Mavzuning ahamiyati: Granulalar nafaqat TDV sifatida balki tabletka tayyorlash
texnologiyasida ham oraliq mahsulot sifatida keng ko‗lamda ishlatiladi. Shunday ekan,
granulalarni olish usullarini o‗zlashtirish katta amaliy ahamiyatga egadir. Granuladigan qoldiq
namlik uning turg‗unligini ta‘minlashda yoki undan tabletka tayyorlashda tabletkaning sifatini
belgilashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek massaning texnologik xossalarini o‗rganish bu
massadan qaysi usul bilan tabletka tayyorlash yoki olinadigan tabletkaning sifatini oldindan
belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |