Gomeopatiya qattiq dori turlarining qadoqlanishi. Gomeopatiya dori vositalari MH da keltirilgan tashqi muhit ta’siridan himoyalovchi shisha, plastmassa idishlarda, qog‘oz yoki polietiien paketlarda beriladi. Bunda IX, 2X va 3X suyultirish darajasidagi zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar saqlaydigan dori vositalari belgilangan (A va В guruhdagi dori vositalar) tartib bo‘yicha jihozlanadi va saqlanadi.
Gomeopatiya qattiq dori turlarining saqlanishi. Gomeopatiya trituratlari og‘zi zich berkitilgan shisha idishda, quruq, qorong‘i va salqin joyda 5 sutka mobaynida saqlanadi. Bemorga berib yuborilishdan oldin yaxshilab havonchada aralashtiriladi, biroq silkitilmaydi.
Gomeopatiya granulalari va tabletkalari 10-25°C haroratda quruq, qorong‘i joyda, xususiy MH keltirilgan tartibda saqlanadi. Saqlash muddati 2 yil.
Gomeopatiya dori vositalarining potensiyasi uzoq vaqt saqlanib qolishi uchun elektr va magnit maydonidan uzoq bo‘lgan joyda saqlash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |