O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/244
Sana15.08.2021
Hajmi1,67 Mb.
#148042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг

 
Axborot uchun ma’lumot 
 
Epidemiologiya  bu  epidemik  jarayon  to’g’risidagi,  uning  rivojlanish 
qonuniyatlari  va  namoyon  bo’lish  shakllari  haqidagi  fandir.  Epidemiologiya 
tibbiyotning  eng  dastlabki  rivojlanish  davridayoq  epidemiyalar  to’g’risidagi  fan 
sifatida  vujudga  keldi.  Epidemiologiya  fan  sifatida  yuzaga  kelishining 
boshlang’ich  davrida  uning  o’rganish  sohasi  epidemiya  paytida  kasallanishni 
o’rganish edi. Tibbiyotning rivojlanishi bilan epidemiologik usulning imkoniyatlari 
ham oshib bordi. "Epidemiya" tushunchasi bu omma orasida ko’plab uchraydigan 
hodisani  anglatadi.  O’sha  davrlarda  eng  ko’p  tarqalgan  hodisa  -  bu  yuqumli 
kasalliklar edi. 
Bakteriologik  kashfiyotlar  tufayli  ommaviy  kasallanishlarning  sababi 
mikroorganizmlar  ekanligi  isbotlandi.  Shu  paytga  kelib,  "epidemiya"  so’zining 
ma’nosi har qanday kasallikning o’sishi bilan emas faqat yuqumli kasalliklarning 
ko’payishi bilangina bog’liq bo’lib qoldi. 
Epidemiologiyaning  yangi  nazariy  bilimlarga  asoslanib  rivojlanishi 
o’tgan  asrning  1-2  choraklariga  to’g’ri  keladi  va  L.  V.  Gromashevskiy.,  V.  A. 
Bashenin, E. N. Pavlovskiylar nomi bilan bog’liq. Epidemiologiya fan va amaliyot 
ma’lumotlariga suyangan  holda  epidemiyalarning kelib chiqishi  va  rivojlanishini, 
ularning qanday sharoitlarda tarqalishini, ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarni 
o’rganuvchi epidemiyalar to’g’risidagi fan bo’lib qoldi (D. K. Zabolotniy, 1927).  
Mikrobiologiya,  immunologiya,  yuqumli  kasalliklar  klinikasi  sohalari 
bo’yicha  olingan  bilimlarni  tahlil  qilish  L.  V.  Gromashevskiyga  epidemiologiya 
faniga  yangicha  ta’rif  berish  -  yuqumli  kasalliklarning  odamlar  jamoasi  orasida 
paydo  bo’lishi,  tarqalishi  va  tugashi  asosida  yotadigan  ob’ektiv  qonuniyatlarni 
o’rgatuvchi,  ularning  oldini  olish  va  yo’qotish  chora-tadbirlari  to’g’risidagi  fan 


 

sifatida ifodalash imkonini berdi (L. V. Gromashevskiy, 1941). 
L.  V.  Gromashevskiy  epidemiya  tuShunchasini:  "epidemiya"  so’zining 
ilgarigi  tor  ma’nosiga  to’g’ri  keluvchi  "tor  ma’nodagi  epidemiya"  va  epidemik 
jarayon to’g’risidagi tuShunchalarga ajratdi. 
Epidemiologiya  faqatgina  epidemiyalar  to’g’risidagi  fan  emas,  balki 
kasallikning  bir-biri  bilan  bog’liq  bo’lmagan  yakkam-dukkam  hollaridan  tortib, 
epidemiyaning  yaqqol  namoyon  bo’lishi  bilan  kechuvchi  epidemik  jarayon 
tug’risidagi fan hisoblanadi. 
Bu  davrga  kelib  ilmiy  konsepsiyalarga  asoslangan  epidemiyaga  qarshi 
chora-tadbirlar sezilarli natijalar berdi (chin chechak, toshmali terlama, vabo, o’lat, 
bezgak  kabi  kasalliklarning  yo’qotilishi,  difteriya,  tulyaremiya,  qizamiq 
kabilarning  keskin  kamayishi).  Ammo  bu  natijalarga  1970  yillargacha  erishildi. 
So’nggi  davrlarda  va  hozirgi  paytga  kelib,  epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlar 
tizimi ijtimoiy talablarning hozirgi  darajasiga javob berolmaydi. 
Epidemiyaga  qarshi  kurashish  tizimining  soni  va  samarasi  mamlakatda 
kutilgan  natijalarni  bermadi  va  o’z-o’zidan  bu  tizimning  nazariy  asosidagi 
kamchiliklar  ochilib  qoldi.  1970  yillardan  keyin  kasallanishning  pasayishi, 
epidemiyaga  qarshi  kurashish  tizimining  imkoniyatlari  tugaganini  ko’rsatdi. 
Birinchi  o’rinda  epidemiyalarga  qarshi  kurashish  emas  (epidemiyaning  o’zi 
umuman  qolmadi)  balki  hozirgi  paytda  muhim  ahamiyat  kasb  etgan  onda-sonda 
uchraydigan kasalliklar bilan kurashish lozim bo’lib qoldi. 
Epidemiyaga  qarshi  kurashishda  o’zini  oqlagan  yo’nalish  va  uslublar 
guruh-guruh  bo’lib,  yoki  onda-sonda  kasallanishlar,  bakteriya  tashuvchilarni  faol 
ravishda aniqlash hollarida yaxshi natija bermay qoldi. Aynan shu mulohazalar va 
kasallanish  holatining  o’zgarishi  yuqumli  kasalliklardan  o’lish  hollari,  yurak-qon 
tomir,  onkologik  kasalliklardan,  baxtsizlik  oqibatidan,  nafas  olish  organlari 
kasalliklari kabilardan keyingi o’ringa tushib qoldi. 
Hozirgi  paytda  "epidemiya"  tushunchasini  yuqumli  bo’lmagan 
kasalliklarga  nisbatan  qo’llash  to’g’ri  bo’lar  edi.  Epidemiologiyaning  yanada 
rivojlanishi  uning  tibbiyot  muammolarini  populyatsiya  darajasida  yecha  oladigan 
umum tibbiy fan sifatida zamonaviy davrga qadam qo’yishiga yordam berdi. 
Ko’pgina  xorijiy  mamlakatlarda  hozirgi  paytda  epidemiologiya  umum 
tibbiy fan sifatida barcha kasalliklarning oldini olish uchun ularning aholi orasida 
vaqt  mobaynida  taqsimlanishini,  kasallikning  kelib  chiqishi,  rivojlanishi  va 
tarqalish mexanizmini o’rganadi. 
Epidemiologiya  umumtibbiy  fan  sifatida  V.  A.  Bashenin  tomonidan 
e’tirof etib kelingan edi. Keyingi paytda V. D. Belyakov tomonidan e’tirof etildi. 
Epidemiologiya  fanining  bu  ma’nodagi  ifodasi  kuyidagicha:  epidemiologiya  - 
populyatsiya  darajasida  aholi  o’rtasida  kasallanish  sababi  va  ularni  keltirib 
chiqaradigan  sharoitlarni  o’rganib,  Shu  asosda  kasallanishning  oldini  olish  chora  
tadbirlarini ishlab chiquvchi fandir. 
Umumtibbiy epidemiologiyaning o’rganish sohasi xilma-xil tashqi muhit 
omillarining,  genotip  va  fenotiplari  geterogen,  moyillik  darajasi  turlicha  va 
o’zgaruvchan  bo’lgan  kishilar  populyatsiyasiga  ta’siri  natijasida  aholi  o’rtasida 


 
10 
sodir bo’ladigan kasallanishlardan iboratdir. 
Shu  bilan  birgalikda  epidemiologiya  epidemik  jarayon  haqidagi  fan 
sifatida  ham  o’zining  ahamiyatini  saqlab  qoldi.  An’anaviy  epidemiologiyaning 
o’rganish  sohasi  yuqumli  kasalliklardir.  Shunday  qilib  an’anaviy  epidemiologiya 
epidemik jarayon to’g’risidagi fan sifatida o’rganiladi. 
Zamonaviy  epidemiologiya  bir-biri  bilan  uzviy  bog’liq  bo’lgan  5 
bo’limdan tashkil topgan. 
1. Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limot. 
2. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va vositalar. 
3. Epidemiologik diagnostika. 
4. Epidemiyaga qarshi xizmat ko’rsatish tizimi. 
5. Xususiy epidemiologiya. 
1941 yilda L. V. Gromashevskiy tomonidan epidemik jarayonga berilgan 
ta’rif:  -  bu  jamoa  orasida  aylanib  yurgan  kasallik  qo’zg’atuvchilari  chaqirgan 
infeksion  holatning  oldinma-keyin  keluvchi  va  epidemik  o’choqlar  sifatida 
namoyon  bo’luvchi  belgisiz  bakteriya  tashuvchilikdan  tortib,  to  yaqqol  klinik 
ko’rinishlaridagi  bemorlardir  degan  ifodasida  asosiy  urg’u  epidemik  jarayonning 
yuqumli kasalliklar ko’rinishidagi tashqi namoyon bo’lishiga qaratilgan. Bu ifoda 
epidemik jarayonning yuzaga kelishi va rivojlanish sabablarini ochib bera olmaydi. 
Chunki,  infeksion  jarayon  kasallik  qo’zg’atuvchi  parazitning  makroorganizmi 
bilan o’zaro ta’siri natijasida sodir bo’ladi. Shundan ko’rinib turibdiki, epidemik va 
infeksion jarayonning ifodalanishiga turlicha yondoshilgan.  
Infeksion  jarayonning  ifodasida  uning  ma’nosi  ochib  berilgan,  lekin 
qanday  ko’rinishlarda  namoyon  bo’lishi  ochib  berilmagan.  Epidemik  jarayon 
ifodasida  esa  jarayonning  qanday  ko’rinishlarda  namoyon  bo’lishi  ko’rsatilgan, 
lekin bu jarayonning kelib chiqishi va rivojlanish sabablari ochib berilmagan. Agar 
infeksion  jarayonning  ko’rinishlari  kasallik  (manifest  ko’rinishi)  va  bakteriya 
tashuvchilik  (belgisiz  ko’rinishi)  ekanligini  hisobga  olsak,  infeksion  jarayonning 
ma’nosi  va  ko’rinishlarini  quyidagicha  ifodalash  mumkin:  infeksion  jarayon  bu 
kasallik  qo’zg’atuvchi  parazit  va  odam  organizmining  o’zaro  munosabati 
jarayonida,  sharoitga  qarab  manifest  yoki  belgisiz,  ya’ni  kasallik  va  tashuvchilik 
ko’rinishlarida  ifodalanishidir.  Epidemik  jarayonning  ma’nosi  ham  kasallik 
qo’zg’atuvchi  parazit  bilan  makroorganizmning  o’zaro  munosabati  natijasidir. 
Lekin  bu  jarayon  organizm  darajasida  emas,  populyatsiya  darajasida  kechadi. 
Shunday  qilib  epidemik  jarayon  bu  kasallik  qo’zg’atuvchi  parazit  bilan 
makroorganizmning  populyatsiya  darajasidagi  o’zaro  ta’siri  natijasida,  ma’lum 
ijtimoiy  va  tabiiy  sharoitlarga  bog’liq  bo’lgan  holda,  aholi  o’rtasida 
kasallanishning har xildagi jadalligi ko’rinishida ifodalanishidir. 
Epidemik  jarayon  to’g’risidagi  ta’limot  epidemiologiyaning  boshqa 
bo’limlari uchun nazariy asos hisoblanadi. 
Har  qanday  jarayonni  o’rganish  shu  jarayon  qanday  paydo  bo’ladi  va 
nima  uchun  rivojlanadi,  ya’ni  unig  rivojlanish  sabablari  va  bu  jarayon  qanday 
ko’rinishlarda namoyon bo’ladi kabi uch yo’nalishda olib boriladi. 
Shunga binoan epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotda ham uchta qism 


 
11 
farq  qilinadi. 
1)  Epidemik  jarayonning  omillari:  biologik,  ijtimoiy  va  tabiiy  (uning 
rivojlanish sabablari va sharoitlari). 
2)  Epidemik  jarayonning  rivojlanish  mexanizmi  (shu  jarayon  qanday 
qilib rivojlanadi). Bu mexanizm hozirgi zamon epidemiologiyasining uchta asosiy 
nazariyasini umumlashtirish bilan idrok  etiladi. "Yuqish  mexanizmi"  to’g’risidagi 
ta’limot  (L.  V.  Gromashevskiy,  1941).  "Yuqumli  kasalliklarning  tabiiy  o’chog’i" 
to’g’risidagi  ta’limot  (E.  N.  Pavlovskiy,  1939)  va  "Epidemik  jarayonning  o’z-
o’zini boshqarishi" to’g’risidagi ta’limoti (V. D. Belyakov, 1975). 
3) Epidemik jarayonning ko’rinishi (jarayon qanday namoyon bo’ladi). 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish