Xushbo‘y suvlarni suv bug‘i bilan haydab olish. Odatda efir moyini suv bug‘i bilan xaydashdan oldin, xom ashyo suv yoki spirt-suvli arlashma bilan 12 soat davomida ivitib qo‘yiladi. Bunda hujayra bo‘shliqlarida «birlamchi» sharbat hosil bo‘lib, diffuziya jarayoni tezlashadi va kerakli konsentratsiyadagi xushbo‘y suv olinadi. Agar xom ashyo suv bilan ivitilib, suv bug‘i bilan haydalsa suvli xushbo‘y suv (Aquae aromatica aquosa), spirt bilan ivitilib suv bug‘i bilai haydalsa, spirtli xushbo‘y suv (Aquae aromatica spirutuosa) xosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |