Vazelin moyi yoki suyuq parafin (Oleum Vaselinum). Neftni qayta ishlanganda kerosin haydab olingandan so‘ng qoladigan fraksiya. Bu moysimon, rangsiz suyuqlik bo‘lib, hidsiz va surtmasiz, suvda erimaydi. Efir, xloroform, o‘simlik moylari bilan har qanday nisbatlarda aralashadi. Surtma tayyorlashda erimaydigan dori moddalarini suspendirlashda ishlatiladi.
Sun‘iy vazelin (Vaselini artificiale) — qattiq va suyuq parafin, serezin yoki smolasizlantirilgan ozokerit va petrolatumdan tayyorlanadigan murakkab kotishma. Oddiy kotishma esa 1 qism parafin va 4 qism vazelin moyidan iborat. Bu kotishma saqlanganda tez buziladi. Serezin yoki petrolatum saqlagan kotishmalar chidamli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |