Fanning maqsad va vazifalari
Hozirgi kunda umumiy mikrobiologiyadan mikroorganizmlarning tuzilishi, hayot jarayonini,
molekulyar, hujayra bosqichlarida o‘rganilmoqda. Ishchi dasturda mikroorganizmlarning tasnifi,
rejasi, morfologiyasi, fiziologiyasi, patogen mikroorganizmlarni o‘stirish uchun ozuqa muhitlar
tayyorlash jarayoni, ekologiyasi, tashqi muhit faktorlarining mikroorganizmlarga ta‗siri,
immunobiologik tibbiy preparatlar to‘g‘risidagi ta‗limotlar yoritiladi. Mikrobiologiya fanida
yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari: bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar, sodda jonivorlarning
morfologiyasi, fiziologiyasi ularning yuqumli kasallik patogenezidagi o‘rni, kasalliklarning
klinikasi, epidemiologiyasi, spetsifik diagnostikasi, davolash, oldini olish usullari o‘rgatiladi. Ishchi
dasturda farmatsevtik mikrobiologiya asoslari: dorivor o‘simliklarning, xom-ashyoning
mikroorganizmlar ta‗sirida o‘zgarishi, dori tayyorlash jarayonida mikroorganizmlar bilan
ifloslanishi, dori ishlab chiqarishda aseptika, antiseptika, dezinfeksiyaning moxiyati, immun
preparatlar tayyorlash texnologiyalariga alohida o‘rin berilgan. Ishchi idasturda mikrobiologiya
fanining asoslari zamon talablari asosida o‘z aksini topgan.
Fan bo‟yicha talabaning malakasiga qo‟yiladigan talablar
Talabalar o‘quv jarayonida mikrobiologiya fanidan mikroorganizmlar haqida umumiy tushuncha
olishlari kerak, ularni o‘ziga xos bo‘lgan yashash qonuniyatlarini bilishi kerak va shu bilan birga
yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari, ularni mikroorganizmlar bilan o‘zaro munosabatlari, yuqumli
kasalliklar diagnostikasi, organizmning himoyalanish xususiyatlari, yuqumli kasalliklar doirasida
patogen agentlarni ajratib olish, identifikatsiya va ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yishni bilishi kerak. Har
xil sinfga kiruvchi mikroorganizmlarning umumiy yashash qonuniyatlarini bilgan holda har xil
yuqumli kasalliklarning laboratoriya diagnostikasini o‘zlashtirib bilishi kerak. Mikrobiologiya
fanini o‘rganish davrida provizor va farmatsevtning kasb va profil fanlar uchun bilimi, mahorati
amaliy faoliyati shakllanadi. Talabalar mikrobiologiya fanidan olgan bilimlari bo‘yicha dori
moddalarning sterilligini aniqlash, kasallikni oldini olish uchun ishlatiladigan immunobiologik
preparatlarni ishlata bilish, dorivor o‘simliklarni antimikrob xossalarini o‘rganib, yangi dori
mahsulotlarini tayyorlashda olingan natijalarni ish jarayonida qo‘llaydilar. Mikroorganizmlarning
morfologiyasi, tuzilishi va makroorganizm bilan o‘zaro munosabatlarini bilishi kerak,
o‘qituvchining nazorati ostida xavfsizlik texnik qoidalariga rioya qilib, uslubiy ko‘rsatmalar
yordamida quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak: - surtma preparatlarini tayyorlash; - tayyor
surtmalarni bo‘yash usullarini bilish; - mikroorganizmlarni morfologiyasini o‘rganish uchun
mikroskopiya usullarini qo‘llay olish; -bakteriyalarni ozuqa muhitlariga ekish va o‘sish
ko‘rsatgichiga qarab ta‗rif berish; - antibiotiklarning mikroblarga nisbatan sezgirligini seriyali
suyultirish, disk usullarida aniqlay olish; - mikroorganizmlarni indikatsiya va identifikatsiya
qilishni bilishlari ke rak; - yuqumli kasalliklarni klinik belgilariga qarab uning davrlarini bilish va
taxminiy tashxis qo‘yish; -epidemik va pandemik yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi
bakteriyalarni oldini olish chora tadbirlari, profilaktikasini bilishlari kerak. Organizmni
himoyalanishi immunitet tushunchasini chuqur tahlil qilish va uning mohiyatini bilgan holda
immun patologik holatlarga to‘g‘ri baho bera bilishi kerak. YUqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarga
74
bakteriologik, virusologik, serologik, mikroskopik, biologik, allergik usullarda tashxis qo‘yish
asoslarini chuqur bilishi kerak. YUqumli kasalliklarni oldini olishda, davolashda qo‘llaniladigan
vaksinalar, anatoksinlar, immun zardob va biopreparatlarning ishlatilishi va ahamiyatini bilishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |