O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi


Toksikologik kimyo fanini boshqa fanlar bilan bog‟liqligi va uning masalalari



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/135
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#625125
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135
Toksikologik kimyo fanini boshqa fanlar bilan bog‟liqligi va uning masalalari. 
Toksikologik 
kimyo fani farmatsevtika fanlar qatoriga kirib, u farmatsevtik hamda tibbiyot oliy ta'lim 
muassasalarining farmatsevtika fakultetlarida o‘rganiladi. 
Toksikologik kimyo boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq. Toksikologik kimyo fani zaharli 
moddalarni odam va hayvon a'zolariga ta'sirini o‘rgatadigan farmakologiya va toksikologiya fani 
bilan bog‘liq. 
Zaharli moddalarni sifat va miqdorini aniqlashda analitik va organik kimyo usullari qo‘llaniladi. 
Zaharli moddalarni organizmdagi metabolitlarlarini o‘rganishda toksikologik, biologik, analitik 
va farmatsevtik kimyo fanlari bilan bog‘liqdir. Zaharlanishga sabab ko‘p hollarda o‘simlik bo‘lgani 
uchun kimyogar farmakognoziya fanini bilishi kerak. 
Obyektlar. 
Kimyo toksikologik tahlillarni vazifasi deganda xarakteri turli bo‘lgan aniq va 
noaniq zaharli modda birikmalarini aniqlash tushuniladi. Bu ob'yektlarni quyidagi guruhlarga 
bo‘lish mumkin: 
1. Zaharli modda bilan zaharlanib o‘lgan murdadan olinadigan obyektlar. Bularga murda a'zolari 
(jigar, o‘pka, oshqozon, ichak, miya va boshqalar) hamda qon, peshob, qusuq qoldiqlari kabilar 
kiradi. 
Kishi kuchli zaharlanib tirik qolgan holatlarda, tahlil uchun oshqozon yuvindi suvlari, qusuq, qon 
va peshob obyekt sifatida ishlatiladi. Toksikologik kimyoda bunday tahlil obyektlari umumiy nom 
"biologik obyekt" deb yuritiladi. 
2. Ovqat mahsulotlari, suv, ichimliklar, o‘simlik qismlari, dorilar, zaharli kimyoviy birikmalar 
zaharlanishga sabab bo‘lsa ular ham obyekt hisoblanadi. Shuningdek, bu guruhga ishlab chiqarish 
korxonasi va uy havosi ham zaharlanish manbai bo‘lgan bo‘lsa ular kiritiladi. 
3. Kiyim va kiyimdagi dog‘lar, doridan bo‘shagan idishlar, zaharli moddalarni iste'mol qilishda 
ishlatilgan asboblar va huquqbuzarlikka sababchi bo‘lgan obyektlar. 


53 
Obyektlarni konservlash. Bioobyektlarni havoni issiq kunlarida uzoq joyga yuboriladigan bo‘lsa 
obyekt konservlanadi. Bunda konservant sifatida etil spirti ishlatiladi. Agar obyektni etil spirti va 
nitritga tekshirish tavsiya etilgan bo‘lsa, unda etil spirti bilan konservlash man etiladi. 
Konservlangan obyekt bilan etil spirtini namunasi sud kimyo laboratoriyalariga yuborilishi shart. 
Biologik obyekt solingan banka yaxshilab berkitilib, surg‘uchli muhr bosilib, bankadagi 
etiketkaga murdani ismi, familiyasi, tug‘ilgan yili bankadagi a'zo nomi, yuborilgan sud tibbiy 
ekspertizasi akt nomeri, bankani tartib nomeri yozilib sud kimyo laboratoriyasiga yuboriladi. Sud 
kimyo laboratoriyaga bioobyekt bilan bir qatorda sud tibbiy ekspertining yo‘llanmasi yoki sud 
tergov tashkilotlarini ekspertiza olib borish to‘g‘risidagi qarori yuboriladi. 
Shunday qilib, zaharli va kuchli ta'sir etuvchi moddalar saqlovchi kimyo-toksikologik tahlil 
obyektlari turlichadir. Kimyo-toksikologik tahlil usullari ham obyekt turi va zaharli modda 
xarakteriga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan: alkaloidlarni murda a'zolaridan ajratib olish o‘z 
uslublari jihatidan shu moddalarni peshob va qondan hamda o‘simlik obyektlaridan ajratib olish 
mutlaqo bir-biridan farq qiladi. 
Ko‘pincha zaharli moddalar biologik obyekt tarkibida juda kam miqdorda uchraydi. Shuning 
uchun zaharli moddani avval obyekt tarkibidan ajratib olinadi va so‘ngra tegishli reaktsiyalar 
yordamida aniqlanadi. 
Kimyo-toksikologik tahlil usullari ikki guruhga bo‘linadi: 
a) toksikologik ahamiyatli moddalarni obyektlardan ajratib olish va tozalash usullari; 
b) ajratib olingan moddalarni sifati va miqdorini aniqlash. 
Moddalarni biologik obyektdan ajratib olish ikki bosqichda bajariladi: ajratib olish (ya'ni 
obyektdan moddalarni suyuqlikka – distillyat, mineralizat yoki dializat holida) va biror usul bilan 
ularni tozalash. 
Zaharli moddalarni ajratib olishda suv bug‘i yordamida haydash, biologik obyektni parchalash, 
qutbli yoki qutbsiz erituvchilar bilan bo‘ktirish, dializ usullari qo‘llaniladi. 
Tozalashda esa ekstraktsiyalash, xromatografik usullar, quruq haydash, mikrodiffuziya va shu 
kabi usullar qo‘llaniladi. 
Ajratilgan va tozalangan toksikologik ahamiyatli moddalarni kimyoviy, mikrokimyoviy, 
mikrokristalloskopik, yupqa qavat xromatografiyasi, spektral xarakteristikasi, farmakologik ta'siri 
va boshqa fizik-kimyo usullar yordamida aniqlanadi. 
Moddaning kimyoviy xossasi asosida uning miqdorini atsidometriya, alkalimetriya, 
trilonometriya, fotometriya, spektrofotometriya, ekstraktsion fotometriya va gaz-xromatografik 
usullardan birini qo‘llab aniqlanadi. 
Toksikologik kimyo tekshiruv boshqa kimyoviy tahlillardan tubdan farq qilib quyidagilardan 
iborat: 
1. Zaharli moddalarni turlichaligi, ya'ni ularni turli kimyoviy birikmalar guruhidan tashkil 
topganligi. 
2. Tekshiriluvchi obyektlarni xilma-xilligi, ko‘p miqdordagi bioobyekt tarkibidan oz miqdorda 
bo‘lgan zaharli moddalarni ajratib olish. 
3. Boshqa kimyoviy tekshiruvlar kabi toza modda bilan ishlamasdan, balki iflos ya'ni, tarkibida 
yot moddalar saqlagan ajratmalar bilan ishlash. 
4. Ajratilgan zaharli moddalarni nihoyatda kam miqdordaligi. 
5. Zaharli moddalar organizmga tushganda turli o‘zgarishlarga uchrashi va shu o‘zgargan 
mahsulotlarni ya'ni metabolitlarini aniqlash. 
6. Sud kimyogarini sud tergov organlari oldida javobgarligi. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish