Qadoq tarkibidagi massa. TST 64-492-85 talablariga javob berishi kerak. 50 g qadoq ichidagi chetlanish ±5% tashkil qiladi.
Mikrobiologik tozaligi. IX DF, 2 jild, 193 bet va 12.10.2005 yildagi №2 o‘zgartirish, kategoriya 4A talablariga mos tekshirishlar o‘tkaziladi.
1 g dori moddasida 107ko‘p bo‘lmagan umumiy aerob bakteriyalar sonni va 105 ko‘p bo‘lmagan umumiy zamburug‘lar soni va 102 ko‘p bo‘lmagan Escherichia coli bo‘lishi ruxsat etiladi.
Miqdoriy tahlil.
Polisaxaridlarni aniqlash. Yig‘maning tahlil uchun olingan namunasini teshik diametri 2mm li elakdan o‘tadigan zarracha o‘lchamigacha maydalaniladi, 15 g (aniq tortma) maydalangan yig‘mani 250 ml hajmga ega bo‘lgan kolbaga solinadi, ustiga 250 ml suv qo‘shib, teskari muzlatgichga ulab, 30 daqiqa davomida elektr plita ustida aralashtirilib, qizdiriladi. Ekstraksiyani 2 marta birinchi gal 200 ml, ikkinchi gal 100 ml suv qo‘shib, qaytariladi. Suvli ajratmalarni birlashtirilib 10 daqiqa mobaynida 5000 aylanish/daqiqasida sentrofugalanadi va 500 ml hajmli o‘lchov kolbasini oldindan suv bilan yuvilgan va diametri 55 mm bo‘lgan shisha voronkasi orqali, 5 qatlamli doka orqali suzib olinadi. Filtrni suv bilan yuvib, eritma hajmini belgigacha suv bilan to‘ldiriladi (A eritma).
25 ml A eritmadan sentrofuga probirkasiga solib, 75 ml 96% spirt qo‘shilib aralashtiriladi va suv hammomida 30 °S haroratda 5 daqiqa davomida qizdiriladi. Bir soat dan so‘ng 30 daqiqa davomida 5000 aylanish/daqiqasida sentrofugalanadi. CHo‘kma usti suyuqligini 13-16 kPa qoldiq bosimli vakuumda ostida 16 porasi diametri 40mm li 100-105°S harorat ostida doimiy massagacha quritilgan shisha filtri orqali filtrlanadi. Qoldiqni filtrga o‘tqazib, 15 ml 96% spirt va suv (3:1) aralashmasi, 10 ml atseton, 10 ml etil atsetat ketma ketlikda yuvib filtrlanadi. Filtr cho‘kma bilan birga havoda quritib, so‘ng 100-105°S harorat ostida doimiy massagacha quritiladi.
Polisaxaridlar tarkibini absolyut quruq xom ashyoni % (X) formula orqali topiladi:
bu erda:
m1 –filtrat massa, grammalarda;
m2 –cho‘kma bilan filtr massasi, grammalarda;
m – yig‘ma massasining tortmasi, grammalarda;
W – yig‘maning massasini quritish davridagi yo‘qotilishi, % larda.
Ekstraktiv moddalarni aniqlash. Xom ashyoning tahlil uchun olingan namunasini teshik diametri 2mm li elakdan o‘tadigan zarracha o‘lchamigacha maydalaniladi.1g (aniq tortma) maydalangan yig‘mani 200-250 ml hajmga ega bo‘lgan kolbaga solinadi, ustiga 50 ml suv qo‘shib, ekstraktiv moddalarni aniqlanadi. (XI DF, 1 jild, 295 bet.)
Qadoqlash. Yig‘mani 50 g li karton qutilarga TST 64-026-87 bo‘yicha qadoqlanadi, karton qutilarga marka A yoki xrom - erzats DST 7933-89E bo‘yicha, yoki importli, yoki qog‘ozli paketlarga TST 64-026-87 bo‘yicha, choyni qadoqlash uchun tayyorlangan qog‘oz DST 11-61-75, yoki etiket qog‘ozi DST 76-25-86E, yoki tabiiy rangli polietilen plyonkasidan DST 103-54-82, tayyorlangan polietilen paketlariga TSTD 64-026-87, keyinchalik polietilen qadoqlarni karton qutilarga marka A yoki xrom - erzats DST 7933-89E bo‘yicha, yoki importli, karton qutilarga TSTD 64-026-87 qadoqlanadi.
Quti va qog‘ozli paketlarlarni yopishtirish uchun dispersli polivenil atsetat DST 18992-80, dekstrin kislotasidan DST 6034-74, kartoshka kraxmalidan DST 7699-78, yoki karboksimetilsellyulozadan TST 6-05-386-80 tayyorlangan bo‘ladi.
Polietilen paketlar termik qizdirish usuli orqali yoki bosh qismini kanop ipi bilan DST 17308-88 yoki ip gazlamali DST 6309-87 dan taayyorlanishi kerak.
Quti qopqog‘ining tanasiga o‘zi yopishuvchan stiker orqali yopishtirish yoki paktning boshiga o‘zi yopishuvchan stiker yopishtirish ruxsat etiladi.
Qutilarni sellofanlarga o‘rash ruxsat etiladi.
Qutilarni va qog‘ozli paketlarni gofrirlangan DST 15629-83 yoki importli karton qutilarga joylashtiriladi.
Gofrirlangan karton qutilarni o‘rov qog‘ozidan DST 8273-75 banderol bilan yoki qopli DST 2228-81E, yoki qog‘ozli belbog‘lar bilan markasi M-70 DST 2228-81E bo‘yicha, yoki qog‘oz asosidagi elimli belbog‘lar orqali DST 18257-72, yoki importli skotch belbog‘idan, yoki ip gazlamali DST 6309-87, yoki kanop ipi bilan DST 17308-88, propilen ipi TU 17-05-009-80 bilan o‘raladi.
Yorliqlash. DST 6077-80, DST 17768-90E, DST 14192-96 va IX DF, 2 jild, 384 betga mos kelishi kerak.
Qutida, etiketkada va qog‘ozli paketlarda ishlab chiqaruvchi korxona, mahsulot belgisi va manzili,yig‘maning lotin, davlat va rus tillardagi nomi, yig‘ma komponentlarning tarkibi, yig‘ma og‘irligi, ishlatish usuli, saqlash sharoiti, registratsiya raqami, seriya raqami, yaroqlilik muddati, shtrix kodi ko‘rsatiladi.
Yorliqlash vaqtida yig‘maning asosiy farmakologik ta’sir etuvchisini ko‘rsatilishiga ruxsat etiladi. (“Balg‘am ko‘chiruvchi”).
Transport tarani markirovkalash DST 14192-96 bo‘yicha mos bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |