O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


In’eksiya uchun ishlatiladigan suv va uning olinishi



Download 4,92 Mb.
bet138/483
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#247082
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   483
Bog'liq
Dori vositalarining sanoat texnologiyasi (1)

In’eksiya uchun ishlatiladigan suv va uning olinishi

Korxonada har xil texnik maqsadlar uchun bug‘ ishlab chiqarish qozonlarining va distillyatorlarining uzoq muddat ishlashini ta’minlash uchun suv oldindan mineralsizlantirilgan bo‘lishi kerak. CHunki shahar tarmoqlaridan kelayotgan vodoprovod suvining har litrida 10-15 mg gacha tuzlar erigan bo‘ladi. Mineralsizlantirish ion almashtirgich smolalar (ionitlar) va elektrodializ yordamida amalga oshiriladi.

Ion almashtirgich smolalar kationitlar va anionitlarga bo‘linadi. Kationitlar ishqoriy va ishqoriy-er metallar bilan o‘rin almashtira oladigan harakatchan vodorod ionli karboksil yoki sulfon guruhini saqlaydi.

Anionitlar ko‘pincha aminlarni formaldegid bilan hosil qilgan polimerlari bo‘lib, gidroksil ionlari anionlar bilan o‘rin almashadi. Anionitlar kuchli va kuchsiz bo‘lishi mumkin.

Ishlab chiqarishdako‘pincha arzon bo‘lgaligi sababli kuchsiz anionitlar ishlatiladi. Maxsus kolonkalar kationit va anionitlar bilan to‘ldiriladi. Filtrlangan vodoprovod suvi avval kationitdan, so‘ng anionitli kolonkalar orqali o‘tkaziladi. Bitta kolonkada kationit va anionitlar bo‘lishi mumkin.

Demak, suv kationitli kolonka orqali o‘tgan so‘ng yumshaydi va muxit kislotali bo‘ladi. Suv pH ning oshishi va suvda kationlarning paydo bo‘lishi kolonkaning to‘yinganligidan dalolat beradi va uni xlorid kislotasi va suv bilan yuvib regeneratsiya qilish lozim. Bu suv anionitli kolonkadan o‘tgandan so‘ng, muxit neytral bo‘ladi.

Suv pH ining pasayishi va anionlarning suvga o‘ta boshlashi anionitlardagi ON guruhining kamayganini ko‘rsatadi. Kolonkani qayta tiklashsuv va ishkor yordamida amalga oshiriladi. lekin suvni ion almashtirgich smolalar yordamida mineralsizlantirilgannda ionitlar SO2, SO2 larni ushlay olmaydi. Ularni yuqotish uchun degazatsiya usulidan foydalaniladi. Suv maxsus kolonkaga o’rnatilgan vininplast panjarasiga purkaladi va uning pastki qismidan filtrlangan xavo yuboriladi. Bunda SO2 va SO2 gazlarining erishi yomonlashadi va kolonkadan chiqib ketadi.

Ionitli kolonkalarning quvvati soatiga 100 l ni tashkil qiladi. Elektrodializ usulida suvni mineralsizlantirish maxsus qurilmada amalga oshiriladi. Asbob ikki tomoniga elektrodlar o’rnatilgan obzandan iborat bo’ladi. Suv obzanga yuboriladi va elektrodlar uzgarmas elektr tokiga ulanadi. Bunda kationlar anod elektrodiga, anionlar katod elektrodiga tomon xarakatlanadi va chap ham o‘ngdagi bo‘linmalarga yig‘iladi. Bu usulda soatida 200-750 l suv mineralsizlantiriladi.

Davlat farmakopeyasining talabiga binoan in’eksiya uchun ishlatiladigan suv tozalangan suvga qo‘yiladigan hamma talablarga javob berishi, tarkibida pirogen moddalar bo‘lmasligi, saqlanish muddati 24 soatdan oshmasligi kerak. Xususiy moddalar talabiga binoan, eritma karbonat angidridsiz suvda tayyorlanishi lozim bo‘lsa, suv 30 daqiqa qaynatib tozalanadi. In’eksiya uchun ishlatiladigan suv apirogen, ya’ni pirogen moddalar saqlamasligi kerak. Pirogen moddalar o‘lik mikroorganizmlar tanasi va ularning zaxarlari bo‘lib, lipopolifosfat polisaxaridlar sinfiga kiradi va ular suv bug‘i bilan xaydalmaydi. Suvni xaydash jarayonida ular tomchilar bilan birga suvga o‘tib qolishi mumkin. Pirogen modda saqlagan suvda tayyorlangan in’eksion eritma tana xaroratini oshiridi. CHunki ular organizm uchun begona modda xisoblanadi. Suvning apirogenligi biologik usulda tekshiriladi (XI DF 1-tom. 183-bet M. 1990 y.).

Korxona sharoitida in’eksiya uchun ishlatiladigan suv issiq va sovuq usullarda olinishi mumkin. Issiq usulda olish 3 bosqichda va termokompression asboblarda amalga oshiriladi. Sovuq usulda esa “Millipor” firmasi ishlab chiqqan qurilma yordamida olinadi.

IE lar og‘irlik hajm nisbatida ikki qavat devorli, aralashtirgichli reaktorlarda tayyorlanadi. Ko‘pincha IE larni turg‘unlashtirishga to‘g‘ri keladi, chunki ko‘pchilik preparatlar suvda gidrolizga uchrab o‘zining biofaolligini yo‘qotadi.

1. Agar dorivor preparat kuchli kislota va kuchli asosdan tashkil topgan bo‘lsa, turg‘unlashtirilmaydi, chunki ular ion holda bo‘lib, gidrolizlanmaydi va eritmadagi [H+] o‘zgarmaydi (NaCl, CaCl2, MgSO4, kalsiy glyukonati va h. lar).

2. Agar preparat kuchli kislota va kuchsiz asosdan tashkil topgan bo‘lsa, gidrolizga uchraydi va eritmada [H+] ko‘payadi. Gidrolizni orqaga qaytarish uchun massalar ta’siri qonuniga binoan bir nomli ionlar konsentratsiyasini ko‘paytirish kerak, ya’ni 0,1 n NSl eritmasi qo‘shiladi.

Agar ampulalar shishasidan ishqor ajralib chiqsa bu reaksiyani o‘ngga siljishi yanada kuchayadi. (strixnin nitrat, atropin sulfat, morfin * HCl, novokain * HCl va h.). Qo‘shiladigan kislota miqdori tajriba yo‘li bilan topiladi, ya’ni shunday miqdorda miqdorda qo‘shiladiki, unda gidroliz deyarli ketmasligi kerak.

3. Agar preparat kuchsiz kislota va kuchli asosdan iborat bo‘lsa, ular ham gidrolizga uchrab, eritmada ko‘payadi, gidroliz ketishini to‘xtatish uchun 0,1 n NaOH yoki NaHCO3 eritmasi qo‘shiladi.

Ampuladagi eritma ishqoriy muhitga ega bo‘lishi, xavfli, chunki shishani nordon qismi eriydi va eritmaga SO4 o‘tib, uni ifloslantiradi. Masalan: kofein benzoat natriy, natriy tiosulfat, nikotinamid va h. lar.

4. Ba’zan eritmada turg‘un ushlab turish uchun bufer eritmalar ham qo‘shiladi (sitrat natriy).

M: Dikolinni 1%li eritmasi 2,5 g/l natriy sitrat qo‘shiladi. In’eksion eritmalarni ba’zan oson oksidlanuvchan preparartalardan tayyorlashga ham to‘g‘ri keladi. Bunda vazifa preparatlarni oksidlanishdan saqlagan holda ampulalarda chiqarish.

Bunday preparatlar asosan havo kislorodi ta’sirida oksidlanib, eritmani rangi o‘zgaradi, yoki cho‘kma tushib, dorini ta’siri yo‘qoladi va zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Preparat molekulasida qo‘zg‘aluvchan vodorod atomi bo‘lsa va ular harorat, yorug‘lik ta’sirida molekuladan uzulib chiqsa, molekulada ozod radikal hosil bo‘lib qoladi va bu havo O2 bilan oksidlanadi.

Oksidlanish tezligi eritmani pH kislorod miqdoriga, haroratga, yorug‘likka yoki katalizatorlar borligiga bog‘liqdir. Eritmaga turg‘unlashtiruvchi qo‘shib, shunday pH hosil qilingki, unda oksidlanish sekinlashadi yoki to‘xtaydi. Salqin joyda saqlash va rangli ampula ishlatish bilan ham oksidlanishni sekinlashtirish mumkin. Kislorodni fizikaviy yoki kimyoviy usullar bilan yo‘qotib, preparatni oksidlanishdan saqlash mumkin.

Fizikaviy usulda esa eritma kislorodsiz muhitda tayyorlanadi va bu esa erituvchini qaynatish yoki inert gaz bilan ishlov berish 2 atm. bosimda gaz oqimi yuboriladi, bunda kislorod erishi yomonlashib, suv inert gaz bilan to‘yingan bo‘ladi yoki eritmani tayyorlash, filtratlash ampulani to‘ldirish, kavsharlash ham inert gaz oqimida olib boriladi (vakuum to‘ldirgich yoki Kutateladze asboblarida ampula to‘ldirganda). Kislorodsiz muhitda ampuladagi eritmalarni ishlab chiqarishni eng maqbul usuli XNIXFI usulidir. Bunda ampula eritma bilan to‘ldirib korpusi qizdiriladi toki 1 tomchisi eritmani bug‘ga aylanguncha, natijada ampuladagi havo o‘rnini suv bug‘i egallaydi va issiq holda kavsharlanadi. Natijada ampulada 98-99% kislorodsiz muhit hosil bo‘ladi.

Kimyoviy usul . bilan oksidlanishdan saqlashda eritmaga kuchli qaytaruvchilar qo‘shiladi, natijada preparatdan oldin ular oksidlanib, dori moddani oksidlanishdan saqlanadi.

Katalizator ta’siridan saqlash.

Odatda in’eksiya uchun ishlatiladigan dori preparatlarda ruxsat etilgan miqdorda og‘ir metall tuzlari bo‘lishi mumkin. Bu og‘ir metall ionlari preparatni oksidalinishiga katalitik ta’sir qiladi, shuning uchun bu og‘ir metallarni bog‘lab qo‘yish uchun etilendiamintetrasirka kislotasi (Trilon B), qo‘shiladi. U 0,001-0,05% miqdorda qo‘shiladi. So‘ngra eritma filtrlanadi va ampulalarga qo‘yiladi.




Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   483




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish