51
Zaharli birikma va kishi a'zolari o‘zaro ko‘p sabablar bilan bog‘liq, bu bog‘liqlik zaharli birikma
va jabrlanuvchi holatiga ham tegishli bo‘ladi.
I. Zahar va zaharlanuvchi holatiga bog‘liq bo‘lgan asosiy sabablar:
a) fizik-kimyoviy holat;
b) zaharli birikma dozasi va organizmga tushgan modda miqdori (kontsentratsiyasi);
c) organizmda tarqalishi;
d) moddaning kimyoviy tozaligi va yot moddalar bilan birga bo‘lishi.
II. Qo‘shimcha sabablar:
a) organizmga tushish tezligi va yo‘llari;
b) zaharli birikmalarni organizmning biror qismida to‘planishi (kumulyatsiya), yoki organizmni
zaharga o‘rganishi (privo`kanie);
c) boshqa dori va zaharli birikma bilan birgalikda ta'siri;
d) ko‘rish va ta'm sezgirligi;
e) jabrlanuvchining vazni va ovqatlanish tarzi;
i) jinsi;
k) yoshi;
l) allergiya yoki toksikomaniyaga moyilligi;
m) jabrlanuvchining umumiy sog‘lig‘i.
Quyidagi qonuniyat, ya'ni uglevodorodlarning normal ketma-ket bog‘lari ularning izomerlariga
nisbatan zaharliligi kuchliroqdir. Masalan: propil va butil spirtlari izopropil va izobutil spirtlariga
nisbatan kuchli narkotik (giyohvand) ta'sir ko‘rsatadi.
Tsiklik birikmalar, atsiklik birikmalarga nisbatan kuchli ta'sir etadi. Masalan: siklopropan,
siklopentan va siklogeksan bug‘lari, propan, pentan va geksan bug‘lariga nisbatan zaharliroq ta'sir
etadi.
Molekulaga gidroksil guruhi kirishi bilan moddani zaharli xususiyati kamayadi. Masalan: spirtlar
ularga mos keladigan uglevodorodlariga nisbatan kuchsiz zaharli ta'sir ko‘rsatadi.
Galogen, nitro-, nitrozoamin guruhlari kirishi bilan zaharli xususiyat kuchayadi. Molekulada
qo‘sh bog‘ bo‘lishi ham zaharli xususiyatni oshiradi. Masalan: amil spirti, propil spirti C
3
H
7
OH ga
nisbatan kuchli zaharli ta'sirga ega.
Richardson qoidasiga asosan, gomologik qator va molekulyar massa ortishi bilan moddaning
zaharli xususiyati ham ortadi. Lekin ularning birinchi namoyondasi bo‘lgan chumoli kislotasi
(HCOOH), chumoli aldegidi (CH
2
O) va metil spirti (CH
3
OH) lari, sirka kislotasi CH
3
COOH sirka
aldegidi CH
3
COH va etil spirtiga C
2
H
5
OH nisbatan kuchli zahar.
Zaharlanish bir yo‘la bir necha zahar bilan sodir bo‘lishi mumkin (kombinirovanno`y).
Birgalikda ta'sir deganda bir vaqtning o‘zida organizmga tashqi muhitdagi o‘zgarishlar, masalan:
atrof muhitdagi yuqori harorat, zaharli modda bilan bir xil yoki turlicha ta'sir etuvchi bir yoki bir
necha birikmalarni birgalikda ta'sir etishlari tushuniladi.
Erkaklar bir guruh zaharli birikmalarga, masalan, fosfororganik moddalar, nikotin, insulinga
sezgir bo‘lsa, ayollar boshqa guruh zaharli birikmalarga, masalan, is gazi, morfin, barbituratlarga
nisbatan o‘ta sezgir bo‘ladilar. Ayniqsa zaharli modda ayollarga homiladorlik va hayz ko‘rish
davrlarida kuchliroq ta'sir etadi.
Kishining yoshiga qarab zaharli birikmalarga sezgirliligi turlicha bo‘ladi. Bir guruh zaharlar
yoshlarga, boshqalari esa keksalarga kuchli ta'sir etsa, uchinchi guruh zaharli birikmalar uchun
yoshning ahamiyati sezilmasligi ham mumkin.
Uzoq vaqt ta'sir etishi tufayli organizmda idiosinkraziya (surunkali kasallik), allergiya,
bog‘liqlik, toksikomaniya, ayrim hollarda olinganda alkogolizm, morfinizm, kokainizm yoki
barbituratlarga moyillik hollari vujudga keladi. Shunday qilib, har qanday zaharlanish organizm va
zaharli birikma orasidagi juda murakkab o‘zaro ta'sir, hamda tashqi muhitdagi ko‘pdan-ko‘p
sharoitlar bilan uzviy bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: