O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/176
Sana11.04.2022
Hajmi4,86 Mb.
#543504
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   176
Bog'liq
Majmua GMT.20 фарм

b) Bir qancha konteyner 
Barcha konteynerlarni partiya sonlariga qarab bir qancha guruhlarga bo‘lgan holda 1b-
qismdagidek ishlanadi. Natijalarni har bir guruh uchun qayd etiladi. 
Har bir guruh uchun o‘ramlar umumiy sonining 4/1 qismi aniqlanadi va tasodifiy guruh 
tuziladi. 
Har bir o‘ram uchun tasodifiy birlik olinadi, bunda barcha o‘ramlar umumiy sonining 4/1 
qismi. 
Kukunni elakdan o‘tkazilib, aralashtirib bir hil massa holiga keltiriladi. 
3. SHpritslarda qolgan qoldiqlardan namuna olish. 
Ayrim insonlardan in’eksiya uchun ishlatilgan shpritslarda odatda qoldiq giyohvand 
vositalar bo‘lganligi sababli, ularda identifikatsiya olib borish mumkin bo‘ladi. 
SHpritsdagi qoldiq miqdori metanol bilan yuviladi so‘ng “FEN” yoki azot oqimida 
quritildadi va kerakli tahlillar o‘tkaziladi.
 
BIOLOGIK OB’EKT NAMUNALARINI OLISH VA TAHLIL UCHUN TAYYORLASH 
Giyohvand moddalar tahlili uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan biologik ob’ekt peshob 
hisoblanadi. Unga bir necha sabablar bor:
-
peshob eng ko‘p ma’lumotlar saqlovchi ob’ekt 
-
ko‘plab giyohvand moddalar hamda ularning metabolitlari organizmda peshob bilan 
chiqariladi. 
-
yuridik tartib talabiga ko‘ra bionamuna olish tekshiriluvchi shaxsga jismoniy 
noqulaylik keltirmasligi kerak. 
Giyohvand moddalarni tahlil qilish uchun qo‘shimcha namunalar sifatida qon, so‘lak, soch 
tolalari va tirnoq kabilar bo‘lishi mumkin. 
Peshob va boshqa namunalar olish jarayoni albatta yuridik shaxs nazorati ostida bajarilishi 
hamda almashtirib qo‘yish, maxsus idishlarda oldindan maxsus tayyorlangan namunalarni (sirka, 
oshlovchi moddalar va b) qo‘llash kabi holatlardan saqlanishi talab qilinadi.
Tahlil uchun olingan peshob xajmi 250 ml dan kam bo‘lmasligi kerak. Kam bo‘lgan 
holatlarda albatta bayonnomada bu xaqda ko‘rsatilishi shart.
Tahlil uchun olingan peshob namunasi falsifikatsiya extimolini aniqlash mavqsadida 
darhol dastlabki ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunga quyidagi tadbirlar kiradi: 
A) peshob xaroratini o‘lchash – namuna olingach 5 daqiqa orasida uning xarorati 32,5-
37,7
0
C oralig‘ida bo‘lishi kerak. Sezilarli farq sezilsa, chuqurroq nazorat ostida yangi namuna 
olish talab etiladi.
B) peshobni рН-muxitini aniqlash – muxit 5-7 oralig‘ida bo‘lishi kerak.
V) vizual tekshiruv- (rangi, cho‘kmalar mavjudligi) namuna tabiiy holatda ekanligini 
tasdiqlash kerak. 
Olingan namuna 2 ta idishga solinib, saqlash va jo‘natish uchun tayyorlanadi. Buning 
uchun idishga nomlar yoziladi, kodi belgilanadi hamda muxrlanadi. Namunani bittasidan 


106 
giyohvand moddalar tahlil qilinadi, ikkinchisi esa nazorat tahlili uchun saqlanadi. Peshobni tahlil 
qilishda endogen va ekzogen fon potensial xarakterli moddalar uchrashi mumkinligi extimolini 
unutmaslik kerak.
Endogen birikmalarga oqsillarning metabolitlari aminokislotalar, qandlar, biogen aminlar, 
mochevina, karbon kislotalar tuzlari, peptidlar, stiroidlar, urobilin pigmenti kabi kichik massali 
molekulalar kiradi.
Ekzogen 
birikmalardan 
is’temol 
qilingan 
oziq-ovqat 
moddalarining 
biotransformatsiyalanish mahsulotlari, narkoman va toksikomanlar is’temol qilgan dori va 
giyohvand vositalar (barbituratlar, 1,4-benzdiazepin hosilalari) ularning metabolitlari, 
organizmga tushgan boshqa kimyoviy moddalar (antioksidantlar chekish orqali tushgan 
moddalar) bo‘lishi mumkin. Peshobni tahlildan oldingi ishlovlar turlicha bo‘lishi mumkin: 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bug‘latish, xromatografik ajratish, qattiq sorbentlar yordamida yoki 
ekstraksiyalanish kabi yot moddalardan tozalash usullari bajariladi. Bular orasida suyuqlik-
suyuqlik ekstraksiyasi eng ko‘p tarqalgan usul hisoblanadi. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish