Tayyorlash texnologiyasi: Bu surtma dorini tayyorlash uchun novokain va efedrin 1,6 ml suvda eritilib (5,0 g lanolinda 1,5 ml suv bor), 3,5 suvsiz lanolin bilan aralashtiriladi va oz-ozdan vazelin qo‘shiladi. Tayyor surtma og‘zi buraladigan qopqoq bilan yopiladigan shisha idishda "Sirtga qo‘llash uchun" yorligi bilan jihozlab bemorga beriladi.
22- Ma‘ruza
MAVZU 22. Geterogen surtmalar. Suspenzion surtmalar. Pastalar. Mualliflik tarkiblar.
Ma‘ruza maqsadi: Geterogen surtmalar. Suspenzion surtmalar. Pastalar. Mualliflik tarkiblarga oid nazariy ma‘lumotlarni berish
Tayanch atama va iboralar:
Trituratio- ezib ishqalash Dispergirlash-maydalash
Deryagin qoidasi- qattiq fazani suyuqlikni yarim miqdorida eritish
Pastalar- suspension surtma tarkibidagi dori moddalar 25 % dan ortiq bo‘lishi.
Reja:
Suspenzion surtma dorilar texnologiyasining o‘ziga xosliklari
Pastalar
Suspenzion surtma dorilarning sifatini baholash
Do'stlaringiz bilan baham: |