SALITSIL KISLOTASI - ACIDUM SALICYLICUM
Tasvirlanishi. Oq mayda ignasimon kristall, yoki yingil kristall kukun,
hidsiz.
Suv bug’i yordamida haydaladi. Ehtiyotlik bilan qizdirilsa bug’lanadi.
Eruvchanligi. suvda kam, issiq suvda eriydi, spirt, efirda yaxshi eriydi,
xloroformda qiyin eriydi.
Chinligi.0,01 g moddani 10 ml suvda eritiladi va bir tomchi temir(III)
xlorid eritmasi qo’shilsa, ko’k binafsha rang hosil bo’ladi. Eritmaga bir tomchi
xlorid kislotasi qo’shilsa rang yuqoladi, sirka kislota eritmasi qo’shilsa rangi
o’chmaydi.
0,1g preparatni 0,3g natriy nitrati bilan qizdirilsa fenol xidi seziladi.
1g modda 2ml koncentirlangan sulfat kislotasidan qo’shib qizdiriladi ,
ajralib chiqayotgan gazni ohakli suvdan o’tkazilsa loyqa hosil bo’ladi. Moddaning
suvli eritmasi kislotali muhitga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |