4. Bir-biriga bog’liq yoki teng sodir bo’ladigan o’zgarishlar usuli. Ma’lum
vaqt oralig’ida kasallikni ko’payib yoki kamayib ketishi epidemik jarayonga ta’sir
qiluvchi birorta omil ta’sir kuchini ko’payishi yoki kamayishi bilan bog’liqligi
yaqqol aniqlansa, Shu omil kasallikni tarqalishiga sabab bo’luvchi asosiy omil
yoki asosiy shart-sharoit deb bilinadi.
Bir-biriga bog’liq yoki teng sodir bo’ladigan o’zgarishlar usuli shunday
paytda etarli darajada aniq bo’ladiki, qachon biror ijtimoiy yoki tabiiy omilning
o’zgarishini uzoq vaqt davomida kuzatib borilsa va shu davr mobaynida epidemik
jarayonga ta’sir etuvchi boshqa omillarning ta’siridan mustasno bo’lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |