Qalqonsimon bez gormonlari.
Tireoidin (Thyreoidinum) - yirik qoramolning yog‘sizlantirilgan va quritilgan qalqonsimon bezidan olinadigan gormon preparati bo‘lib, sariq qo‘ng‘ir rangli, quritilgan hayvon to‘qimalariga xos kuchsiz xidli kukun. Suvda, spirtda va boshqa erituvchilarda erimaydi.
Qushxonalarda yoki go‘sht kombinatlarida yangi so‘yilgan qoramollarning qalqonsimon bezlari ularga zarar etkazilmagan holda ajratib olinib, 8-100S haroratda muzlatiladi va qayta ishlash uchun muzxonalarda qoldiriladi. Qayta ishlash uchun muzlatilgan qalqonsimon bez muzdan holi etiladi va suv bilan yaxshilab yuviladi. Qo‘shimcha yog‘, muskul va biriktiruvchi to‘qimalaridan shuningdek, kapillyar tomirlardan tozalanib, go‘sht maydalagichda maydalanadi. Maydalangan qiyma vakuum quritgichda 400S dan yuqori bo‘lmagan haroratda quritiladi. Quritilgan massa Sokslet apparatida organik erituvchilar yordamida, past haroratda yog‘sizlatiriladi. Organik erituvchilarning qoldig‘i yana vakuum quritgichda 400S dan yuqori bo‘lmagan haroratda uchiriladi. Quruq yog‘sizlantirilgan massa farfor sharli tegirmonda maydalanadi. Preparat tarkibidagi organik bog‘langan yodga nisbatan standartlanadi. Uning miqdori 0,17-0,23% bo‘lishi kerak. Kerak bo‘lsa preparat sut qandi bilan suyultiriladi. Tireoidinni ta’siri undagi ikkita gormonning mavjudligiga bog‘liq: tiroksin va triyodtironin (organizmda har ikkalasining ham chapga buruvchi izomerlari mavjud). Kimyoviy jihatdan tiroksin, triyodtironindan tarkibidagi bitta qo‘shimcha yod atomining mavjudligi bilan farq qiladi.
Tireoidin qalqonsimon bez funksiyasining etishmovchiligida ichish uchun tavsiya qilinadi. Kukun, tabletka, qobiqli tabletka ko‘rinishida 0,05-0,1 g dan chiqariladi. Quruq, sovuq va yorug‘likdan ximoya qilingan joylarda saqlanadi.
Triyodtironin gidroxlorid. Hozirgi paytda triyodtironin sintetik yo‘l bilan olinadi. Bu sintetik preparat tuzilishi va ta’sir ko‘lami bo‘yicha tabiiy preparatda farq qilmaydi. Triyodtironin tiroksinga nisbatan 3-5 marta samarali bo‘lib, u qondagi oqsillar bilan kam bog‘lanadi va to‘qima membranasi orqali, erkin holatda, oson o‘ta oladi. Uning miqdori kasalning yoshiga, holatiga va kasallikning davomiyligiga qarab belgilanadi. Kattalarga 5-25 mg dan boshlab, 40-60 mkg gacha, ba’zan esa 100 mkg (0,1 g) gacha kunlik miqdor belgilanadi. Preparat qalqonsimon bez funksiyasi etishmovchiligida, ichish uchun beriladi. YUqori dozalarda, gipofizning tireotrop funksiyasi yo‘qolganda tavsiya qilinadi. Tireodin kabi saqlanadi.
Qo‘sh qalqonsimon bez gormon preparatlari.
Paratireoidin (Parathyreoidinum) – yirik hayvonlarning qalqonsimon bezidan, maydalangan xomashyo xlorid kislotasining kuchiz eritmasi bilan gidrolizlanadi, sovutilgan gidrolizat filtrlanadi va pH 4,8-4,9 keltirilib, oqsil fraksiyalari cho‘ktiriladi. CHo‘kma suvda eritilib, natriy xlorid bilan to‘yintiriladi. Eritma setrafugalanib, cho‘kma qismi ajratib olinadi va suvda eritilib, pH 4,8-4,9 keltirilib yana cho‘ktiriladi. SHu yo‘l bilan tozalangan modda suvda eritilib, uni itlar qonidagi kalsiy miqdorining ko‘paytirish ta’siriga qarab standartlanadi. Eritma 0,25-0,3% fenol eritmasi bilan turg‘unlashtiriladi va aseptik sharoitda ampulalarga 1 ml dan, flakonlarga 5 va 10 ml dan quyiladi. Paratireoidin organopreparatlarning uchinchi guruhiga mansub bo‘lib, tiniq yoki kuchsiz tovlanuvchi suyuqlik. pH 2,5-3,0 1 ml preparat 20 TB saqlaydi. Tetaniya, spazmofiliya, bronxial astmada ishlatiladi.
Gipofiz preparatlari
Gipofiz, oldi va orqangi bo‘laklardan iborat bo‘lib, ularning xar ikkisi ham o‘zlaridan turlicha bo‘lgan gormonlarni ishlab chiqaradi. Gipofizning oldingi bo‘lagidan ishlab chiqariladigan gormonlar o‘sish gormonlari xisoblanib, asosan organizmning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ular uglevod va yog‘ almashinuviga shuningdek, boshqa bir qancha endokrin bezlarining faoliyatiga ta’sir qiladigan gormonlar ishlab chiqariladi. Gipofizning orqa bo‘lagidan esa siydik ajralishi, qon bosimi, silliq muskullar (asosan bachadon muskullariga), shuningdek uglevod almashinuvchiga ta’sir qiladi. Gipofiz gormonlari oqsil tabiatli bo‘lib, proteolitik ferment ta’sirida ular o‘zining faolligini yo‘qotadi.
Gipofizning oldi bo‘lagi gormonlari.
Gipofizning oldingi bo‘lagidan quyidagi gormonlar va gormon preparatlari, yirik shoxli qoramol, bug‘i va cho‘chqalardan olinadi: in’eksiya uchun kortikotropin (Corticocotropinum pro injectionibus) yoki in’eksiya uchun adrenokortikotrop gormoni (Hormonum adrenocorticotropinum pro injectionibus), prolaktin (Prolactinum), in’eksiya uchun rux-kortikotropin suspenziyasi (Suspensio Zinccorticotropini pro inectionibus), tirotropin, laktin, adipozin.
Kortikotropin (Corticotropinum) – adrenokortikotrop gormon preparatlari (AKTG) bo‘lib, gipofizning oldingi bo‘lagi bazal hujayralarida paydo bo‘ladi. Bu polipeptid gormon 39 ta aminokislotadan tashkil topgan. Uning faolligi biologik usulda, ta’sir birliklarida belgilanadi. Kortikotropin buyrak usti bezi po‘stloq qismini fiziologik stimulyatori xisoblanadi. U qonda kortikosteroid gormonlar ayniqsa glyukokortikoidlarning (kortizon, kortizol va boshqalar) va androgenlarning hosil bo‘lishi va ajralishini kuchaytiradi. Bir vaqtning o‘zida buyrak usti bezida askorbin kislotasi va holesterinning to‘planishiga to‘sqinlik qiladi. Gipofiz oldi bo‘lagidan kortikotropinni ajralib chiqishi bilan buyrak usti bezi po‘stloq qismi gormonlarining qondagi konsentratsiyalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud.
Gipofiz gormonlarining olish texnologiyasi sobiq Butunittifoq farmatsevtika ilmiy tekshirish instituti xodimlari G.K.Korotaev va V.A.Livshitslar tomonidan taklif qilingan. Unga ko‘ra yangi muzlatilgan gipofiz oldi bo‘lagidan farsh tayyorlanib, oksidlangan atseton (xlorid kislotasining 1% eritmasi va 90% atseton) bilan ekstraksiyalanadi. Ajratma sentrafugalanib, filtratga AKTG va laktogen gormoni o‘tadi. Bu vaqtda aralashmadagi atsetonning konsentratsiyasi 92% tashkil qiladi. Aralashma -2-50S haroratda, 10-12 soat davomida qoldiriladi, natijada nordon atsetonli cho‘kma hosil bo‘ladi. CHo‘kma nutch filtri orqali filtrlanib, 98% sovutilgan atseton bilan cho‘kma yuviladi va xavo oqimida quritiladi. Nordon atsetonli kukun suvda eritilib, oksidlangan sirka kislotasi va ammiak eritmasidan pH ko‘rsatkichi 5,0 bo‘lgunga qadar qo‘shiladi. Izoelektrik nuqtada laktogen cho‘kmaga tushadi, cho‘kma setrafugalash orqali ajratib olinadi va undan laktin preparatini olishda foydalaniladi. Laktogen gormoni ajratib olingandan so‘ng qolgan qoldiqqa ammoniy-atsetat buferidan pH ko‘rsatkichi yana 5,0 ga etguncha qo‘shiladi va KM-sefadeks kationiti bilan to‘ldirilgan K-25 markali kolonkadan o‘tkaziladi. Natijada kortikotropin ion almashinuvchi smolaga adsorbsiyalanib, undan kortikotropin ammoniy atsetat buferining etanoldagi eritmasi bilan desorbsiyalanadi. Elyuatdan AKTG etanol bilan cho‘kmaga tushiriladi. CHo‘kma setrafugalash orqali ajratib olinadi va etanol va atseton bilan yuvilib, xavo oqimida quritiladi. AKTG suspenziyasining faolligi 70-90 TB/mg. AKTG biologik usulda standartlanadi. Uning faolligi TB da belgilanadi. AKTG va laktinni olishda ishlatilgan qoldiqlardan somatotrop, follikulalarni stimullovchi, lyutenlovchi va tireotrop gormonlarini olishda foydalaniladi.
AKTG zamonaviy tozalash usullaridan biri, uni oksitsellyulozani 0,1 mol/l sirka kislotasida adsorbsiyalashga asoslangan. Buning uchun AKTG oksimetilsellyulozaning 0,1 mol/l sulfat kislotasidagi eritmasi bilan elyuirlanib, elyuatdan gormon atseton bilan cho‘kmaga tushiriladi. Bu yo‘l bilan AKTG faolligini 25 TB/mg oshirish mumkin.
SHuningdek, AKTG ni zonalniy elektroforez usulida kraxmal yordamida tozalash ham tavsiya etilgan bo‘lib, bunda uning faolligi 75 TB/mg gacha etadi.
UKS-50 smolali xromatografik kolonka orqali tozalashda esa uning faolligini 100 TB/mg gacha oshirish mumkin.
Prolaktin. YAngi muzlatilgan gipofizning oldingi bo‘lagidan tayyorlangan qiyma, 1:2 nisbatda suv bilan aralashtirilib, so‘ng unga 1:8 nisbatda atseton va oksidlangan xlorid kislotasi qo‘shiladi. Aralashma 1,5 soat aralashtiriladi va suzilib, siqib olinadi. Ajratmada atsetonni konsentratsiyasini 90% gacha ko‘tarish bilan biologik faol moddalar cho‘kmaga tushiriladi va 00S dan yuqori bo‘lmagan haroratda tindirish uchun bir kechaga qoldiriladi. CHo‘kma nutch filtri orqali filtrlanib, atseton bilan yuviladi va quritiladi.
Quruq nordon massa 0,6% sirka kislotasining eritmasida eritilib (50 g massaga 1 l erituvchi), 10% natriy ishqori yordamida pH muhiti 2,8-3,0 ga keltiriladi. Eritma loyqa bo‘lib, undagi laktinni tezroq cho‘kmaga tushirish uchun, natriy xloridning to‘yingan eritmasidan foydalaniladi (1 l aralashmaga 60 ml natriy xloridning to‘yingan eritmasi) va tindirish uchun 3 soatga qoldiriladi. CHo‘kma sentrafugalash orqali ajratib olinib, quritiladi. Quruq massa standartlanib, undan in’eksion eritma tayyorlanadi va bakterial filtr orqali filtrlanib, 1 ml dan ampulalarga quyiladi. Preparat sut bezlaridan sutni ajralib chiqishini tezlashtirish uchun yangi farzandli bo‘lgan ayollarga tavsiya etiladi.
Xorionik gonadotropin (Gonadotropinum chorionicum) – xomilador ayollarning siydigidan olinadi, tarkibida gonadotrop gormonlarini saqlaydi. Xomiladorlikning birinchi yarimidan o‘tgan ayollarning toza va yangi siydigi sirka kislotasi bilan kuchsiz kislotali sharoitgacha oksidlanadi. Eritma filtrlanadi va vakuum bug‘latgichda 35-400S haroratdan yuqori bo‘lmagan haroratda bug‘latiladi, toki boshlang‘ich ajratmaga nisbatan 1/10 qism ajratma qolguncha. Qolgan qoldiq sovutilib, 4 marta ko‘p miqdorda 95% etil spirti bilan aralashtiriladi. Natijada cho‘kma hosil bo‘ladi. CHo‘kma filtrlanib, spirt va efir bilan yuviladi, so‘ng tozalanadi. Buning uchun qoldiq 10 marta ko‘p miqdordagi suvda eritilib, sentrafugalanadi. Eritmaga ammoniy xlorid va magniy xloriddan tashkil topgan reaktiv qo‘shiladi. Keyin esa, ammiak eritmasidan siydik tarkibidagi fosfatlarni cho‘ktirish uchun, ishqoriy muhitgacha ammiak eritmasi solinadi. Eritma filtrlanib, unga nisbatan 4 marta ko‘p miqdorda spirt qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma filtrlanib yig‘ib olinadi, spirt va efir bilan yuvilib, eksikatorda sulfat kislotasi yoki kalsiy xlorid ishtirokida quritiladi.
Aralashma -2-50S haroratda, 10-12 soat davomida qoldiriladi, natijada nordon atsetonli cho‘kma hosil bo‘ladi. Cho‘kma nutch filtri orqali filtrlanib, 98% sovutilgan atseton bilan cho‘kma yuviladi va xavo oqimida quritiladi. Nordon atsetonli kukun suvda eritilib, oksidlangan sirka kislotasi va ammiak eritmasidan pH ko‘rsatkichi 5,0 bo‘lgunga qadar qo‘shiladi. Izoelektrik nuqtada laktogen cho‘kmaga tushadi, cho‘kma setrafugalash orqali ajratib olinadi va undan laktin preparatini olishda foydalaniladi. Laktogen gormoni ajratib olingandan so‘ng qolgan qoldiqqa ammoniy-atsetat buferidan pH ko‘rsatkichi yana 5,0 ga etguncha qo‘shiladi va KM-sefadeks kationiti bilan to‘ldirilgan K-25 markali kolonkadan o‘tkaziladi. Natijada kortikotropin ion almashinuvchi smolaga adsorbsiyalanib, undan kortikotropin ammoniy atsetat buferining etanoldagi eritmasi bilan desorbsiyalanadi. Elyuatdan AKTG etanol bilan cho‘kmaga tushiriladi. Cho‘kma setrafugalash orqali ajratib olinadi va etanol va atseton bilan yuvilib, xavo oqimida quritiladi. AKTG suspenziyasining faolligi 70-90 TB/mg. AKTG biologik usulda standartlanadi.
V. Amaliy mashg’ulot materiallar
Do'stlaringiz bilan baham: |