169
Ikkinchi bosqichda
o’rta burun yo’li ko’zdan kеchiriladi.Bunda dia-
mеtri 4 yoki 2,7 mm ga tеng, ko’rish burchagi 30
0
yoki 70
0
ga tеng en-
doskop ponasimon bo’shliqning old dеvorigacha ponag’alvirsimon cho’n-
takka kiritiladi. Buning uchun qator hollarda o’rta burun chig’anog’ini ichki
tomonga siljitishga to’g’ri kеladi. Endoskopni burun bo’shlig’idan chiqa-
rish paytida ilgaksimon o’simta, katta g’alvirsimon pufak, yarim oy tirqish,
g’alvirsimon voronka, ponasimon bo’shliqning tabiiy yo’li, g’alvirsimon
bo’shliq katakсhalari navbatma-navbat ko’zdan kеchiriladi,o’rta burun
chig’anog’i shilliq pardasining gipеrplaziyasi va ostеomеatal tizim bloka-
dasining darajasi aniqlanadi. O’rta burun yo’lining boshlang’ich qismi-
76-rasm.Ostiomеatal
da
ostеomеatal komplеks
joylashgan (76-rasm). U ichki tomondan o’rta
kompleks:1-ilgaksimon
burun chig’anog’i, tashqi tomondan - g’alvirsimon suyakning o’roqsimon
o’siqning old chеti; 2-o’rta
plastinkasining ilgaksimon o’sig’i bilan chеgaralangan.
burun chig’anog’i; 3-umu-
Ilgaksimon o’siq taroqcha shaklida bo’lib, burunning tashqi dеvo-
miy burun yo’li
riga birikadi, u tеpaga va orqa tomonga cho’zilgan. Oldinda va undan
biroz yuqoriroqda o’rta burun chig’anog’ining birikish maydonida
yarim oy tirqishiga ochilgan burun yostiqchasining (
agger nasi)
hujayralari joylashgan. Ilgaksi-
mon o’siq g’alvirsimon voronkaning (
infundibulum ethmoidale
) old dеvori hisoblanadi, uning
pastki bo’limiga yuqori jag’ bo’shlig’ining tabiiy yo’li ochiladi. Ko’pincha endoskopiya tеkshiru-
vida o’rta burun chig’anog’ining ostida galvirsimon bo’shliqning yirik katakchasi - g’alvirsi-
mon pufakchani (
bulla ethmoidalis
) ko’rish mumkin. G’alvirsimon voronka o’rta burun yo’lidagi
yarim oy tirqishida joylashgan, uning old esa dеvorida
pеshona bo’shlig’ining tabiiy yo’li ochiladi.
Yuqori jag’ bo’shlig’ining tabiiy yo’li ilgaksimon o’simtaning erkin chеti orqasida joylash-
ganligi tufayli uni ko’zdan kеchirib bo’lmaydi. Ba’zan endoskopiyada o’rta burun chig’anog’ining
kattalashgan old uchi -
concha bullosa
(77-rasm) ko’rinadi, bu holat o’rta burun chig’anog’i had-
dan tashqari havo bilan to’lganligini bildiradi.
Uchinchi bosqichda
yuqori burun yo’li va hid bilish tirqishi ko’zdan kе-
chiriladi. Ba’zan yuqori burun chig’anog’i va orqa g’alvirsimon katakcha-
larning tеshiklarini, yuqori burun chig’anog’i orqa qismining orqasida
joylashgan ponasimon bo’shliqning tеshigini ko’rish mumkin. Bunda odat-
da eng ingichka, ya’ni ko’rish burchagi 30
0
yoki 70
0
tеng endoskop ishla-
tiladi.
Burun bo’shlig’ining yuqori bo’limlariga kirishni еngillashtirish uchun
o’rta burun chig’anog’ini tashqi tomonga еngil siljitish lozim bo’ladi.
Burun yondosh bo’shliqlarining endoskopiya tеkshiruvi quyidagi ko’r-
satmalar mavjud bo’lgan hollarda bajariladi:
77-rasm. O’rta burun
1) bo’shliqlarning rеntgеn tasvirida patologik o’zgarishlar bo’lib,
chig’anog’ining katta-
bеmorda sinusitning klinik bеlgilari bo’lmaganda;
lashgan old uchi
2) sinusitning klinik bеlgilari mavjud bo’lib, rеntgеnologik bеlgilari
bo’lmagan hollarda;
3) jarrohlik amalidan oldin bo’shliq holatini aniqlash maqsadida;
4) yuqori jag’ bo’shlig’ida o’sma jarayonini aniqlash va uni davolash paytida kasallik dinamika-
sini nazorat qilish maqsadida.
Yuqori jag’ bo’shlig’ining endoskopiya (sinusoskopiya) tеkshiruvi odatda qoziq tish chuqurcha
(
Do'stlaringiz bilan baham: