O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


Achchiq bodom xushbuy suvi



Download 4,92 Mb.
bet158/483
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#247082
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   483
Bog'liq
Dori vositalarining sanoat texnologiyasi (1)

Achchiq bodom xushbuy suvi (Aquae Amygdalarum amararum). Achchiq bodom xushbo‘y suvi sovuq usulda moysizlantirilgan achchigq bodom magizi kunjarasidan olinadi:

Semenum Amygdalarum amararum

grosso modo pulveratorum sine oleo 12 g

Aquae destillatae 20 g

Spiritus aethilici 3 g



12 g xom ashyo jips berkitiladigan idishga solinadi, ustiga 20 qism xona haroratidagi suv quyib, aralashtirib, 12 soatga qoldiriladi. Bunda magizdagi emulsin fermenti amigdalin glikozidini benzaldegidsiangidrin va glyukozaga parchalaydi. 12 soatdan keyin massa suv bug‘i bilan haydash asbobiga o‘tkaziladi. Bunda bug‘ bilan uchuvchan moddalar ajralib chikadi va sovutgich orqali o‘tib, uch qism etil spirti solingan qabul kilish idishida 12 qism bo‘lguncha yig‘iladi. Ikkinchi idishga yana 3 qism mahsulot xaydab olinadi. Keyin ikkala idishdagi mahsulot tarkibidagi vodorod sianid miqdori aniqlanadi. Tayyor mahsulotda sianid kislotasi 0/1%, etil spirti 20—22% bo‘lishi kerak. Agar maxsulotda ular me’yoridan ko‘p bo‘lsa, kuyidagi tenglama yordamida 20% li spirt bilan su yultiriladi:



bu erda: X — me’yoridan ortiqcha vodorod sianid saqlagan mahsulotni suyultirish uchun qo‘shiladigan 20% li spirt miqdori, ml,

A — haydab olingai mahsulot mikdori, ml,

V — DF buyicha tayyor mahsulotdagi vodorod sianid miqdori, %,

S — haydab olingan mahsulotdagi vodorod sianid miqdori, %.



Xom ashyo sifatida sovuq, usulda yog‘sizlantirilgan achchiq bodom magizi kunjarasi olinishidan maqsad, uning tarkibida emulsii fermenti bo‘lib, u xom ashyo tarkibidagi amigdalinning benzaldegidsiangidrin va glyukozaga parchalanishini ta’minlaydi. Xom ashyo issiq usul­da eg‘sizlantirilganda esa bu ferment parchalanib ketadi.

Yig‘ish idishidagi etil spirti benzaldegidsiangidrin va erkin vodorod sianidni gidrolizdan saqlaydi.

Issiq usulda yog‘sizlantirilgan achchiq bodom magizidan xam preparat tayyorlash mumknn. Buniig uchun issiq usul bilan olingan kunjaradan 2 qism olib, unga 1 qism sovuq usulda olingani kushiladi va yuqoridagidek tayyorlanadi. Achchiq bodom xushbo‘y suvi o‘rniga taflon o‘simligi bargidan olingan taflon suvi (Aqua Laurocerasi) ishlatiladi. Xuddi shu maqsadda danakli mevalar (shaftoli, olcha va xokazolar) magizidan ham foydalanish mumkin.

Bu usulda sanoat miqyosida olib, mamlakat ehtiyojini
qondirish katta kiyinchiliklar tug‘diradi. 99,9% suvdan iborat bo‘lgan mahsulotni uzoq masofalarga tashish maqsadga muvofiq emas. Undan tashqari ivyyorlash jarayonida haydash asbobidagi sovutgichdan to‘plagichga o‘tish joylari kumush bilan qoplangan bo‘lishi kerak, aks holda erkin vodorod sianid xisobiga noxushliklar (asbob qismlarining emirilish) ro‘y beradi.

Achchiq bodom suvining uning konsentratidan tayyorlash maqbulroqdir. Achchiq bodom efir moyining 95% li spirtdagi eritmasi (1,6% qodorod sianiddan iborat) dorixona sharoitida 45% li etil spirti bilan 1:16 nisbatda suyultirib ishlatiladi. Bu rangsiz, deyarli tiniq, achchiq bodom hidi kelib turadigan, biroz nordon reaksiyaga (metiloranj bo‘yicha) ega bo‘lgan suyuqlikdir. Tarkibida vodorod sianid miqdori 0,09—0,11% bo‘lib, shu jumladan erkin xoldagisi 0,02% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ehtiyotlik bilan «B» ro‘yxatidagi og‘zi yaxshi berkitilgan shisha idishlarda, salqin joyda saqlanadi. Ogriq qoldiruvchi va asabni tinchlantiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Preparatni saqlash shartiga rioya qilinmasa yoki ko‘rsatilgan muddatini o‘tagan bo‘lsa, benzaldegidsiangidrin gidrolizga uchrashi mumkin. Hosil bo‘lgan benzaldegid oksidlanib, polimerlanishi natijasida benzoin xosil qilishi mumkin. Bunda suyuqlik loyqalanib, yot xid paydo bo‘ladi va benzoin kristall holida cho‘kmaga tushishi mumkmn.


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   483




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish