Tabletkalarni qadoqlash, o‘rash va sifatini baxolash. Diklofenak tabletkasi 0,05 g.
Maqsad. Qattiq dori turlari, ya’ni kukunlar, granulalar, tabletkalar, kapsulalar va drajelarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va standartlash bo‘yicha umumiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Mavzuning ahamiyati. Tayyor dori vositalari orasida tabletkalar, kukunlar, granulalar va drajelarni tutgan o‘rni katta. Kapsula dori shakli xozirgi vaqtda eng ommabob dori shakli bo‘lib qolmoqda, sababi xar qanday dori moddasidan ham, boshqa dori shakllariga nisbatan, kapsula dori shaklini tayyorlash imkoniyati yuqori. SHunday ekan, qattiq dori turlarining fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini XI DF talablari asosida o‘rganish va standartlash, uning sifati, turg‘unligi va biologik samaradorligiga oldindan kafolat berishga asos bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |