Laboratoriya mashg‘ulotini bajarish uchun retseptlar
Oling: Terpingidratdan 1,2
Natriy benzoatdan
Natriy gidrokarbonatdan teng mikdorda 1,0 Tozalangan suvdan 120 ml
Aralashtiring.
Bering. Belgilang. 1 osh -oshikdan kuniga 3 maxal
Oling: Fenilsalitsilatdan 2,0
Yalpiz suvidan 100 ml Aralashtiring.
Bering. Belgilang. 1 osh -oshikdan kuniga 3 maxal
Oling: Oltingugurtdan 5,0
Glitserindan 15,0 Qo‘rg‘oshinli suv 170 ml Aralashtiring.
Bering. Belgilang. Bosh terisiga surtish uchun 4.Oling: Natriy bromiddan 1,0
Arslonquyruq qaynatmasidan
Valeriana qaynatmasidan teng miqdorda 5 ml Aralashtiring.
Bering. Belgilang. 1 osh koshikdan kuniga 3 maxal
5. Oling: Natriy gidrokarbonatdan 2%-30 ml Kalsiy xlorid eritmasidan 20%-60 ml Ko‘krak eliksiridan 2,5 Aralashtiring.
Bering. Belgilang. 1 osh koshikdan kuniga 3 maxal
** Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muhokamasini zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ―Loyixa‖ usulidan foydalanib o’tkaziladi.
―Loyiha‖ usulida talabalarni mavzu bo‘yicha nazariy savollarga tayyorgarligi tekshiriladi. Buning uchun:
Guruh 2-3 kichik guruhlarga bo‘linadi.
Har bir guruhga 3 tadan retsept beriladi va savolni yechish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
Savollar metodik ko‘rsatmadagi savollardan beriladi va Mustaqil bajarish uchun retseptlardan qo‘shimcha retsept pasporti va texnologiyasi so‘raladi
Har bir guruhdan vakil savolni echimini bayon etadi.
O‘-ituvchi javoblarni tahlil etadi, to‘ldiradi va shu guruh talabalarini umumiy baholaydi.
Uslubiy ta‘minot va mashg’ulot jihozlanishi: DF X; XI; dori moddalari, tarozi, tarozi toshlari, o‘lchov kolbalari, har xil o‘lchamdagi shish idishlar, ma‘ruza, darslik, prezentatsiyalar, ma‘lumotnomalar, adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Asosiy matn
Suspenziyalar mikrogeterogen sistema bulib, qattik dispers faza va suyuk dispers muxitdan iborat.
Suspenziyalarning turg‘unligiga ta‘sir etuvchi eng muhim omil qattik modda zarrachalarining o‘lchami hisoblanadi. Modda qanchalik yaxshi maydalangan bo‘lsa, suspenziya shuncha turg‘un bo‘lib tozalash xam anikrok, terapevtik ta‘siri samaraliroq bo‘ladi.
Suspenziyalarni dori moddalardan uch xil usul bilan olishi mumkin,
Qattiq dori moddalarni dispersion muxitda yukori dispersli (o‘zini tabiatiga qarab) loyqalash yo‘li bilan.
Ularning ko‘pchiligi gidrofil (suv bilan namlanadigan)dir.
Dispergirlash (mexanik) usuli. Dispergirlash shundan iboratki, -o‘pol dispers moddalarni dispers darajaga etkazish uchun ularni dispersion muxitda ezish mumkin.
Kondensatsiya yuli bilan. Kondensatsiya usuli asosida boshka -anun-koida yotadi:
-molekulalar birikmalarning zarrachalari yirikro- agregatlar bulib, katta kichikligi ha-iykiy suspenziyalarga xos.
Suspenziyalar turg‘ unligiga ta‘sir etuvchi eng muhim omil qattik modda zarrachalarining o‘lchami xisoblanadi: modda -ancha yaxshi maydalangan bo‘lsa, suspenziya shuncha turg‘un bo‘lib, dozalash xam aniqroq, terapevtik ta‘siri samaraliroq bo‘ladi.
Suspenziyalar juda kup suyuq dori shakllarida (miksturalar tomchilar, sirtga ishlatiladigan suyuqliklar, in‘eksiya uchun ishlatiladigan dori shakllarida) uchraydi.
Miksturaning suspenziya turi sifatida ahamiyati shundaki, suvda erimaydigan dori moddalar yuqori darajada disperslangan bo‘lib, kukunglarga nisbatan organizmga tezroq so‘riladi va samarali davolash xususiyati bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |