Tushuntirish matni Suspenziyalarni kimyoviy usul bilan tayyorlash .
Kimyoviy yo‘l bilan suspenziya tayyorlashga qo‘rg‘oshin atsetat bilan ammoniy xloridni misol qilib keltirish mumkin.
Oling: Ammoniy xlorid 3.0 qo‘rg‘oshin atsetat 3.0
Oltingugurt 3.0
Glitserin 25 ml
Etanol 25 ml
Tozalangan suv 200 ml gacha
A.B.B. Sochga surtish uchun
Buning uchun xar ikki moddani xovonchada ezib, oz-ozdan suv qo‘shib aralashtiriladi, bunda quyidagi reaksiya boradi:
NH4Cl - Pb(CH3COO)2 = PbCl2 - 2CH3COONH4
Texnologiyasi: Havonchada oltingugurt glitserin ishtirokida ―qiynash‖ usulida tayyorlanadi. 100 ml suvni ikkiga bo‘lib, bir qismida ammoniy xloridni, yana qismida qo‘rg‘oshin atsetatni eritib olamiz. Ikkala eritmani bemorga beriladigan idishga filtrlab o‘tkazamiz, analiz vaqtida zarrachalar kattalashuvi ko‘zga tashlanadi, so‘ngra xovonchada maydalangan oltingugurtni glitserin va qolgan 100 ml suv bilan yuvib idishga o‘tkazamiz. Oxirida etil spirtining 90% ligidan (% ko‘rsatilmasa 90% ligi olinadi 582 – buyruqqa binoan) 25 ml qo‘shiladi. Jihozlab bemorga beriladi.
Kuchsiz gidrofob xossani namayon etuvchi moddalarga sulfanilamid preparatlari , terpingidrat , benzaftol, fenilsalitsilat kabilari kiradi. Ulardan dispersion usulda suspenziya tayyorlaganda dispers faza suyuqlik ustiga qalqib chiqib flokulyasiyaga uchraydi yoki idish devorlariga yopishib qoladi. SHunday xodisalarni oldini olish uchun bu moddalarni gidrofillash talab kilinadi. Gidrofillash uchun ishlatilatiladigan moddalar stabilizatorlar deb ataladi.
Masalan stabilizator sifatida jelatoza ishlatsak, 1g kuchli gidrofob xossaga ega bulgan moddaga -1g,
kuchsiz gidrofob xossaga ega bulgan moddalarga-0,5 jelatoza kushiladi. Stabilizatorlar ro‘yxati:
O‘simliklardan olinadigan shilimshiq moddalari; Jelatoza(jelatinani chala gidroliz mahsuloti); Kraxmal kleysteri;
Polisaxarid komplekslari; MS,KMS,PVP;
Bentonitlar;
Poliglyukin;
Elimlar ;
Spanlar;
Tvinlar.
Misol: Rp.: Sol. Natrii bromidi 0.5%-120 ml
Camphorae 1.0
Coffeini natrii-benzoatis 0.5
M.D.S. 1 qoshiqdan 3 mahal
Texnologiyasi:ya Yordamchi idishga 112 ml tozalangan suv, 5 ml kofein benzoat natriy eritmasi (1:10), 3 ml 90% li etanol bilan maydalanadi. Sungra 1 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Ustiga 1 ml tayyorlangan eritmadan qo‘shib mayin pulpa hosil qilinadi va beriladigan idishga oldindan tayyorlab quyilgan eritma bilan chayib solinadi.
Misol: Rp.: Extr. Bellalonnae 0.15
Phenylii salycilatis 2.0 Aquae puripicatae 100 ml
M.D.S. 1 desert qoshqdan 3 mahal
Do'stlaringiz bilan baham: |