O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/491
Sana31.12.2021
Hajmi7,33 Mb.
#251019
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   491
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua (2)

Quritish  kinetikasi.  Quritish  jarayoni  massa  almashinish  jarayoni  bo‗lib,  quyidagi 
tenglama bilan topiladi: 
 
 bu erda: 
 
W - 
yo‗qotilgan namlik miqdori, kg; 
 
K -  
massa uzutish ko‗rsatkichi; 
 
P
m
 - 
quritilayotgan modda yuzasidagi bug‗ bosimi, Pa; 
 
P
r
 - 
havodagi bug‗ning parsial bosimi, Pa; 
 
F - 
jism yuzasi, m
2

Quritish  jarayonini xarakatlantiruvchi  kuch quritilayotgan modda  yuzasidagi  bug‗ bosimi 
bilan  havodagi  bug‗ning  parsial  bosimi  farqi  hisoblanadi.  Bu  farq  (R
m
-R
r
)  qancha  katta  bo‗lsa, 
quritish jarayoni shuncha tez bo‗ladi. Quritish tezligi (V) yuza birligida (F) ma‘lum vaqt birligida 
(G) bug‗langan namlik miqdori (W) bilan o‗lchanadi. 
 
Dorilarni  quritish  texnologiyasi.  Quritish  jarayoni  suyuqlikdan  quruq  modda  (tolqon) 
olishda,  quruq  ekstraktlar  tayyorlashda  hamda  tabletka  ishlab  chiqarishda  ro‗y  beradi.  Quritish 
jarayonida  moddalarning  xususiyati  o‗zgarishi  mumkin,  bu  esa  quritish  jarayonining  qanday 
tashkil etilishiga bog‗liq. Quritish asosan konvektiv, kontakt va maxsus usullarda olib boriladi.  
Konvektiv  quritish  –  bu  quritilayotgan  modda  issiqlik  manbai  bilan  bevosita  aloqada 
bo‗ladi. Bu maqsadda har xil tuzilishga ega bo‗lgan quritgichlar (javonli, kamerali, tonelli, tasmali 
va do‗mbirali) ishlatiladi. 
Farmatsevtika  korxonalarida  kamerali  va  tasmali  quritgichlar  ko‗p  uchraydi.  Ayniqsa 
javonli  quritgichlar  tuzilishining  soddaligi  va  arzonligi  bilan  ajralib  turadi.  Bu  issiq  havo  oqimi  
javon tokchalari  bo‗ylab xarakatlanish  jarayonida quritilayotgan modda  bilan aloqada byuo‗ladi. 
Kamchiligi:  qurish  jarayoni  uzoq  davom  etadi,  ishlab  chiqarish  unumdorligi  past,  issiqlik 
yo‗qotiladi. 
Tasmali quritgich bir tasmali va ko‗p tasmali bo‗lishi mumkin. Tasma xarakati natijasida 
quritilayotgan  modda  yuqoridagi  tasmadan  pastki  tasmaga  tushib  turadi.  Quritilayotgan  modda 
xarakatda  bo‗lganligi  tufayli  uning  zarrachalari  xar  tomondan  issiqlikka  duch  keladi  va  qurish 
jarayoni tezlashadi. 
YOlg‗on qaynoq yuza quritgichlari – bunday quritgichlarda quriitilayotgan modda muallaq 
holda  turib,  issiq  havo  uning  hamma  tomonidan  yuvib  o‗tadi.  Ular  tuzilishi  jihatidan  har  xil 
ko‗rinishga  ega  bo‗ladi.  Quritilayotgan  modda  xampadan  shnek  orqali  quritgichning  qismiga 
tushib  turadi.  Past  tomondan  quritgich  ichiga  ma‘lum  xaroratgacha  isitilgan  va  tozalangan  havo 
bosim bilan yuboriladi. Havo zichligi nam modda zarrachalarini ushlab turish darajasida bo‗ladi. 
Zarrachalarning  o‗zaro  ishqalanishi  natijasida  ular  silliqlanib  nisbatan  dumaldoq  shaklga  kelib 
to‗plagichga  tushadi.  Havo  oqimi  bilan  yuqoriga  uchbi  ketadigan  mayda  zarrachalar  esa 
moslamada (siklon) yig‗ib olinadi va quritgichning ishchi qismiga qatariladi. 
Purkagichli quritgichlar. Bunday quritgichlar suyuqliklarni quritishda ishlatiladi va quritish 
jarayoni juda tez va ishlab chiqarish unumdorligi juda yuqori bo‗ladi. Purkachgichli quritgichlar 
kamera (xona), purkagich (forsunka yoki disk), qurigan qurigan mahsulotlarni tashqariga chiqarib 
beradigan  shnek,  quritish  xonasiga  havoni  ma‘lum  xaroratgacha  isitib  beradigan  moslama 
(kalorifer), havo qoimi bilan uchib ketgan mayda zarrachalarni tutib olish uchun sun‘iy matodan 
tayyorlangan suzgichlardan iborat. 
Qovushqoq  bo‗lmagan  ajratmalar  forsunkali,  qovushqoqlari  esa  diskli  quritgichlarda 


 
97 
 
quritiladi.  Suyuqlik  kameraga  purkagich  orqali  purkaladi.  Bunda  zarracha  kattaligi  10-50  mkm 
atrofida bo‗ladi. Kameraning pastki qismidan quritish uchun beriladigan havo harorati 150-230
0

ga  etadi.  Har  bir  zarrachani  quritish  uchun  0,04-0,08  s  gacha  vaqt  ketadi,  shuning  uchun  tayyor 
mahsulot  harorat  ta‘sirida  buzilmaydi.  Bunday  quritgichlar  sa‘noat  miqyosida  dori  moddalar  va 
harorat  ta‘sirida  tez  buziluvchi  mahsulotlarni  (sut,  tuxum  va  boshq.)  quritishda  ishlatiladi.  Bu 
quritgichdan foydalanilganda quritilayotgan modda (suyuqlik) qovushqoq bo‗lmasligi kerak. Agar 
u qovushqoq bo‗lsa forsunkani o‗rnida disk ishlatiladi. 
Donador  moddalarni  (garnulalarni)  quritishda  pnevmatik  quritgichlardan  (SG-30,  SP-60, 
SP-100  lar  hamda  SHveysariya  va  Angliyada  ishlab  chiqariladigan  har  xil  quritgichlardan) 
foydalaniladi. 
Muloqot (kontaktli) li quritgichlar. Bunday quritgichlarda issiqlik asbobning devori orqali 
quritilayotgan  materialga  o‗tadi.  Ular  uzlukli  va  uzluksiz,  mo‗‗tadil  bosim  ostida  ishlashlari 
mumkin. 
Uzlukli ishlaydigan quritgichlardan biri eng oddiy tuzilishga ega bo‗lgan tokchali (polkali) 
quritgichdir.  Bunda  tokchalar  bir  necha  qavat  naychalardan  tashkil  topgan  bo‗lib,  naychalar  suv 
bug‗i bilan isitiladi. Naychalar usiga patnislarda 2-3 sm qalinlikda bir tekis yoyilgan quritiladigan 
modda  qo‗yiladi.  Vaqti-vaqti  bilan  yuqori  tokchalardagi  patnislar  pastdagilar  blian  almashtirib 
turiladi  qurish  jarayonida  patnis  yuzasida  yuzasida  yupqa  qatqaloq  hosil  bo‗lib,  kapillyarlar  suv 
chiqishini qiyinlashtirishi mumkin. Bu xodisani yo‗qotish uchun patnisdagi quritilayotgan modda 
aralashtrib,  qatqaloq  yo‗qotib  turilishi  lozim.  Bu  quritgich  tuzilishi  jihatidan  soda  bo‗lishiga 
qaramay, ko‗p joy egallaydi, quritish uchun ko‗p vaqt va qo‗l kuchi talab etiladi. Quritish jarayoni 
havoni so‗rib olinadigan (vakuum) javonlar yordamida tezlashtirish mumkin. 
Jo‗vali (valsovыe) quritgichlar uzluksiz ishlaydigan, bir yoki ikki jo‗vali bo‗ladi. Jo‗va ichi 
bo‗shliq  bo‗lib,  bug‗  yoki  boshqa  issiqlik  manbalari  yordamida  isib  turadi.  Bunday  quritgichlar 
asosan  ekstraktlar  olishda  ishlatiladi.  Quyuq  ajratma  jo‗va  yuzasiga  bevosita  yoki  jo‗vali 
so‗rg‗ichlar  yordamida  yupqa  qilib  surkaladi.  Jo‗valar  to‗la  bir  marta  aylanguncha  yuzasidagi 
yupqa ajratma quriydi va uni pichoqlar yordamida qirib yig‗iladi. 
Jo‗vali-vakuum  quritgichlarda  qurish  jarayoni  tez  kechadi.  Bunday  qurilmalarda  pektin, 
shilimshiq moddalar saqlagan qovushqoq ajratmalarni quritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Mahsus quritish usullari. Bularga termoradiatsion, dielektrik, subslimatsion va ultratovush 
quritgichlari  kiradi.  Farmatsevtika  korxonalarida  ko‗pincha  subslimatsiya  va  ultratovush 
quritgichlari kiradi. 
Sublimatsion  quritgichlarda  quritiladigan  modda  suyuqlik  holiga  keltirilib,  muzlatiladi  va 
xona  (kamera)  havosini  o‗rib  olish  natijasida  muz  suyuqlikka  o‗tmasdan  bug‗lanadi.  Quritgich 
sublimatsiyalash xonasi, sovutgich, havo so‗rgich, muzlatgichlardan iobrat. 
Bu  usulda  quritish  jarayoni  uch  bosqichda  sodir  bo‗ladi:  1-muzlatish,  2-sublimatsiyaga 
uchratish, 3-qoldiq namlikni yo‗qotish. 
Bu usul oqsil, fermentlar, antibiotiklar, vaksina, zardoblarni quritishda juda qo‗l keladi. 
Ultratovush  quritgichlar.  Dorilarni  ultratovush  yordamida  unumli  quritish  uchun  ularni 
tebranish  tezligi  6-8  kGs  bo‗lishi  kerak.  Quritilayotgan  suyuqlik  ultratovush  to‗lqinlari  ta‘sirida 
mayda  zarrachalarga  bo‗linib,  har  bir  zarracha  tebranish  davri  tezligida  xarakatga  keladi.  Bu 
xarakat ishlqalanishni vujudga keltirib, suyuqlikning bug‗lanishiga sabab bo‗ladi. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   491




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish