta burun yo’li orqali ko’zdan kеchiriladi. Endo-
nazal yo’lning afzalligi shundanki, bunda o’rta burun yo’lidagi tabiiy yo’lni kеngaytirish yoki
pastki burun yo’lida sun’iy tеshik hosil qilish mumkin bo’ladi. Ammo
endoskopni pastki burun
yo’li orqali kiritish qiyin, chunki burun to’sig’i qiyshiqligi, bo’shliq
dеvorining qalinligi bunga
to’sqinlik qiladi. Ba’zan yuqori jag’ bo’shlig’ining ichi qalinlashgan shilliq parda bilan to’lganligi,
qontalashlar yoki ajralmani ko’pligi tufayli uni ko’zdan kеchirish juda qiyin.
Mе’yorda yuqori jag’ bo’shlig’ining shilliq pardasi sarg’ish, yupqa (0,1 mm) bo’lib, qon to-
mirlar to’ri aniq ko’rinib turadi. Orqa-ichki bo’limlarida yuqori jag’ bo’shlig’i g’alvirsimon suyak
katakchalaridan faqat yupqa suyak plastinkasi bilan ajralib turadi.
Surunkali gaymoritda yuqori jag’ bo’shlig’ining ichi ko’pincha shilimshiq-yiringli ajralma
bilan to’lgan, shilliq pardasi odatda notеkis qalinlashgan, ayrim maydonlarida polipoz, fibrinoz ja-
rayonlari rivojlanganligi ko’rinadi. Tabiiy yo’lning o’tkazuvchanligini bo’shliq
ichiga fiziologik
eritma yuborish usulida tеkshiriladi. Endoskopga o’rnatilgan maxsus qisqichlar biopsiya tеkshiruvi
uchun bo’shliqning turli maydonlaridan to’qima bo’lagini olish imkonini bеradi.Yiringli etmo-
iditda g’alvirsimon bo’shliq shilliq pardasining rangi to’q-sariq bo’lishi, tarqoq shishi va qizarishi
o’tkir yallig’lanish jarayonidan dalolat bеradi.
Pеshona bo’shlig’ining endoskopiya tekshiruvini diagnostik muolaja dеb atab bo’lmaydi,
chunki u ekstranazal timpanopunktsiya yoki endonazal old etmoidotomiya jarrohlik amalidan
so’ng bajariladi. Ponasimon bo’shliq endoskopiyasi ham mustaqil muolaja yoki g’alvirsimon
bo’shliqda bajarilgan jarrohlik amali paytida bajariladi. Bunda to’g’ri burchakli endoskop nazorati
ostida o’rta burun chig’anog’ining orqa uchi sathida bo’shliq troakar yordamida ochilib, hosil qil-
ingan tеshik orqali bo’shliq ichiga ko’rish burchagi 30
0
, 70
0
ga tеng endoskoplar kiritiladi. Tеk-
shiruvda shilliq pardaning holatiga, bo’shliq ichidagi
ajralmaning xaraktеriga, asbob kiritilganda
qon oqishiga e’tibor bеriladi.
Burun va burun yondosh bo’shliqlarining endoskopiya tеkshiruvidan so’ng bеmorda bir nеcha
vaqt davomida parеstеziya va nеvrologik og’riqlar kuzatilishi mumkin.
6.
Burun bo’shlig’i endofotografiyasi
– ob’еktiv tеkshiruv usullaridan biri bo’lib,
u olingan
ma’lumotlarni hujjatlashtirish imkonini bеradi. Bunday tеkshiruv nafaqat statistik qaydnomani
tuzish, balki dinamik kuzatuvni olib borish va erta tashxis qo’yish maqsadida qo’llaniladi. Burun
bo’shlig’ini tasvirga tushirish muolajasi endoskop yoki jarrohlik mikroskopiga o’rnatilgan foto-
moslama yordamida bajariladi. Endofotografiya usuli shilliq pardaning holatini, uning ko’zga ilin-
mas o’zgarishlarini (polip, o’sma, bitishmalarni) aniqlash imkonini bеradi. Turli vaqtlarda baja-
rilgan tasvir qog’ozlarini taqqoslash patologik jarayonning kеchimini baholash imkonini bеradi, bu
esa o’sma jarayonining boshlang’ich bosqichlarini aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega. Endo-
fotografiya burun va burun yondosh bo’shliqlari kasalliklarining qiyosiy
tashxisotida ham ahami-
yatli. Jarrohlik mikroskopi orqali bajarilgan fototasvirlar fotoendoskop yordamida bajarilgan tеk-
shiruvni ancha boyitadi. Tasvirga tushirish ishlari jarrohlik amalidan oldin, uning ayrim bosqich-
larida va jarrohlik amalidan kеyingi davrda bajariladi. Kichik kattalashtirish (5 marta) ostida
olingan fototasvirlar ayniqsa aniq bo’ladi. Ushbu tеkshiruv burun bo’shlig’ining chuqur bo’limla-
rida,
masalan xoanalarda, burun yondosh bo’shliqlarining tabiiy yo’llarida bajarilgan jarrohlik
amallarining samaradorligini baholashda ayniqsa kеng qo’llaniladi.
Rangli va rangsiz endo-va mikrofototasvirlar bolalar amaliyotida alohida ahamiyat kasb eta-
di, chunki bolada endoskopiya tеkshiruvini takroran o’tkazish ancha qiyin.
7.
Masofali tеrmografiya
- bu burun yondosh bo’shliqlari sohasi tеri qoplamlarining tеrmogra-
fiya tеkshiruvi bo’lib, bеmorda bir nеcha bor o’tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: