74
miqdordagi shira bilan shamchani muloqatini oshirish, tez parchalanishi va dori moddani
shamchadan ajralib chiqishini yaxshilash maqsadida g‗ovakli shamchalar taklif etilgan. G‗ovakli
shamchalarni olishda suvli yordamchi moddalar va dori moddalarni suspenziyasi suyultirilgan
asosni qoliplarga quygandan so‗ng chuqur vakuum hosil qilinadi. Vakuumning chuqurligi 600 mm
simob ustuniga teng.
Kovakli shamchalar– dori moddalarni emulsiya,suspenziya yoki eritma holida to‗ldirilgan
bo‗lib, biofaol moddani tez ajralib chiqishini ta‘minlaydi.
Ko‗pqavatli shamchalar– bir qancha davlatlarda ikki –va ko‗p qavatli shamchalarga
patentlar berilgan. Bunday shamchalar o‗zak va qobiqdan tashkil topgan. SHamchalarni
tayyorlashda ustki qavati (qobiq) yuqori bo‗lmagan hararatda eriydigan asoslarda mahalliy ta‘sir
etadigan dori moddalar (anestezin, belaldona ekstrakti) bilan tayyorlanadi. SHamchaning o‗zak
qismi tanaga rezorbtiv ta‘sir etadigan modda asosida nisbatan yuqori haroratda eriydigan asos
yordamida tayyorlanadi. Rossiyalik mutaxasislar ikki qavatli shamcha taklif etilgan bo‗lib, tashqi
qavatida kamfora,ichki qavatida strofantin saqlaydi. Qobiq uchun asos sifatida PEO – 4000, o‗zak
uchun lazupol G asosi ishlatildi.
Buyuk Britaniyalik mutaxasislar tomonidan ikki qismli shamcha texnologiyasi taklif etildi.
SHamchaning oldingi qismi shamolashga va shish hosil bo‗lishiga qarshi moddalar
saqlaydi,boshqa qismi og‗riq qoldiruvchi yoki mahalliy anestetik moddalar (barbituratlar, morfin,
prokain va boshq.) saqlaydi. Ular lipofil asoslarda tayyorlanib, bitta shamcha qolipiga alohida
alohida quyiladi.
YUpqa parda bilan qoplangan shamcha– ta‘sir etuvchi moddani etkazib berishni nazorat
qilishini ta‘minlashda shamcha yupka parda bilan qoplanganda biofaol moddani diffuziyaga
uchrashini pasaytiradi.
Bo‗yalgan shamchalar–bunday shamchalarni yaratilishi tarkibidagi ta‘sir etuvchi
moddalarni tashqi muhitdan saqlash, oksidlanishni oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
SHamcha massasiga rang uchun yorug‗likga chidamli bo‗lgan bo‗yoqlar ishlatiladi, jumladan
titan oksidi, amarant, tartrazin, xrizolin, indigo– indigotin birikmasi.
Gidrofob va gidrofil asosli rektal surtmalar. Rektal surtmalar dozalarga bo‗lingan dori turi
bo‗lib, shprits tyubiklarda maxsus aplikatorlar bilan chiqariladi. Gidrofil asos sifatida yog‗/suv
tipidagi
emulsion asos, metilsellyuloza hosilalari va PEG.
Rektal jelatina kapsulalari kelajagi porloq dori turlaridan biri
. Birinchi marotaba 1937 yilda
«SHerer» firmasi tomonidan yumshatuvchi shamchani qobiq bilan qoplashni taklif etgan
bo‗lsa,1980 yilda Britaniya Farmakopeyasiga «Rektal kapsulalar» nomli maqolasi kiritildi.
Hozirgi vaqtda turli terapevtik ta‘sirli moddalar asosida rektal kapsula lari ishlab chiqarilmoqda.
Ularni shamchalarga nisbatan texnologik, biofarmatsevtik va iqtisodiy nuqtai nazardan kelajagi
porloqligi aniqlandi. Rektal kapsulalarni shakli «ichiga kirgan» tomchiga o‗xshash bo‗lib, uning
hajmi 0,6 ml dan 1,8 ml gacha. Bunday kapsulalar moyli shamchaga nisbatan yuqori haroratga
(45–50
0
S) chidamli. SHunga qaramasdan tarkibi – dagi ta‘sir etuvchi moddani tez ajralib chiqishi,
ichak shilliq qavatini qitiqlamaydi. Jelatina kapsulalarini shamchalar oldidagi avzalliklari jelatinali
qobiq dori moddani tashqi muhit ta‘siridan saqlaydi, hamda surtma, liniment, eritma, emulsiya,
suspenziya va boshqa dori shakllarini kapsulalash mumkin.
Rektal jelatina kapsulalari shamchalar uchun qo‗yilgan talablarni barchasiga javob berishi
lozim. Ularni ishlab chiqarish jarayoni to‗liq avtomatlashtirilgan, natijada qimmatbaho shamcha
asosi bo‗lib hisoblangan kakao moyini almashtirish mumkin.
Rektiol – suvli eritmani to‗g‗ri ichakga klizma shaklida yuborilganda dori moddani tez
so‗rilishi kuzatiladi, ammo eritmaning bir qism tashqariga to‗kilishi kuzatiladi. SHuning uchun
eritmani maxsus rektal pipetka–uchli elastik ballonchani (rektiol) ishlatish qulay. Uning hajmi
1,5–5ml bo‗lib, balonchalar oleogellar, linimentlar va surtmalar bilan to‗ldiriladi. Bu esa o‗z
navbatida proktologik dori vositalarini turini ko‗payishiga olib keladi.
Rektal tamponlar – ular paxtaga shimdirilgan dori modda plastmassali o‗zakga o‗ralgan
bo‗ladi. Paxtali tampon yupka qavat alginat bilan o‗ralgan bo‗ladi. Ishlatishdan avval paxta
tampon biroz suvga solib turiladi, natijada alginatli qobiq suv ta‘sirida bo‗kib, dori moddani
75
ajralib chiqishiga slabiy ta‘sir etmaydi.Tampon to‗g‗ri ichakga 2 soatga qo‗yiladi. Asosan bavosil
kasalligida qo‗llaniladi.
Azrozol qadoqlaridagi ko‗pikli preparatlar – bunday dori turi xozirgi kunda keng miqyosda
ishlatilmoqda. Surtma va kremlar shilliq qavatning yig‗ilgan yoki ichakning chuqurroq qismiga
to‗liq kirib bormasligi, shamcha to‗g‗ri ichakning anal qismini to‗liq davolamasligi mumkin.
Ularni qisqa muddat ichida terapevtik ta‘sir etishini ta‘minlaydigan dori turlarini tratish maqsadga
muvofiq. SHunday dori turiga aerozoldagi ko‗pikli preparatlarni kiritishimiz mumkin.
Aerozol qadoqdan chiqishda ko‗pik hosil bo‗ladi, agar konsentrat tarkibiga ko‗pik hosil
qiladigan moddalar kirgan bo‗lsa, uning vazifasini SFM va emulgirlangan yoki
eritilgan propellent
(bosim ostida siqilgan gaz) bajaradi. Klapanli purkagich qismi orqali dori modda berilgandan
so‗ng propellent va gazning ko‗pikchasi bug‗lanib, hajmi oshib, ko‗pik hosil bo‗lib propellent
bug‗ini dag‗al dispersiyasi emulsion yoki boshqa sistemada hosil bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: