Granulalarni qadoqlash, o‘rash va sifatini baxolash. Blemaren granulasi.
Tayyor maxsulot tashqi ko‘rinishi, suvda parchalanishi va ta’sir etuvchi moddalar miqdori bo‘yicha tekshiriladi (XI DF, 2-juz, 139 b).
Granulaning tashqi ko‘rinishi qurollanmagan ko‘z bilan, oq fonda, 20 sm uzoqlikda ko‘riladi.
Katta va kichik granulalarning miqdorini aniqlash.
Buning uchun teshigining diametri 3 va 0,2 mm bo‘lgan ikkita elak olinib, 3 mm bo‘lgan elakdan 100 g granula 5 daqiqa davomida elanib, elakni ustida qolgan granula miqdori tortib olindi.
Shuningdek, 3 mm li elakdan o‘tgan granulalar 0,2 mm li elakka solinib, 5 daqiqa davomida elandi va 0,2 mm dan o‘tgan granula miqdori tortib olindi.
3 mm elakda qolgan va 0,2 mm li elakdan o‘tgan granulalar miqdori qo‘shilib 100 g ga nisbatan foiz miqdori xisoblanildi. XI DF talabi bo‘yicha bu ko‘rsatkich 5% dan oshmasligi kerak edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |