Saqlanishi. Quruq va salqin joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Teri kasalliklarida qurituvchi sifatida ishlatiladi.
2-laboratoriya ishi.
Streptotsidning 10% li surtmasi.
Unguentum Ctreptocidi 10%.
Vazifa.
100,0 g 10% li streptotsid surtmasini tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Streptotsid - 10,0 g.
Vazelin - 90,0 g.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.
Xovoncha dastagi bilan, tosh va tarozi.
Streptotsid va vazelin.
Tayyor maxsulotni solish uchun idish.
Sochiq, tibbiyot dokasi, sovun, slyuda.
Elektr plitkasi va 50-100 mkm li elaklar.
Qaychi, kley, pergament qog’ozi.
Do'stlaringiz bilan baham: |