Ishni bajarish tartibi:
XI DF ning 4-jadvali bo’yicha kerakli bo’lgan etil spirti va Tozalangan suvning hajmi silindrda o’lchab olinib, aralashtiriladi va uning quvvati shisha yoki metall spirtomer yordamida aniqlanadi.
5-laboratoriya ishi.
Sarflangan etil spirtning xisobini DST ning 5- va 6-jadvallari bo’yicha olib borish.
Vazifa.
Sarflangan spirtning xisobini 5-jadval bo’yicha xisoblang.
Sarflangan spirtning xisobini 6-jadval bo’yicha xisoblang.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
DST ning 5- va 6-jadvallari.
Ishni bajarish tartibi:
Sarflangan spirtning xisobini DST ning 5- va 6- jadvallari bo’yicha olib boring. Buning uchun sarflangan spirtning quvvati va miqdori shuningdek, harorat inobatga olinishi shart.
Mavzu: Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan farmatsevtik eritmalar. Yodning 5 va 10% spirtli eritmalarini tayyorlash texnologiyasi. Xushbuy suvlar va qiyomlar. Ukrop xushbuy suvi, oddiy qand qiyomi va chuchukmiya qiyomini tayyorlash texnologiyasi.
Maqsad: Spirtli eritmalarni tayyorlash texnologiyasi va sifatini baxolash bilan tanishish. Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan dorivor qiyomlar texnologiyasi bilan tanishish va sifatini baxolash. Tarkibida xar xil turdagi efir moylarini saqlagan dorivor o’simlik xom ashyolari yoki ularning kontsentratlaridan xushbo’y suvlarni tayyorlash texnologiyasi va sifatini baxolash yuzasidan umumiy ko’nikmalarga ega bo’lish.
Mavzuning ahamiyati: Farmatsevtik korxonalarda ishlab chiqariladigan eritmalar orasida spirtli eritmalarning tutgan o’rni katta. Shunday ekan, ularni tayyorlash usullarini kengaytirish, nomenklaturasini ko’paytirish katta amaliy ahamiyatga egadir. Qiyomlar nafaqat TDV sifatida balki dori moddalarining noxush xidi va mazasini yo’qotish uchun korrigent sifatida ham keng ko’lamda ishlatiladi. Shu nuqtai nazaridan ularni korxona sharoitida ishlab chiqarishni tashkil qilish katta amaliy ahamiyatga egadir. Xushbo’y suvlar tayyorlash texnologiyasining oddiy va qulayligi, shuningdek ular asosan dorivor o’simlik xom ashyolaridan olinganligi uchun ham, ularni farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirish va nomenklaturasini ko’paytirish ham amaliy ham iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Vaziyatli masalalar:
Yodning 5% li spirtli eritmasi tayyorlanganda eritmada yod kristallarining borligi aniqlandi.
Chuchukmiya qiyomini tayyorlash jarayonida ko’pik xosil bo’lishi kuzatildi.
Achchiq bodom xushbo’y suvining sifati tekshirilganda undan ammiak xidi keldi.
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar.
Spirtli eritmalar ta'rifi, tavsifi va nomenklaturasi.
Yodning spirtli eritmalarini tibbiyotda ishlatilishi.
Borat kislotasining 3% li spirtli eritmasini tayyorlanishi va ishlatilishi.
Qiyomlar ta'rifi, tavsifi va tasnifi.
Oddiy qand qiyomini tarkibi va texnologiyasi.
Xushbo’y suvlarning ta'rifi.
Xushbo’y suvlarni olish usullari.
Achchiq bodom xushbo’y suvini olish uchun boshlang’ich xom ashyo nima?
Ukrop xushbo’y suvini tarkibi va texnologiyasi.
Achchiq bodom va ukrop xushbo’y suvlarining ishlatilishi.
1-laboratoriya ishi.
Yodning 5% li spirtli eritmasi.
Solutio Iodi spirituosa 5%.
Vazifa.
10 ml yodning 5% li spirtli eritmasini tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Yod - 50 g.
Kaliy yodid - 20 g.
Suv va 95% li spirt (teng miqdorda) - 1 l gacha.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
Yod va kaliy yodid.
Hajmi 50 ml bo’lgan silindr.
Tozalangan suv va 95% li etil spirti.
Hajmi 10 ml bo’lgan shisha idish.
Do'stlaringiz bilan baham: |