Tushuntirish matni
Zarrachalar katta o‘lchamlarda bo‘lgani uchun kolloid eritmalar bir qancha o‘ziga xos xususiyayatlarga egadir: osmotik bosimning pastligi, dializga bo‘lgan xususiyati sustligi, kichik diffuzion xususiyatga egaligi, eritmalarni o‘tayotgan nurda ko‘rilganda nurni har xil tomonlarga yoyish xususiyati (Tindal konusi). Kolloid eritmalarning mitsellasi tinmas tartibsiz harakatda bo‘ladi. Bu Broun harakatidir.
Kolloid eritmalar sedimentatsion turg‘un bo‘ladi. Sedimentatsiya –bu zarrachalarning og‘irlik kuchi ta‘sirida cho‘kishi. Kolloid eritmalarning zarrachalarini cho‘kishiga brouni xarakati to‘s-inlik
-iladi.
Kolloid eritmalar – agregativ va termodinamik turg‘un bo‘lmagan sistemalardir, chunki zarrachalar orti-cha yuza energiyasiga egadir. Ushbu energiya kamayishi natijasida kolloid eritmalar koagulyasiyaga uchraydi. Koagulyasiya – bu dispers sistemadagi zarrachalarni o‘zaro birlashib, kattaro- komplekslar xosil -ilishidir.
Kolloid eritmalar -aytarilish xususiyatiga ega emas. Agar kolloid eritmani parlasak yoki elektrolit yordamida cho‘ktirilgandan keyin unga suv -o‘shilsa, kolloid eritma xosil bo‘lmaydi. Bundan tash-ari ko‘p sa-langan eritma ―-arish‖ xususiyatiga ega. Bu moddalarning birlashishi va koagulyasiyaga uchrashi. SHu xususiyat bilan ular chin eritmalardan far- -iladi.
Kolloid eritmalarning turg‘unligi bir necha faktor ta‘sirida yo‘qoladi. Bular xaroratni o‘zgarishi, muxitning phi, yorug‘lik ta‘siri va elektrolitlarni qo‘shilganda. Elektrolitlar gidratlanib, kolloid eritmaning mitsellasidan suvni tortib oladi va kolloid zarrachalarning atrofidagi suv - obig‘ini buzadi, bu esa zarrachalarning kattalashishiga va cho‘kishiga olib keladi.
Sistemaning turg‘unligini ta‘minlashda zarrachalarning yuzasidagi zaryad, solvat qobig‘i, dispers fazaning zarrachalarning atrofidagi YUMB va sirt faol moddalardan qobig‘ katta axamiyatga ega.
Dispers fazaning zarrachalari atrofida YUMB va sirt faol moddalardan qobig‘ bo‘lsa, bunday kolloidlar ximoyalangan deyiladi. Ularning zarrachalar o‘lchami fiziologik membranalardan o‘tmagani uchun , ushbu moddalar so‘rilmaydi va ularning preparatlari maxalliy ta‘sirga ega.
Himoyalangan kolloidlar eritmasini tayyorlash
Farmatsevtika amaliyotida ximoyalangan kolloid preparatlardan asosan protargol, kollargol va ixtiol ishlatiladi.
Protargol va kollargol eritmalari antiseptik, yallig‘lanishga -arshi va burushtiruvchi sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |