Dozalar bir xilligini aniqlash
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha tabletkalarni tekshirish dori moddaning miqdori yoki saqlanishi 0,05 gr va undan kam bo‘lgan qobiqsiz tabletkalar uchun, hamda ta’sir qiluvchi moddaning saqlanishi 0,01 g va undan kam bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar uchun o‘tkaziladi. Tekshirish uchun mo‘ljallangan seriyadan 30 ta tabletka olinadi. 10 ta tabletkaning xar birida dori moddaning saqlanishi aniqlanadi. Bitta tabletkadagi dori modda miqdori uning o‘rtacha miqdordan chetlanishi +15% dan oshmasligi kerak, xech bir tabletkada chetlanish +25% dan oshmasligi kerak. Agar 10 ta tekshirilgan tabletkalarning 2 tasida dori modda miqdori o‘rtacha miqdoridan +15% ortiq chetlanishga ega bo‘lsa, qolgan 20 ta tabletkaning xar birida dori modda miqdori aniqlanadi. 20 ta tabletkaning xech birida dori modda miqdoridagi chetlanish uning o‘rtacha miqdoridan +15% dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |