6-laboratoriya ishi.
Kashnichning spirtli xushbo’y suvi.
Aqua Coriandri spirituosa.
Tarkibi.
Maydalangan kashnich urug’i - 1 g
Etil spirti - 1 g
Tozalangan suv - etarli miqdorda.
Vazifa.
100 ml kashnichning spirtli xushbo’y suvini, kashnich moyini spirtda Eritish usulida tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.
Kerakli asbob-uskunalar va materiallar.
Maydalangan kashnich urug’i.
Etil spirti va Tozalangan suv.
Hajmi 100 ml bo’lgan, qopqog’i zich berkitiladigan idish.
Filtr qog’ozi.
Ishni bajarish tartibi:
0,2 g kashnich moyi og’zi zich berkitiladigan shisha idishga solinib, ustiga 10 g (11,3 ml) etil spirti solinadi va moy to’liq erib ketgunga qadar chayqatiladi. Moy to’liq erigandan so’ng ustiga 90 ml suv solib, 30 daqiqa davomida chayqatiladi. So’ng 30 daqiqa tindirilib, suziladi. Tayyor maxsulot jihozlanib, qadoqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |