Ampulalardagi eritmalarni qaytadan tiklash (regeniratsiya).
Ampula tayorlash jarayoni ko‘p bosqichli, murrakab bo‘lganligidan ma’lum miqdor ampulalar tekshiruvdan o‘ta olmaydi (darz ketgan, yarim to‘lgan, steril bo‘lmagan va x. k.). Bunda tiklash iqtisod jixatdan maqbul bo‘lsa yoki dori noyob bo‘lsa, eritmalar qayta tiklanadi. Buning uchun ampulalarni tegirmonda maydalanadi, faollashtirilgan ko‘mir bilan ishlanadi, suziladi va me’yoriga etkaziladi.
26-ma’ruza. Moyli in’eksion eritmalar va ularni korxona sharoitida tayyorlash texnologiyasi.
Reja
In’eksion eritmani tayyorlash bosqichlari.
2. Eritmalarni turg‘unlashtirishdan maqsad:
2.1.Turg‘unlashtiruvchi qo‘shilmaydigan preparatlar.
2.2. Kislota qo‘shib tayyorlanadigan eritmalar.
2.3. Ishqor qo‘shib tayyorlanadigan preparatlar.
2.4. Bufer qo‘shib tayyorlanadigan eritmalar.
3. Oson oksidlanadigan preparatlardan eritma tayyorlash usullari.
4. In’eksion moylari, ularga qo‘yiladigan talablar.
5. Tasnifi va tavsifi.
6. XI DF ishlatishga ruxsat etgan moylar tavsifi.
7. In’eksion moylarga qo‘yiladigan talablar.
8. Yordamchi erituvchilarni ishlatishdan maqsad.
9. Yordamchi erituvchilar tasnifi va tavsifi.
In’eksion eritmalarni (IE) tayyorlash va ampulalarga qo‘yish quyidagi bosqichlardan iborat: eritmani tayyorlash, turg‘unlashtirish, yot moddalardan tozalash, ampulalarga to‘ldirish, kavsharlash, sterillash, tozaligini tekshirish, yorliqlash, qadoqlash.
IE lar og‘irlik hajm nisbatida ikki qavat devorli, aralashtirgichli reaktorlarda tayyorlanadi. Ko‘pincha IE larni turg‘unlashtirishga to‘g‘ri keladi, chunki ko‘pchilik preparatlar suvda gidrolizga uchrab o‘zining biofaolligini yo‘qotadi.
1. Agar dorivor preparat kuchli kislota va kuchli asosdan tashkil topgan bo‘lsa, turg‘unlashtirilmaydi, chunki ular ion holda bo‘lib, gidrolizlanmaydi va eritmadagi [H+] o‘zgarmaydi (NaCl, CaCl2, MgSO4, kalsiy glyukonati va h. lar).
2. Agar preparat kuchli kislota va kuchsiz asosdan tashkil topgan bo‘lsa, gidrolizga uchraydi va eritmada [H+] ko‘payadi. Gidrolizni orqaga qaytarish uchun massalar ta’siri qonuniga binoan bir nomli ionlar konsentratsiyasini ko‘paytirish kerak, ya’ni 0,1 n NSl eritmasi qo‘shiladi.
Agar ampulalar shishasidan ishqor ajralib chiqsa bu reaksiyani o‘ngga siljishi yanada kuchayadi. (strixnin nitrat, atropin sulfat, morfin * HCl, novokain * HCl va h.). Qo‘shiladigan kislota miqdori tajriba yo‘li bilan topiladi, ya’ni shunday miqdorda miqdorda qo‘shiladiki, unda gidroliz deyarli ketmasligi kerak.
3. Agar preparat kuchsiz kislota va kuchli asosdan iborat bo‘lsa, ular ham gidrolizga uchrab, eritmada ko‘payadi, gidroliz ketishini to‘xtatish uchun 0,1 n NaOH yoki NaHCO3 eritmasi qo‘shiladi.
Ampuladagi eritma ishqoriy muhitga ega bo‘lishi, xavfli, chunki shishani nordon qismi eriydi va eritmaga SO4 o‘tib, uni ifloslantiradi. Masalan: kofein benzoat natriy, natriy tiosulfat, nikotinamid va h. lar.
4. Ba’zan eritmada turg‘un ushlab turish uchun bufer eritmalar ham qo‘shiladi (sitrat natriy).
M: Dikolinni 1% li eritmasi 2,5 g/l natriy sitrat qo‘shiladi. In’eksion eritmalarni ba’zan oson oksidlanuvchan preparartalardan tayyorlashga ham to‘g‘ri keladi. Bunda vazifa preparatlarni oksidlanishdan saqlagan holda ampulalarda chiqarish.
Bunday preparatlar asosan havo kislorodi ta’sirida oksidlanib, eritmani rangi o‘zgaradi, yoki cho‘kma tushib, dorini ta’siri yo‘qoladi va zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Preparat molekulasida qo‘zg‘aluvchan vodorod atomi bo‘lsa va ular harorat, yorug‘lik ta’sirida molekuladan uzulib chiqsa, molekulada ozod radikal hosil bo‘lib qoladi va bu havo O2 bilan oksidlanadi.
Oksidlanish tezligi eritmani pH, kislorod miqdoriga, haroratga, yorug‘likka yoki katalizatorlar borligiga bog‘liqdir. Eritmaga turg‘unlashtiruvchi qo‘shib, shunday pH hosil qilingki, unda oksidlanish sekinlashadi yoki to‘xtaydi. Salqin joyda saqlash va rangli ampula ishlatish bilan ham oksidlanishni sekinlashtirish mumkin. Kislorodni fizikaviy yoki kimyoviy usullar bilan yo‘qotib, preparatni oksidlanishdan saqlash mumkin.
Fizikaviy usulda esa eritma kislorodsiz muhitda tayyorlanadi va bu esa erituvchini qaynatish yoki inert gaz bilan ishlov berish 2 atm. bosimda gaz oqimi yuboriladi, bunda kislorod erishi yomonlashib, suv inert gaz bilan to‘yingan bo‘ladi yoki eritmani tayyorlash, filtratlash ampulani to‘ldirish, kavsharlash ham inert gaz oqimida olib boriladi (vakuum to‘ldirgich yoki Kutateladze asboblarida ampula to‘ldirganda). Kislorodsiz muhitda ampuladagi eritmalarni ishlab chiqarishni eng maqbul usuli XNIXFI usulidir. Bunda ampula eritma bilan to‘ldirib korpusi qizdiriladi toki 1 tomchisi eritmani bug‘ga aylanguncha, natijada ampuladagi havo o‘rnini suv bug‘i egallaydi va issiq holda kavsharlanadi. Natijada ampulada 98-99% kislorodsiz muhit hosil bo‘ladi.
Kimyoviy usul . bilan oksidlanishdan saqlashda eritmaga kuchli qaytaruvchilar qo‘shiladi, natijada preparatdan oldin ular oksidlanib, dori moddani oksidlanishdan saqlanadi.
Katalizator ta’siridan saqlash.
Odatda in’eksiya uchun ishlatiladigan dori preparatlarda ruxsat etilgan miqdorda og‘ir metall tuzlari bo‘lishi mumkin. Bu og‘ir metall ionlari preparatni oksidalinishiga katalitik ta’sir qiladi, shuning uchun bu og‘ir metallarni bog‘lab qo‘yish uchun etilendiamintetrasirka kislotasi (Trilon B), qo‘shiladi. U 0,001-0,05% miqdorda qo‘shiladi. So‘ngra eritma filtrlanadi va ampulalarga qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |