TEXNOLOGIK JARAYON TAVSIFI
Xom ashyo va yordamchi moddalarni tayyorlash
Xom ashyo saqlanuvchi ombordan 1 ta seriyadagi shamchalarni tayyorlash uchun kerak bo’lgan xom ashyoning yetarli miqdori keltiriladi. Xom ashyoning birlamchi qadog’i buzilmagan bo’lishi lozim. Xom ashyoning sifat sertifikati va saqlash muddatiga e’tibor qaratiladi.Tarani tashqi ko’rikdan o’tkaziladi va uni ishlab chiqarish retsepturasiga asosan tortish zonasiga o’tkaziladi.
Xom ashyoni tortish
Zarur bo’lsa diklofenak natriyni maydalanadi va teshigining diametri 0,16 mm bo’lgan elak yordamida elanadi.Ishlab chiqarish retsepturasiga asosan toriladi:
Diklofenak natriy 10,0 kg
Setil spirti 2,0 kg
Suppotsir (vitepsol yoki estarinum massasi) 188,0 kg
Asosni suyultirish
Suppotsir (vitepsol yoki estarinum massasi)ni 1 ta seriya uchun kerakli miqdordagisini olib ko’ylakchali aralashtirgichda 50-55º C haroratda suyultiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |