5-laboratoriya ishi.
Ukrop xushbo’y suvi.
Aqua Foeniculi.
Tarkibi.
Ukrop moyi - 1 g
Talk - 10 g
50-600S gacha isitilgan suv - 1000 ml
Vazifa
100 ml ukrop xushbo’y suvini Eritish usuli bo’yicha tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.
Kerakli asbob-uskunalar va materiallar.
Ukrop moyi va talk.
Xavoncha dastagi bilan.
Hajmi 100 ml bo’lgan, qopqog’i zich berkitiladigan idish.
Filtr qog’ozi.
50-60oC xaroratgacha isitilgan tozalangan suv.
Ishni bajarish tartibi:
1 g talk va 0,1 g ukrop moyi xavonchaga solinib, yaxshilab eziladi va massa qopqog’i zich berkitiladigan shisha idishga o’tkazilib, 100 ml 50-60S gacha isitilgan suv bilan 15 daqiqa davomida chayqatiladi. Aralashma filtr qog’ozi orqali filtrlanib, qadoqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |